25
bo‘lsagina amalga oshiriladi, deb ko‘rsatilgan. Ushbu normada gipoteza
bo‘lib, «tashkilotlarning bankdagi hisob-kitob
raqamiga, mustaqil
balansga hamda soliqqa tortish mumkin bo‘lgan daromadga ega
bo‘lsagina» – hisoblanadi.
Dispozitsiya
– yurish-turish qoidasining
mazmunini, ya’ni davlat
moliyaviy mablag‘larini tashkil etish, taqsimlash va undan foydalanish
bo‘yicha ma’lum bir harakatlarning bajarilishini belgilab beradi.
Oddiy
qilib aytganda, dispozitsiya moliyaviy-huquqiy munosabatlar ishtirok-
chilarining yuridik huquq va majburiyatlarining mazmunini belgilab
beradi.
Sanksiya
moliyaviy-huquqiy normalar talablarini buzadigan shaxs-
larga nisbatan qo‘llaniladigan davlat majburlov choralarini belgilab
beradi. Moliyaviy-huquqiy normalarning sanksiyalari o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lib, boshqa sanksiyalardan farq qiladi. Jumla-
dan,
moliyaviy-huquqiy normalarning sanksiyalari mulkiy (pul)
xarakterga ega bo‘lib, huquqbuzarning
moddiy ahvoliga, ya’ni uning pul
mablag‘lariga yoki jamg‘armasiga majburiy ta’sir etish choralarini o‘z
ichiga oladi.
Masalan: davlat budjetiga to‘lanadigan to‘lovlarning
kechiktirilganligi uchun penya undirish, soliq solishdan yashirilgan daro-
madni davlat hisobiga o‘tkazish, moliyalashtirish yoki kreditlashni to‘xta-
tish, subvensiyalarni majburiy holda qaytarib olish va h.k. Moliyaviy-
huquqiy sanksiyalar orqali pul mablag‘larini olib qo‘yish,
ularni davlat
budjet tizimiga yoki boshqa markazlashgan davlat pul jamg‘armalariga
o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Bu sanksiyalar tashkilotlarga nisbatan
ham, fuqarolarga nisbatan ham qo‘llaniladi. Moliya sohasidagi umum
davlat manfaatlarini ta’minlash, moliyaviy huquqbuzarliklarni tezda
bartaraf etish maqsadida – moliyaviy sanksiyalarni qo‘llashning
ma’muriy tartibi keng qo‘llaniladi. Masalan: sanksiyalar
buzilgan
huquqni tiklash va jarima (jazo) elementlarini o‘zida birlashtiradi.
Moliya intizomini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalardan
tashqari, intizomiy, ma’muriy, jinoiy va davlatning boshqa ta’sir choralari
qo‘llanilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: