O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   161
Moliya huquqi

Rejadan tashqari tekshirishlar 
(jumladan, qisqa muddatli tekshi-
ruvlar) nazorat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 
«Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat 
qilish to‘g‘risida»gi qonunining 12-moddasiga muvofiq quyidagi hollarda 
o‘tkaziladi: 
– agar tekshiruvni o‘tkazish zarurati O‘zbekiston Respublikasi 
Hukumati qaroridan kelib chiqqanda; 
– nazorat qiluvchi organga xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan 
qonunlar va boshqa qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risida qo‘shimcha 
ma’lumotlar kelib tushganda; 
– favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldi olinayotganda; 
– sanitariya-epidemiologiya vaziyati murakkablashganda, shuningdek 
qo‘shni davlatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi 
ehtimoli vujudga kelganda. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rejadan tashqari tekshirish 
uchun maxsus vakolatli organning tekshirilayotgan obyekt nomini, tekshi-
ruv o‘tkazish maqsadi, muddatlari hamda uni o‘tkazish sabablarining 
asosliligi ko‘rsatilgan holda rejadan tashqari tekshirish o‘tkazish 
to‘g‘risida chiqargan qarori, shuningdek tekshirishni amalga oshiruvchi 
tegishli mansabdor shaxslar tarkibi va tekshiruvni o‘tkazish muddatlari 
ko‘rsatilgan buyrug‘i asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Nazorat qiluvchi organ hududiy bo‘linmasining tadbirkorlik subyekti 
faoliyatini muddati bir kundan ortiq bo‘lgan rejadan tashqari tekshirish 
o‘tkazishga buyurtmanomasi va tekshirishni o‘tkazish rejasi viloyat 
komissiyasida o‘rganib chiqilganidan keyin so‘ralgan tekshirishni o‘tka-
zish yoki o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun 
Kengashga yuboriladi.
Nazorat qiluvchi organ hududiy bo‘linmasining tadbirkorlik subyekti 
faoliyatini muddati bir kun bo‘lgan rejadan tashqari tekshirish o‘tkazishga 
buyurtmanomasi va tekshirishni o‘tkazish rejasi hududiy komissiya 
tomonidan o‘rganib chiqiladi, shundan so‘ng viloyat komissiyasi rejadan 
tashqari tekshirishni o‘tkazish yoki o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror 
qabul qiladi.
Kengashning, uning viloyat va tuman komissiyalarining ishchi 
organlari taqdim etilgan buyurtmanomalar va tekshirish o‘tkazish rejalari 
asosliligini, tekshirishlarni o‘tkazish rejalarining nazorat qiluvchi organ 
zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiqligini, o‘rganiladigan masala-
larni tegishli nazorat qiluvchi organlar bilan birgalikda o‘rganib 


76
chiqadilar hamda viloyat va tuman komissiyalari ishchi guruhlarining 
rejadan tashqari tekshirish o‘tkazish uchun taqdim etilgan buyurtma-
nomalarni ko‘rib chiqishga doir xulosalarini inobatga olgan holda 
tegishincha Kengashga, uning viloyat komissiyalariga taklif kiritadilar, 
ular rejadan tashqari tekshirish o‘tkazish to‘g‘risida yoki uni o‘tkazishni 
rad etish haqida qaror qabul qiladilar, rejadan tashqari tekshirish 
o‘tkazishga ruxsat berilgan taqdirda tekshirish rejasini kelishib oladilar. 
Rejadan tashqari tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi yoki uni o‘tkazish-
ni rad etish haqidagi qaror qisqa muddatlarda, biroq buyurtmanoma kelib 
tushgan kundan e’tiboran ikki haftadan kechiktirmay qabul qilinadi va 
tegishincha Kengash raisi (uning o‘rinbosarlari) yoki ushbu Nizomda 
nazarda tutilgan vakolatlar doirasida viloyat komissiyasi raisi tomonidan 
imzolanadi hamda nazorat qiluvchi organga yuboriladi. 
Ulgurji va chakana savdodagi umumiy ovqatlanish va pulli xizmatlar 
ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan savdo-sotiq 
hamda naqd pul tushumini topshirish qoidalariga rioya etilishini rejadan 
tashqari qisqa muddatli tekshirishlardan o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlar 
istisno tartibida tuman komissiyalarining raislari yoki viloyat komis-
siyalari raislarining o‘rinbosarlari – soliq boshqarmalari boshliqlari 
tomonidan imzolanadigan ro‘yxatlar ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. 
Ro‘yxatlarda tekshirilayotgan tadbirkorlik subyekti nomi va STIR
tekshirilayotgan tadbirkorlik subyekti ulgurji va chakana savdo, umumiy 
ovqatlanish va pulli xizmatlar ko‘rsatish obyektining yuridik manzili, 
shuningdek obyekt amalga oshirayotgan faoliyat turi va rejadan tashqari 
qisqa muddatli tekshirish o‘tkazish muddati ko‘rsatilishi kerak. 
Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, sanitariya-
epidemiologiya vaziyati murakkablashishi, shuningdek boshqa davlatlar-
dan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli bilan bog‘liq 
rejadan tashqari tekshirishlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror, sanitariya 
nazorati va tabiatni muhofaza qilish organlari murojaati asosli bo‘lgan 
taqdirda tekshirish o‘tkazish uchun buyurtmanoma kelib tushgan kuni 
qabul qilinadi. 
Yuqori nazorat qiluvchi organlar o‘zlarining hududiy bo‘linmalariga 
tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirishdan 
o‘tkazish haqidagi topshiriqlarni ularni o‘tkazish to‘g‘risida faqatgina 
Kengash yoki uning viloyat komissiyasining qarori bo‘lgan taqdirdagina 
yuboradilar. 


77

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin