32
«Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunining 12-moddasi), budjet muassasa-
lari smetalari va h.k.
Ba’zan maxsus adabiyotlarda yuridik harakatlar qatorida to‘la
haqqoniy ravishda aralash hujjatlarni, xususan individual ko‘rsatmalarni
o‘z ichiga olgan normativ hujjatlarni ajratadilar. Va haqiqatan ham
Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili mamlakat davlat budjetining
asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida qabul qilinadigan qarorlari ayni vaqtda
normativ va individual ko‘rsatmalarni ham o‘z ichiga olgan. Individual
ko‘rsatmalar
sifatida, masalan, Respublika budjeti bilan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlari o‘rtasida tartibga
solinadigan daromadlarning taqsimlanishini nazarda tutuvchi normalar
namoyon bo‘ladi. Ushbu normalar asosida mazkur aniq masala bo‘yicha
moliyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi turli darajadagi davlat organlari
o‘rtasida aniq moliyaviy-huquqiy munosabatlar yuzaga keladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning qonuniy harakatlari moliyaviy-
huquqiy munosabatlarning yuzaga kelishi uchun asos bo‘lib xizmat qilishi
ham mumkin. Masalan, hisobot yilida jismoniy shaxslarga imtiyozlar
berish huquqi Soliq kodeksining 59-moddasiga muvofiq tegishli hujjatlar
taqdim etilayotgan vaqtda yuzaga keladi.
Avval ko‘rsatilganidek, moliyaviy-huquqiy munosabatlarning yuzaga
kelishi, o‘zgartirilishi va tugallanishi bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniy
harakatlar jumlasiga, shaxsning maqsadidan qat’i nazar, huquqiy
oqibatlarni yuzaga keltiradigan
Dostları ilə paylaş: