O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   161
Moliya huquqi

Konstitutsiyaviy huquq 
huquq tizimida asosiy rol o‘ynaydi. 
Konstitutsiyaviy huquq barcha huquq sohalari uchun boshlang‘ich 
asoslarni o‘zida mustahkamlaydi. U davlat siyosati va ijtimoiy tuzumini, 
shaxsning huquqiy holatini, davlat organlarini tashkil etish va ularning 
faoliyat ko‘rsatish tamoyillarini o‘zida mustahkamlaydi. Barcha huquq 
sohalari kabi moliya huquqi ham konstitutsiyaviy huquq asosida 
rivojlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham moliya 
huquqi normalari o‘z ifodasini topgan. Masalan, Konstitutsiyaga binoan 
davlat budjeti Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadi, uning ijrosi Vazirlar 
Mahkamasi, Moliya vazirligi va boshqa organlar tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Davlat boshqaruvi jarayonida davlat pul jamg‘armalari (daro-
madlari)ning asosiy qismlari tashkil topadi, taqsimlanadi va undan 
foydalaniladi. 
Ma’muriy huquq 
davlat boshqaruvi yoki ijro etish va farmoyish 
berish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi. Bu 
faoliyat davlat hayotining barcha sohalarida, shu jumladan moliya 
sohasida ham amalga oshiriladi. Davlat pul mablag‘larini yig‘ish va 
taqsimlash jarayonida yuzaga keladigan ko‘pgina munosabatlar ijro etish 
va farmoyish berish faoliyatidan kelib chiqib, ma’muriy huquq normalari 
bilan tartibga solinadi. Masalan, moliya va kredit organlarini tashkil etish 
va ularning faoliyati, mansabdor shaxslarning huquq va majburiyatlarini 
amalga oshirish tartibi – ma’muriy huquq tomonidan tartibga solinadi.
Davlat boshqaruvining asosiy tamoyillari moliyaviy faoliyatga ham 
tatbiq etiladi. Ko‘pgina moliyaviy munosabatlarga tartibga solishning 
ma’muriy usuli xosdir. Moliyaviy munosabatlarda ishtirok etuvchi 


19
tomonlardan biri davlat nomidan harakat qiladi va hokimiyat vakolatiga 
ega bo‘ladi. Bu holatni biz ma’muriy huquq tomonidan tartibga 
solinadigan munosabatlarda ham ko‘rishimiz mumkin. 
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar subyektlarining huquq va majbu-
riyatlari, odatda, bir tomonlama tartibda, davlat boshqaruv akti asosida 
yuzaga keladi. Moliyaviy munosabatlarni amalga oshirishda tomonlar 
o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar ko‘pincha ma’muriy tartibda hal 
qilinadi. Shu sababli, ma’muriy huquqni va moliya huquqini tartibga 
solish usuliga qarab ajratish mushkuldir. 
Moliya huquqining konstitutsiyaviy va ma’muriy huquqlar bilan 
o‘zaro yaqinligiga karamay, ularni tartibga solish predmetiga qarab 
chegaralash lozimdir. Moliya huquqi predmetiga davlat organlarining 
davlat pul jamg‘armalarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanish 
funksiyalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan munosabatlar kiradi. 
Ma’muriy huquq predmetiga – ijro hokimiyati organlari, Vazirlar 
Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa organlarning 
iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy, ma’muriy-siyosiy sohalardagi va tarmoq-
lararo sohalarni muvofiqlashtirish va tartibga solish faoliyati kiradi. 
Moliya huquqi predmetini esa, mazkur organlar pul jamg‘armalarining 
tashkil topishi va uning manbalari, to‘lov turlari, pul jamg‘armalarini 
taqsimlash tartibi tashkil etadi. 
Moliyaviy munosabatlar jarayonida shunday munosabatlar yuzaga 
keladiki, ularni tartibga solishda moliya huquqidan tashqari, ma’muriy 
huquqqa ham murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Moliya huquqi davlat 
organlarining davlat pul mablag‘larini to‘plash, pul jamg‘armalarini 
taqsimlash va uning bajarilishini nazorat qilishni tartibga soladi. 
Ma’muriy huquq esa moliya-kredit organlarining tuzilishini, ular 
faoliyatini tashkil etish shakllarini, mansabdor shaxslarni tayinlash va 
lavozimidan ozod etish va boshqa shunga o‘xshash munosabatlarni 
tartibga soladi. 
Moliya huquqi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin