62
hisobotiga to‘g‘riligi va ular tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy va
xo‘jalik operatsiyalari O‘zbekistonda
amal qilayotgan normativ
hujjatlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida mustaqil ravishda tekshiruv
o‘tkazish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini tushunmoq kerak.
Jahon amaliyotida audit yangilik bo‘lmay, faoliyatning barcha
sohalarida qo‘llaniladi. O‘zbekistonda iqtisodiy subyektlarning moliyaviy
axborot foydalanuvchilari ehtiyojini ta’minlaydigan, uning to‘g‘riligini
tasdiqlaydigan shaklda mustaqil moliyaviy nazoratning yuzaga kelishi
nisbatan yangi institut hisoblanadi. Shu bilan birga, bizning
mamlakatimizda audit anchagina keng qo‘llanilmoqda. Hozir to‘liq aytish
mumkinki, O‘zbekistonda audit qaror topdi va u tobora ko‘proq
rivojlanib
bormoqda. Xalqaro namunalar hisobga olingan holda, auditning
qonunchilik va boshqa normativ bazasi yaratildi, uni amalga oshirish
uslublari takomillashtirilib borilmoqda.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda bevosita auditga yo‘ldosh bo‘lgan
xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat (moliya-xo‘jalik
faoliyatini tahlil
etish, buxgalteriya hisobining yo‘lga qo‘yilishi, investitsion loyihalarni
baholash, axborot xizmatini ko‘rsatish va boshq.) shakllantirilgan. Yakka
tadbirkor sifatida mustaqil ishlovchi auditorlik firmalari va auditorlar
moliyaviy hisoboti va maslahat faoliyati to‘g‘riligini tasdiqlash nodavlat
sektorida moliyaviy nazoratni chuqurlashtiradi va kengaytiradi. Masalan,
mustaqil auditorlar tomonidan tasdiqlangan hisobot
foydalanuvchilar
(investorlar, kreditorlar va h.k.) tomonidan turli operatsiyalar, xususan,
kreditlar berish, investitsiyalar qo‘yish, jamg‘arma bozorlarida qimmatli
qog‘ozlar lizingi va h.k. bo‘yicha qaror
qabul qilish uchun axborot
manbaidir.
Auditorlarning maslahat faoliyati tashkilotlar moliyaviy mexanizmini
optimallashtirish, moliyaviy oqimlar nazorat tizimi, buxgalteriya hisobi,
soliq bazalari va hokazolarni tashkil etish va yuritishga yordam beradi.
Auditorlar ushbu xizmatlarni nodavlat sektor tashkilotlari faoliyati ustidan
nazoratni kuchaytirish maqsadida davlat tomonidan ham, moliyaviy
axborot foydalanuvchilari tomonidan ham amalga oshiradilar.
Audit
Dostları ilə paylaş: