O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   161
Moliya huquqi

moliya huquqi fanining tizimini 
farqlay 
olish lozim. Chunki moliya huquqi fanining tizimi moliya huquqi tizimi 
asosida ko‘riladi hamda u normalar guruhi, huquqiy institutlar va 
bo‘limlardan tashkil topadi.
Moliya huquqi fanining umumiy qismida moliya huquqining ichki 
birligi, predmeti, fanning zarurati, moliyaviy faoliyatni amalga oshirish 
shakli va usullari, moliya huquqining huquq sohasida tutgan o‘rni, 
moliyaviy-huquqiy norma va moliyaviy-huquqiy munosabatlarning o‘ziga 
xos xususiyatlari, moliyaviy kontrolning huquqiy asoslari bayon etiladi. 
Moliya huquqi fanining maxsus qismida esa budjet huquqining asosiy 
muammolari davlat daromadlari (shu jumladan, davlat krediti va 
sug‘urtaning huquqiy asoslari), davlat xarajatlari, budjetdan moliya-
lashtirish, kreditlash, hisob-kitob va pul muomilasi, valutani huquqiy 
tartibga solish va boshqalar yoritiladi.
Moliya huquqi barcha korxona, tashkilot va muassasalarda, ya’ni ular 
faoliyatida bo‘lgani kabi 
huquqni muhofaza qiluvchi organlar 
faoliyatida ham o‘ziga xos ahamiyatga egadir. 


15
Bu o‘ziga xoslik quyidagilardan iborat: 
birinchidan,
moliya huquqining obyekti puldir. Shunday ekan ichki 
ishlar idoralari (huquqni muhofaza qiluvchi organlar)da xizmat qiluvchi 
xodimlar davlat budjetidan maosh oladilar (davlat budjetini moliya 
huquqisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi); 
ikkinchidan
, ichki ishlar idoralari (huquqni muhofaza qiluvchi 
organlar) xodimlari ham Respublikamizda yashayotgan boshqa fuqarolar 
qatori ayrim turdagi davlat soliqlarini to‘laydilar (masalan jismoniy 
shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz 
ishlatganlik uchun to‘lanadigan soliqlar kabi); 
uchinchidan
, bu eng asosiysi ichki ishlar idoralari (huquqni muhofaza 
qiluvchi organlar) xodimlariga moliyaviy faoliyatda yuzaga keladigan 
jinoyatlarning oldini olish, ularga qarshi kurash olib borish va sodir etilgan 
jinoyatlarni tez va to‘lik ochish vazifalari yuklatilgan. Shuni ta’kidlash 
joizki, bu turdagi jinoyatchilikka qarshi kurashda moliya organlarining 
ham yordami kattadir. Darhaqiqat, hozirgi paytda soliq va boshqa 
to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash (O‘z.R.JKning 184-moddasi) kabi 
ko‘payib borayotgan qonunbuzarliklarga qarshi kurashda ichki ishlar 
idoralarining xizmati beqiyos. Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli 
qog‘ozlarni yasash, ularni o‘tkazish (JKning 176-moddasi) jinoyatlarining 
sodir etilishi bevosita davlat moliya tizimiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Shu bois huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xususan ichki ishlar idoralari 
xodimlari bu kabi jinoyatlarga qarshi faol kurash olib borishlari zarur. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin