48
boriladi. Agar qonunchilik buzilishi aniqlangan bo‘lsa, u holda qonun
buzilishini bartaraf etish bo‘yicha taqdimnoma kiritilishi; qonunga zid
bo‘lgan normativ hujjatga nisbatan, ana shu hujjatni chiqargan organga
yoki yuqori turuvchi organga protest keltirilishi; mansabdor shaxs yoki
fuqaro tomonidan qonunning buzilishi mazmunidan kelib chiqqan holda
jinoiy, ma’muriy yoki intizomiy ish qo‘zg‘atilishi mumkin.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan moliya huquqi subyektlarining huquqlarini
himoya qilish choralari, birinchidan, ularning huquqlari va qonuniy
manfaatlarini davlat organlarining noqonuniy harakatlaridan himoya
qiladi; ikkinchidan, davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning
moliyaviy manfaatlarini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: