71
keladigan zarar, ziyonlar va yo‘qotishlar bilan to‘g‘ri kelmaydi. Ularni
imkon qadar kamaytirish uchun moliyaviy rejalarni ko‘rib chiqish va
tasdiqlash bosqichida noqonuniy harakatlar,
kamchilik va tartibbu-
zarliklarning oldini olishdan iborat bo‘lgan, yaxshi yo‘lga qo‘yilgan
dastlabki moliyaviy nazorat tizimi bo‘lishi zarur.
Joriy moliyaviy nazorat
moliyaviy nazoratni operativ boshqarish va
tartibga solish jarayonining uzviy qismidir. U moliyaviy rejalarni ijro
etish
bosqichida amalga oshirilib, asosiy maqsadi – belgilangan doiradan
chetga chiqishlarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan
zarur
chora-tadbirlarni qabul qilishdan iborat.
Ayrim mualliflar joriy nazoratni moliyaviy nazoratning maxsus
shakli sifatidagi maqomini inkor etadilar. Masalan, E.A. Voznesenskiy
ta’kidlashicha, moliyaviy nazoratning nazoratning mustaqil ko‘rinishi
sifatidagi asoslanganligi shubha tug‘diradi, chunki ushbu omillar bo‘yicha
tasnif asosiga nazorat harakatlari amalga oshirilishining turli
vaqti
moddiy boyliklar va pul mablag‘lari harakatiga nisbatan asos qilib olinsa,
mazkur nazorat mavjudligi bilan kelishish mumkin bo‘lmasa kerak. Bu
mezonni tan olish joriy nazorat mavjudligini inkor etadi va nazorat
organlari tomonidan yo dastlabki yoki davomiy nazoratga har qanday
harakat munosabati to‘g‘risida dalolat beradi.
Bunday nuqtai nazar
yetarlicha asoslab berilmagan, chunki davomiy
nazorat uning butun ahamiyati bilan moliyaviy nazoratning so‘nggi
bosqichidir. Bozor munosabatlari sharoitlarida har bir xo‘jalik yurituvchi
subyekt va jamiyat, nafaqat yo‘l qo‘yilgan kamchilik va tartibbu-
zarliklarni qayd etish, balki ularni o‘z vaqtida to‘g‘rilashga ulgurishdan
manfaatdordir. Bu funksiyani joriy nazorat qisqa vaqt oralig‘ida ishlab
chiqarish, xo‘jalik va moliya operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida
bajaradi. Birlamchi hujjatlar ma’lumotlari, operativ
va buxgalteriya
hisobi, inventarizatsiya va kuzatuvga asoslangan holda, joriy nazorat
zarur bo‘lgan hollarda tez o‘zgaruvchan xo‘jalik vaziyatlarini tartibga
solish, yo‘qotishlar va zararlarning oldini olishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: