moliyaviy-huquqiy qobiliyatni
qonunda nazarda tutilgan moliyaviy huquq va majburiyatlarga ega bo‘lish
qobiliyatini egallasalar, moliyaviy-huquqiy munosabatlar subyektlari
bo‘ladilar. Lekin moliya huquqi subyektlari aniq moliyaviy-huquqiy
munosabatlarda qatnashib, mazkur huquqiy munosabatlarning qatnash-
40
chisi bo‘lishi uchun buning o‘zi yetarli emas. Buning uchun yana bir shart
mavjud bo‘lishi, ya’ni moliya huquqi subyektlarining
moliyaviy yuridik
salohiyati
moliyaviy huquq va majburiyatlarni mustaqil ravishda olish va
amalga oshirish hamda noqonuniy harakatlar uchun javobgar bo‘lish
qobiliyati talab qilinadi. Shunday qilib, moliya huquqi subyekti aniq
moliyaviy-huquqiy munosabatlar qatnashchisi bo‘lishi uchun u
moliyaviy-huquqiy subyektlikka
ega bo‘lishi, ya’ni yuridik salohiyatga
ega bo‘lishi kerak.
Amaliyotda ko‘pincha moliyaviy-huquqiy layoqat va yuridik
salohiyatini aniq ajratish imkoniyati yo‘q, chunki ko‘p hollarda ular
yagona moliyaviy- huquqiy maqom elementlari hisoblanadi. Masalan, bu
davlat moliyaviy faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga tegishli bo‘lib,
ular uchun huquqiy layoqat va yuridik salohiyat bir vaqtda, ya’ni ularning
vakolati paydo bo‘lganidan boshlab to yuridik mustahkamlanguniga qadar
mavjud bo‘ladi. Vakolatda ularning moliyaviy-huquqiy qobiliyati
ifodalanadi. Ayni vaqtda unda ushbu organlarning moliyaviy-huquqiy
munosabatlarda ishtirok etish bo‘yicha vakolatlari ham, ya’ni ularning
yuridik salohiyati belgilanadi.
Ayrim hollarda huquqiy layoqat bilan yuridik salohiyat o‘rtasida juda
aniq chegarani kuzatish ham mumkin, bu, xususan, ko‘pincha moliya
huquqi subyektlari va moliyaviy-huquqiy munosabatlar qatnashchilari
sifatidagi jismoniy shaxslarning moliyaviy-huquqiy maqomi uchun xos
bo‘lgan xususiyatdir. Agar ularning moliyaviy-huquqiy qobiliyati
tug‘ilgan vaqtdan boshlab yuzaga kelsa, yuridik salohiyati muayyan
yoshga yetganida vujudga keladi.
Moliya huquqida an’anaviy ravishda moliya huquqi subyektlarining
uchta asosiy guruhi ajratiladi:
a) ijtimoiy-hududiy tuzilmalar;
b) jamoa subyektlari;
d) individual subyektlar.
Moliya huquqi subyektlari sifatidagi
ijtimoiy-hududiy tuzilmalarga
butun O‘zbekiston Respublikasi va uning ma’muriy-hududiy birliklari –
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar kiradi.
Ushbu o‘rinda ular moliyaviy-huquqiy qobiliyat egalari hisoblanadi.
Ammo aniq moliyaviy-huquqiy munosabatlarda ular bevosita ishtirok
etmaydi. Moliya huquqi boshqa subyektlaridan, xususan, ushbu ikkala
yuridik sifatlarni o‘zida uyg‘unlashtirgan fuqarolardan farqli ravishda,
moliyaviy yuridik salohiyat ularning qonunchilik va ijroiya hokimiyatini
41
namoyon etuvchi organlari ulushiga to‘g‘ri keladi. Umuman davlat va
ko‘rsatilgan ma’muriy-hududiy birliklar moliya huquqi subyektlari
sifatida ko‘proq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Budjet tizimi
to‘g‘risida»gi va «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonunlarda
mustahkamlangan budjet huquqiy munosabatlari sohasidagi vakolatlarini
amalga oshirishda namoyon bo‘ladi. Shu tariqa aynan shu subyektlarga
davlat va mahalliy budjet uchun huquq mustahkamlab berilgan
(O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100, 122-moddalari), shu
munosabat bilan ular u yoki bu ijtimoiy-hududiy tuzilmani iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlantirish uchun tegishli budjet daromadlarini olish,
taqsimlash va ulardan foydalanish bo‘yicha vakolatlarning butun bir
majmuiga egadir.
Ko‘rib chiqilayotgan ijtimoiy-hududiy tuzilmalar bir qancha boshqa
huquqiy munosabatlarda ham moliya huquqi subyektlari bo‘ladi.
Masalan, davlat maqsadli jamg‘armalari (Respublika yo‘l jamg‘armasi,
Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi jamg‘arma va boshq.)
hamda valuta jamg‘armalari kabilarni shakllantirish va ulardan
foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarda.
Ayrim huquqiy munosabatlarda moliya huquqi subyekti bo‘lib faqat
davlatning o‘zi qatnashishi mumkin, bu ko‘pincha O‘zbekiston Respub-
likasining moliyaviy faoliyat sohasida o‘zining mustaqil huquqlarini
amalga oshirishida yuz beradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi
o‘zining mustaqil moliya va pul-kredit tizimiga (O‘zbekiston Respub-
likasi Konstitutsiyasining 122-moddasi), soliqlarni belgilash, davlat
budjetini qabul qilish (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-
moddasi, 8–9-bandlar) huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi umuman
bojxona va valuta ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, yagona soliq
va bank tizimlarini belgilash bo‘yicha o‘z vakolatlariga nisbatan ham
moliya huquqi subyekti deb tan olinishi kerak (O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 123–124-moddalari, 78-modda 7-bandi).
Davlat davlat krediti sohasida ham moliya huquqi subyekti sifatida
qatnashadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 743-
moddasi mazmuni bilan belgilanadi, u davlat qarzi shartnomasi bo‘yicha
qarzdor sifatida – davlat, qarz beruvchi sifatida esa, fuqaro yoki yuridik
shaxs qatnashishini belgilaydi. Davlat qarzi shartnomasi bo‘yicha javob-
garlik davlat zimmasidadir. U o‘zining fuqarolik-huquqiy majburiyatlari
bo‘yicha o‘z tasarrufidagi mablag‘lari bilan javob beradi.
42
Garchi davlat qarzlari ixtiyoriy bo‘lsa-da, misol uchun, Respublika
ichki obligatsiyalarini chiqarish to‘g‘risidagi qaror Respublika Vazirlar
Mahkamasi nomidan qabul qilinadi, unda obligatsiyalar emitenti, ularni
chiqarish shartlari va joylashtirish tartibi bir tomonlama davlat-hokimiyat
tartibida belgilanadi (Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risidagi
qonun, 1993-yil, 2-sentabr, 5-modda). Shunday qilib, davlat qarzi
bo‘yicha munosabatlarda moliya huquqi subyekti sifatida ishtirok etadi-
gan davlatsiz fuqarolik huquqining tegishli normasi amalga oshirilishi
mumkin emas.
Davlat moliyaviy faoliyati sohasida tegishli vakolatlarga ega bo‘lgan
ma’muriy-hududiy birliklarning o‘zi (Qoraqapog‘iston Respublikasi,
viloyatlar, Toshkent shahri) ham moliya huquqi subyektlari bo‘lishi
mumkin. Xususan, Soliq kodeksining 7-moddasi Qoraqapog‘iston
Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining
o‘z hududida mahalliy soliq va yig‘imlarning ayrim turlarini kiritish,
shuningdek, ularning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilangan chegara miqdorlaridan kelib chiqqan holda, ushbu
soliqlar bo‘yicha aniq stavkalarni nazarda tutish huquqini mustahkamlab
beradi.
Moliya huquqi subyektlari sifatidagi ijtimoiy-hududiy tuzilmalar
qatoriga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish hududiy birliklari –
qishloqlar, ovullar, aholi punktlari va mahallalar ham kiradi. Moliya
huquqi subyektlari sifatida ular, masalan, ikki yoshgacha farzandlari
bo‘lib, ishlamaydigan onalarga ushbu maqsadlar uchun ajratilgan davlat
budjeti mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda to‘lovlar belgilash va
to‘lash bo‘yicha vakolatlarini amalga oshirish vaqtida qatnashadilar.
Moliya huquqining
Dostları ilə paylaş: |