O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   161
Moliya huquqi

soliq organlari 
muhim 
rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati 
to‘g‘risida» 1997 yil 29 avgustdagi qonuni soliq nazoratining asoslari, uni 
amalga oshirish bo‘yicha soliq organlarining huquq va majburiyatlarini 
belgilab beradi. 
Soliq nazorati soliq solish subyektlari va obyektlari hisobini yuritish 
hamda soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilishning yagona 
tizimidir. U davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliqqa tortiladigan 
subyektlar va obyektlar hisobini yuritish, soliq tekshiruvlarini o‘tkazish, 
soliq to‘lovchilar, boshqa shaxslarni so‘roq qilish va qonunchilik bilan 
nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Davlat soliq xizmati organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan 
iborat:
– soliq qonunchiligi, soliqlar hamda O‘zbekiston Respublikasi 
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlarning o‘z 
vaqtida hisoblab yozilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat etish;
– soliq qonunchiligiga rioya etilishining zaruriy shartlarini 
ta’minlash, soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda yordam 
ko‘rsatish, soliq bo‘yicha qoidabuzarliklarni aniqlash, ogohlantirish va 
to‘xtatib qo‘yish. 
Davlat soliq xizmati organlari o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni 
boshqa davlat boshqaruv organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlari, statistika va moliya 
organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro birgalikda bajara-
dilar. Ko‘rsatilgan organlar va tashkilotlar soliq xizmati organlariga soliq 
qonunchiligiga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish va 
soliq qonunbuzarligiga qarshi kurashda yordam berishlari shart. 
Ko‘rsatilgan qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan soliq nazoratini 
tashkil etish 
Davlat soliq qo‘mitasi 
va uning organlari tomonidan amalga 


60
oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi 
nizomga muvofiq u davlat soliq xizmatining soliq qonunchiligiga rioya 
etilishi, davlat iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoya-
lashning ta’minlanishi sohasidagi nazorat bo‘yicha markaziy organ 
hisoblanadi.
Davlat soliq qo‘mitasining moliyaviy nazorat sohasidagi asosiy 
vazifasi soliq to‘lovchilar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishi
soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab 
yozilishi, ularning to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni 
amalga oshirish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tizimida 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin