O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   161
Moliya huquqi

ushbu huquqiy munosabatlar 
tomonlari o‘rtasidagi yuridik aloqa xususiyatiga 
qarab tasniflanishi 
mumkin, masalan, ma’muriy huquqdagi kabi. Ushbu belgi bo‘yicha 
moliyaviy-huquqiy munosabatlar 
vertikal va gorizontal 
bo‘lishi mumkin.
Davlat moliyaviy faoliyati sohasi uchun 
vertikal 
munosabatlar xos 
bo‘lib, ularning mohiyati shundan iboratki, bir tomonda hokimiyat 
vakolatlar mavjud, ikkinchisida esa, ular yo‘q. Demak, bu huquqiy 
munosabatlarda, masalan, fuqarolik-huquqiy munosabatlar uchun xos 
bo‘lgan yuridik tenglik yo‘q. 
Aksariyat moliyaviy-huquqiy munosabatlar vertikal bo‘lib, ularda 
davlat moliyaviy faoliyatiga xos bo‘lgan hokimiyat xususiyati va u bilan 
bog‘liq bo‘lgan bir tomon huquqiy munosabatining ikkinchisiga yuridik 
jihatdan qaramligi namoyon bo‘ladi. Ular uchun subordinatsiya, ya’ni 
bo‘ysunish kabi xususiyat xosdir. Bu, avvalambor, shunday munosabat-
larki, ularda bir tomon ikkinchisiga tashkiliy jihatdan bo‘ysundirilgan 
bo‘ladi. Masalan, yuqori va quyi moliya organlari (Moliya vazirligi – 
viloyatlar va Toshkent shahri moliya boshqarmalari va bo‘limlari) 
o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar. 
Bir xil huquqiy holatdagi, tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga qaram 
bo‘lmagan tashkilotlar o‘rtasida yuzaga keladigan moliyaviy-huquqiy 
munosabatlar ham vertikal bo‘lishi mumkin. Masalan, Moliya vazirligi 
o‘z vakolatlari doirasida o‘ziga qaram bo‘lmagan boshqa barcha 
vazirliklar va idoralar tomonidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘plab 
normativ-huquqiy hujjatlar (yo‘riqnomalar, qoidalar, nizomlar) chiqaradi. 
Demak, yaqqol ko‘rinib turibdiki, moliyaviy-huquqiy munosabatlar 
vertikal xususiyatga ega. 
Vertikal munosabatlarga boshqa moliyaviy-huquqiy munosabatlar 
ham kiradi, bunda garchi tomonlarning tashkiliy bir-biriga bo‘ysunishi 
mavjud bo‘lmasa ham, ularda albatta u yoki bu tomonga berilgan bir 
tomonlama yuridik buyruq berish huquqi namoyon bo‘ladi. Bu, bir 
tomondan, moliya, soliq organlari bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
o‘rtasida (ularning qaysi idoraga qarashi va mulkchilik shakllaridan qat’i 
nazar), ikkinchi tomondan, jismoniy shaxslar o‘rtasida tarkib topadigan 


37
munosabatlar bo‘lib, bu organlar ular doirasida yuridik jihatdan hokimiyat 
vakolatlarini ro‘yobga chiqaradilar.
Shunday qilib, vertikal moliyaviy-huquqiy munosabatlar tashkiliy 
jihatdan bir-biriga bo‘ysunadigan hamda o‘zaro biri ikkinchisiga 
bo‘ysunmaydigan moliya huquqi subyektlari o‘rtasida yuzaga kelishi 
mumkin ekan. Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning asosiy belgisi 
shundan iboratki, bir tomonda ikkinchi tomonga nisbatan yuridik 
hokimiyat harakatini amalga oshirish uchun vakolat borligi aniq-
ravshandir.
Gorizontal 
moliyaviy-huquqiy munosabatlar davlat moliyaviy 
faoliyati sohasida, vertikal munosabatlar kabi, unchalik ko‘p tarqalmagan. 
Ular amalda va yuridik jihatdan o‘zaro teng bo‘lgan tomonlar o‘rtasida, 
ya’ni bir tomon ikkinchi tomon uchun majburiy bo‘lgan buyruq berish 
bo‘lmagan holda mavjud bo‘lishi mumkin. Bir tomonlama yuridik 
hokimiyat hujjatni chiqarishdan oldin keladigan kelishuv bosqichida 
tomonlar teng huquqqa egadir. Bu turdagi munosabatlar ko‘pincha 
Moliya vazirligi bilan Davlat soliq qo‘mitasi o‘rtasida soliq solish 
masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni, xususan, amaldagi 
qonunchilik bilan belgilangan u yoki bu turdagi soliqlarni hisoblash va 
budjetga to‘lash bo‘yicha yo‘riqnomalarni tayyorlash va tasdiqlash 
vaqtida yuzaga keladi.
Moliyaviy faoliyatni amalga oshirayotgan davlat organi bilan xo‘jalik 
yurituvchi subyekt o‘rtasida, misol uchun, u soliq kreditini berish 
to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etgan holatda, tarkib topadigan ayrim 
munosabatlar ham gorizontal xususiyatga ega bo‘ladi. Soliq krediti 
to‘g‘risidagi shartnoma shartlarini kelishish bosqichida tomonlar ushbu 
huquqiy munosabatlarda teng huquqlidir. 
Biroq gorizontallik vakolatli organ soliq krediti berish to‘g‘risida bir 
tomonlama yuridik jihatdan hokimiyat bo‘lgan qarorni chiqarguniga 
qadar bo‘lgan vaqtdagina mavjud bo‘ladi. Keyin bu gorizontallik 
vertikallik darajasiga ko‘tariladi. Demak, gorizontal moliyaviy-huquqiy 
munosabatlar ko‘pincha vertikal munosabatlarni yuzaga keltiruvchi 
muayyan shart-sharoitlar sifatida paydo bo‘ladi. Bu davlat moliyaviy 
faoliyatini amalga oshiruvchi ikki organ o‘rtasidagi gorizontal turdagi 
munosabatlar uchun ham xos bo‘lib, ular bir tomonlama yuridik 
hokimiyat hujjat qabul qilinishi bilan tugallanadi. Masalan: Moliya 
vazirligi bilan Davlat soliq qo‘mitasi o‘rtasida soliqning aniq turini 
hisoblash va budjetga to‘lash bo‘yicha hamkorlikdagi yo‘riqnoma ushbu 


38
organlarga bo‘ysunuvchi tizimlar uchun ham, mazkur soliqni to‘lov-
chilarning barchasi uchun ham majburiydir.
Moliya huquqiga oid adabiyotlarda moliyaviy-huquqiy munosabat-
larning boshqa tasniflari ham mavjud. Xususan, huquqning asosiy 
funksiyalaridan kelib chiqqan holda, tartibga soluvchi va muhofaza 
etuvchi, yuridik mazmuniga qarab – oddiy va murakkab, namoyon bo‘lish 
shakli bo‘yicha – ikki tomonlama va ko‘p tomonlama munosabatlar 
ajratiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin