O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   161
Moliya huquqi

Davomiy moliyaviy nazorat 
barcha moliyaviy rejalar bajarilganidan 
keyin, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etib bo‘lmaydigan vaqtda 
amalga oshiriladi. Biroq o‘tgan davr uchun moliyaviy faoliyat natijalarini 
chuqur o‘rganish va tahlil qilish dastlabki va joriy nazoratning 
kamchiliklarini aniqlash hamda kelgusida moliya intizomi buzilishiga 
yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga 
oshirish uchun imkon beradi.


72
Adabiyotlarda davomiy nazorat ko‘pincha xo‘jalik boshqaruv yuqori 
bo‘g‘inlari va idoradan tashqari nazorat organlari ustuvorligiga kiritiladi. 
Aslida u ichki moliyaviy nazoratning ham ajralmas tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Bu ayni mana shu buxgalteriya xizmatining zimmasiga 
(boshqa xizmatlar bilan birgalikda) hisob yuritish va hisobot ma’lumotlari 
bo‘yicha iqtisodiy tahlilni amalga oshirish vazifasi yuklanishi bilan 
belgilanadi. 
Nazoratdan eng ko‘p samara uning barcha shakllarining o‘zaro 
harakatida erishilishi mumkin. Ayniqsa bu budjet mablag‘larini o‘g‘ir-
lashga qarshi kurashda zarur bo‘lib, u sodir bo‘layotgan o‘g‘irliklarning 
oldini olish, bunday holatlarni va ularning sabablarini aniqlash, kelgusida 
ularga yo‘l qo‘yilmasligi uchun o‘zaro bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlar 
tizimini o‘z ichiga qamrab olishi kerak. 
Moliyaviy nazorat uslublari. 
Moliyaviy nazorat turli uslublar 
vositasida amalga oshirilib, bunda uni o‘tkazish uslub va yo‘llari tushu-
niladi. U yoki bu uslubni qo‘llash bir qancha omillarga bog‘liq bo‘lib, 
ularga moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi organlarning huquqiy 
ahvoli, nazorat obyektlari va maqsadlari, nazorat huquqiy munosabat-
larining yuzaga kelish asoslari va boshqalarni kiritish mumkin. 
Ilmiy va o‘quv adabiyotlarida moliyaviy nazoratning turli uslublari 
ajratiladi. Ayrim hollarda ularga kuzatish, tekshirish, tahlil qilish, boshqa 
hollarda esa, moliyaviy rejalar, buyurtmalar, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati 
to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish, mansabdor shaxslarning ma’ru-
za, axborotlarini eshitish va boshqalar kiritiladi. Bizning fikrimizcha, 
moliyaviy nazoratning bunday uslublarini ajratish, garchi bu munozarasiz 
bo‘lmasa-da, shunga qaramasdan, u mavjud bo‘lishga haqli. Ko‘pchilik 
mualliflar moliyaviy nazoratning faqat 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin