68
hisoblanadi. Lekin bosh hisobchi huquqiy maqomi asoslari O‘zbekiston
Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» 1996-yil 30-
avgustdagi qonunida belgilab berilmagan. Rossiya Federatsiyasining
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» 1996-yil 21-noyabrdagi Federal qonuni
(7-moddasi)da bosh buxgalterning huquqiy maqomi hamda uning nazorat
vakolatlari belgilab berilgan. Xususan, bu norma shuni belgilab qo‘y-
ganki, bosh buxgalterning imzosisiz pul va hisob-kitob hujjatlari haqiqiy
hisoblanmaydi va ular imzosiz ijro uchun qabul qilinmasligi shart.
Shunday norma, xususan, bosh buxgalter imzosiga oid qoida O‘zbe-
kiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi
qonunida
ham bor. Mazkur qonun 8-moddasiga muvofiq pul, tovar-moddiy
boyliklar va boshqa qimmatliklarni qabul qilish va berish uchun asos
bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, korxona, muassasa va tashkilotlarning
kredit va hisob-kitob majburiyatlari, shuningdek, buxgalteriya hisobotlari
va balanslari ular tomonidan belgilanadigan rahbarlar yoki shaxslar
tomonidan imzolanadi. Rahbar imzo huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning
ikkita ro‘yxatini tasdiqlaydi. Birinchi ro‘yxatga rahbarlik funksiyalarini
bajaruvchi shaxslar, ikkinchi ro‘yxatga buxgalteriya hisobi va moliyaviy
boshqaruv funksiyalarini amalga oshiruvchi shaxslar kiradi. Ko‘rsatilgan
shaxslarning imzosisiz hujjatlar haqiqiy hisoblanmaydi. Garchi bu yerda
bosh hisobchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilmagan bo‘lsa ham, qonun chiqa-
ruvchi korxona, muassasa va tashkilotlarning ayni mana shu mansabdor
shaxslarini nazarda tutganligi aniq-ravshandir.
Bosh hisobchi huquqiy maqomini belgilovchi qonunchilik bazasining
yo‘qligi idora tomonidan
chiqariladigan normalar, qoidalar bilan
to‘ldiriladi. Shuni hisobga olgan holda, ichki moliyaviy nazorat tizimida
bosh buxgalter roli va funksiyalarini «Bank tizimi bosh buxgalterlari
to‘g‘risida»gi nizom asosida ko‘rib chiqish mumkin.
Bosh buxgalter bankda buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda
moddiy va moliyaviy resurslardan oqilona ravishda, tejamkorlik bilan
foydalanish, mulkni saqlash ustidan nazorat o‘rnatilishini ta’minlaydi. U
kamomad hosil bo‘lishi, pul mablag‘lari va tovar-moddiy boyliklarning
noqonuniy sarflanishi hamda moliyaviy va xo‘jalik qonunchiligi
buzilishining oldini olishga doir chora-tadbirlarni tayyorlashda faol
ishtirok etishi lozim. Mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari
(qo‘shib yozish, mablag‘larni belgilangan maqsadlarda ishlatmaslik
hamda boshqa tartibbuzarlik va suiiste’molliklar) aniqlangan taqdirda,
chora ko‘rish uchun bank rahbariga bu haqda ma’lum qiladi.
69
Pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish va berish
uchun asos bo‘lgan hujjatlar hamda kredit va hisob-kitob
hujjatlari rahbar
va bosh buxgalter yoki buning uchun vakolat berilgan boshqa shaxslar
tomonidan imzolanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan, bosh buxgalter yoki buning uchun vakolat
berilgan boshqa shaxslar tomonidan imzolanmagan hujjatlar haqiqiy
hisoblanmaydi va ular mazkur bank moddiy javobgar shaxslari va
buxgalteriya xodimlari tomonidan qabul qilinmasligi shart.
Bosh buxgalter qonunchilikda belgilangan operatsiyalar va pul
mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklar va boshqa boyliklarni
qabul qilish,
saqlash va xarajat qilish bo‘yicha belgilangan tartibga zid bo‘lgan
hujjatlarni ijro uchun qabul qilishi va rasmiylashtirishi man etiladi.
Bunday harakatni amalga oshirish to‘g‘risida bank rahbaridan
farmoyish olingan holda, bosh hisobchi uni ijro etmasdan, rahbarga
yozma shaklda murojaat etib, uning e’tiborini ushbu farmoyishning
noqonuniyligiga qaratadi. Rahbardan yozma farmoyish olingan yoki
hujjatda ikkinchi imzo qo‘yilgan bo‘lsa, bosh buxgalter uni ijro etadi.
Amalga oshirilgan operatsiyaning noqonuniyligi uchun butun javobgarlik
bank rahbari zimmasida bo‘lib, u o‘zi qabul qilgan qaror haqida yuqori
organ rahbariga zudlik bilan yozma shaklda ma’lum qilishi shart.
Bosh buxgalter o‘ziga qarashli xodimlarning xizmat vazifalarini
belgilaydi. Boshqa bo‘linmalar va xizmatlarning buxgalteriya hisobi,
hisob yuritish va hisobot masalalari bilan shug‘ullanuvchi xodimlari bosh
buxgalterga bo‘ysunadilar.
Bosh buxgalterning operatsiyalarni rasmiylashtirish va buxgalteriya
yoki hisoblash qurilmalariga zarur hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etish
tartibiga oid talablari bankning barcha bo‘linmalari va xizmatlari uchun
majburiydir.
O‘z funksiyalarini bajarish uchun bosh buxgalterga tegishli huquqlar
berilgan. Xususan, u bank rahbaridan buxgalteriya hisobi va nazoratning
to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlash, tarkibiy bo‘linmalarda pul
mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklar va boshqa qimmatliklarni
qabul
qilish, kirim qilish, saqlash va sarflash bo‘yicha belgilangan tartibga rioya
etilishini tekshirish yuzasidan choralar ko‘rilishini talab qilishi mumkin.
Bank rahbari bosh buxgalterning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni
bajarishi va unga berilgan huquqlardan foydalanishida unga har
tomonlama yordam ko‘rsatishi lozim. Ushbu majburiyatlarini bajarishi va
o‘z huquqlaridan foydalangani uchun bosh buxgalterni har qanday
70
qonunchilik va moliya intizomining buzilishini, bunda aybdor deb
topilgan shaxslar esa, qattiq javobgarlikka tortilishi shart.
Shunday qilib, bosh buxgalterga qonunchilik va moliya intizomining
buzilishini o‘z vaqtida aniqlash, ogohlantirish va bunga yo‘l qo‘yilmasligi
uchun yetarli bo‘lgan vakolatlar berilgan.
Dostları ilə paylaş: