O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Moliyaviy nazorat turlari va uslublari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   161
Moliya huquqi

2.
Moliyaviy nazorat turlari va uslublari 
Moliyaviy nazorat shakllari. 
Moliyaviy nazorat oldida turgan 
vazifalarni hal etishga uning har xil turlari, uslublari va tashkiliy 
shakllarini qo‘llash vositasida erishiladi. Dastlabki, joriy va davomiy 
nazorat birligi muhim ahamiyatga ega. 
Nazoratga oid ilmiy ishlarda moliyaviy-xo‘jalik nazorat turlarini 
tasniflash belgilari sifatida ko‘pincha uning shakllarini farqlash mezonlari 
deb qaraladi. Bu mezonlar esa, ba’zan noto‘g‘ri ravishda nazorat 
harakatlari texnikasiga tenglashtiriladi. Bunday talqin umumqabul qilin-
gan shakl kategoriyasining mavjud bo‘lishi va predmet yoki hodisaning 
mazmunini ifodalash uslubi sifatidagi falsafiy talqiniga ziddir. 
Moliyaviy-xo‘jalik nazorati shakllarini talqin etishda har qanday 
reallik ikki tomonining o‘zaro bog‘liqligini aks ettiruvchi umumiy 
kategoriyalar sifatidagi mazmun va shaklning o‘zaro aloqasi, munosa-
batidan kelib chiqish kerak. Shuni hisobga olgan holda, moliyaviy nazorat 
shakllari deganda, nazorat funksiyalarini bajarish uchun yo‘naltirilgan 
nazorat harakatlarini aniq ifodalash va tashkil etish uslublarini tushunmoq 
kerak.
Shakl hamma vaqt mazmunga aks ta’sir ko‘rsatganligi sababli, 
nazoratning eng samarali shakllarini tanlab olish, muayyan bir xo‘jalikni 
yuritish vaziyatlari va iqtisodiyotni boshqaruv ayrim bo‘g‘inlarini hal 
etuvchi vazifalarning qo‘llanish sohalarini aniq chegaralab olish muhim. 
Moliyaviy nazorat shakllari sifatida 
dastlabki, joriy va davomiy nazoratni 
ajratish mumkin. Ular bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bu bilan 
nazoratning uzluksizligini aks ettiradi. Ushbu tasnifga nazorat hara-
katlarini ularni amalga oshirish vaqtiga qarab aniq ifodalanishi va tashkil 
etilishining ayrim tomonlari asos qilib olingan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin