O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   161
Moliya huquqi

Davlat moliyaviy nazorati. 
Davlat moliyaviy nazorati davlat moliya 
siyosatini amalga oshirish, moliyaviy barqarorlik uchun shart-sharoitlar 
tashkil etish uchun mo‘ljallangandir. Barcha davlatlarda, ular 
qurilishining o‘ziga xosligiga qarab, moliyaviy nazoratning o‘z tizimi 
tarkib topgan. Shunga qaramasdan, chet davlatlarda nazorat-taftish 
tarmog‘ining tashkil etilishi va ishfaoliyati u yoki bu jihatdan ko‘p yillik 


52
xalqaro tajribada ifodalangan umumiy prinsiplarga asoslanadi. Masalan, 
har qanday yirik dasturni amalga oshirish albatta kichik nazorat tizimini 
o‘z ichiga qamrab oladi. Bu maqsadlarga, odatda, qandaydir muhim 
davlat dasturi uchun ajratilgan mablag‘lar umumiy hajmidan bir-ikki foiz 
ajratiladi. 
O‘zbekistonda davlat moliyaviy nazoratini O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi, Prezident, Hukumat hamda ijroiya hokimiyatning tegishli 
organlari amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
78-moddasi 8-bandiga muvofiq 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Vazirlar Mahkamasining taqdimoti bo‘yicha mamlakat budjetini qabul 
qiladi va uning ijrosi ustidan nazorat o‘rnatadi. 
Xalq deputatlari 
Kengashlari 
ayrim mintaqalarga ajratiladigan budjet mablag‘laridan 
maqsadli foydalanish hamda mahalliy budjetlarning ijro etilishini nazorat 
qiladi. Bundan tashqari, vakolatli organlar zimmasiga ayrim tarmoqlar va 
sohalarda budjet mablag‘laridan foydalanish ustidan nazorat o‘rnatilishi 
mumkin.
Moliyaviy nazoratni amalga oshirish bo‘yicha 
O‘zbekiston Respub-
likasi Prezidentiga 
davlat va ijroiya hokimiyat boshlig‘i sifatida katta 
vakolatlar berilgan. Respublika Konstitutsiyasining 93-moddasi 8-
bandiga muvofiq Prezident ijroiya hokimiyat apparati va, jumladan davlat 
moliyaviy nazorati funksiyalarini amalga oshiruvchi organlar (Hisob 
palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshq.)ni 
shakllantiradi.
Davlat moliyaviy nazorati tizimida 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin