73
tekshirish
nazorat organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt-
larning ularning faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar va boshqa qonun-
chilik hujjatlarini ijro etishlari ustidan bir marta o‘tkaziladigan nazoratdir;
moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish)
– soliq va valuta
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga
oshirish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya, moliya,
statistika, bank hamda boshqa hujjatlarini o‘rganish va taqqoslash;
qarshi tekshirish
turli xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki bir xo‘jalik
yurituvchi subyektning turli bo‘linmalarida bo‘lib, yagona operatsiya
bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni o‘zaro solishtirishdan iborat bo‘lgan
tekshiruvdir.
Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash,
mamlakatni modernizat-
siya va isloh etishning ustuvor vazifalarini amalga oshirish, tadbirkorlik
subyektlari faoliyatiga nazorat organlari aralashuvini qisqartirish hamda
ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash
maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishlarni
qisqartirish va ularni tashkil etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha
muhim bo‘lgan hujjatlar qabul qilindi. Bu tadbirlar birinchi navbatda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik subyektlarini
huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi 2005-yil 14- iyun farmoni, «Tadbirkorlik subyektlarini
tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi 2005-yil 5-oktabr farmonlarida o‘z ifodasini
topdi. Buni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining «Xo‘jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risi-
da»gi qonuniga o‘zgartirishlar kiritildi, «Nazorat qiluvchi organlar tomo-
nidan o‘tkaziladigan, tadbirkorlik subyektlari –
yuridik shaxslar faoliya-
tini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomning
yangi tahriri tasdiqlandi.
Amaldagi qonunchilikka binoan nazorat organlari tomonidan olib
boriladigan tekshirishlar
rejali
va
rejadan tashqari
bo‘lishi mumkin.
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yuridik shaxs bo‘lgan xo‘jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatini rejali tekshirish,
shu jumladan moliya-
xo‘jalik faoliyatini tekshirishlar uchun, ushbu moddaning ikkinchi qismida
nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, quyidagilar asos bo‘ladi:
maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi
tomonidan berilgan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini
tekshirishni
o‘tkazishning muvofiqlashtiruvchi rejasidan ko‘chirma;
74
nazorat qiluvchi organning muvofiqlashtiruvchi reja asosida chiqar-
gan buyrug‘i yoxud maxsus vakolatli organning rejadan tashqari
tekshirish, shu jumladan taftish o‘tkazish to‘g‘risidagi hamda tekshirish
maqsadi, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi va tekshiruvni o‘tkazish
muddatlari ko‘rsatilgan qarorlari.
Prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari
tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish uchun
qo‘zg‘atilgan jinoiy ish mavjudligi asos bo‘ladi. Bunda tekshiruvga
xo‘jalik yurituvchi subyektning faqat qo‘zg‘atilgan
jinoyat ishi bilan
bog‘liq faoliyati qamrab olinishi mumkin bo‘lib, bu haqda tekshiruvni
tayinlash to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini
tekshirishlar belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari
tomonidan, mazkur organlar tekshirishlar davomida soliq va valutaga oid
jinoyatlar alomatlarini aniqlaganida esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokuraturasi huzuridagi Soliq va valutaga
oid jinoyatlarga qarshi
kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tekshirishlar maxsus
vakolatli organning qaroriga binoan rejali tartibda ko‘pi bilan yiliga bir
marta amalga oshirilishi mumkin, xususiy korxonalar va mikrofirmalar,
kichik korxonalar, fermer xo‘jaliklari bundan mustasno.
Belgilangan normalar va qoidalarga o‘z vaqtida hamda to‘la hajmda
rioya etuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tekshirishlar
nazorat qiluvchi organlar tomonidan ko‘pi bilan ikki yilda bir marta
amalga oshiriladi, xususiy korxonalar va mikrofirmalar, kichik korxo-
nalar, fermer xo‘jaliklari bundan mustasno.
Xususiy korxonalar faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar
tomonidan ko‘pi
bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda amalga
oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan
mustasno.
Mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarining moliya-
xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko‘pi bilan to‘rt yilda bir marta,
boshqa tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik
faoliyatini rejali
tekshirishlar ko‘pi bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi.
Yangi tashkil etilgan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer
xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan paytdan e’tiboran ikki yil mobaynida rejali tekshiruvlardan
o‘tkazilishi mumkin emas.