O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   161
Moliya huquqi

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
1. Moliyaviy nazoratning maqsad va funksiyalarini izohlang. 
2.Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi organlarning huquq va 
majburiyatlari nimalardan iborat? 
3. Taftish dalolatnomasining huquqiy ahamiyati nimadan iborat? 


86
MAXSUS QISM 
4-MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUDJETINING 
TUZILISHI. BUDJETNI TARTIBGA SOLISH VA BUDJETNI IJRO 
ETISH JARAYONI 
1. «Davlat budjeti» tushunchasi va tizimi. 
2. O‘zbekiston Respublikasi budjetini shakllantirish tartibi. 
3. «Budjetdan tashqari jamg‘armalar» tushunchasi va uning huquqiy 
mohiyati. 
1. «Davlat budjeti» tushunchasi va tizimi 
«Budjet» tushunchasi va uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati.
O‘zbekiston mustaqillikka erishib, bozor munosabatlariga o‘tganidan 
keyin mamlakat moliya siyosatining mazmuni tubdan o‘zgarib, budjet 
tizimini mustahkamlash uning tarkibiy qismi bo‘lib qoldi. Hozirgi zamon 
sharoitlarida budjet davlat iqtisodiy siyosatining eng muhim vositasi 
bo‘lib bormoqda.
Budjet moliyaviy-huquqiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan 
Konstitutsiyasi hamda 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston 
Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonuniga binoan davlat 
budjeti – respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va 
mahalliy budjetlardan iborat. Bundan tashqari, davlat budjeti tarkibida 
davlat maqsadli jamg‘armalari jamlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonu-
nining 3-moddasida ilk bor davlat va mahalliy budjetlarga tushuncha 
berib o‘tilgan bo‘lib, bunga ko‘ra 
davlat budjeti 
bu davlat pul 
mablag‘larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘-
larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromadlar 
manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobay-
nida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va 
miqdori nazarda tutiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin