83
– tekshirish tugallanib xulosa chiqarilgunga qadar qaror uzr va
sabablarsiz o‘z faoliyatini to‘xtatib qo‘ymasligi;
–
zarur hollarda, tekshiruv natijalarini ma’lum qilish uchun
mulkdorlarning (aksiyadorlarning) umumiy yig‘ilishi chaqirilishini talab
qilish.
Auditorlik tashkiloti quyidagi huquqlarga ega:
– auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun
xo‘jalik yurituvchi subyektning ta’sis hujjatlari
hamda buxgalteriya
hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish;
– auditorlik tekshiruvi o‘tkazish shakllari va usullarini mustaqil
belgilash;
–
auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotganda xo‘jalik yurituvchi subyekt
amalga oshirayotgan moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq hujjatlarni
to‘liq hajmda olish, shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan har
qanday mol-mulkning amalda mavjudligini
hamda har qanday majbu-
riyatlarning amaldagi holatini tekshirish;
– auditorlik tekshiruvini o‘tkazish davomida yuzaga kelgan
masalalar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektning moddiy javobgar
shaxslaridan og‘zaki va yozma tushuntirishlar olish hamda auditorlik
tekshiruvi uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni olish;
– uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan axborotni
xo‘jalik yurituvchi subyektdan olish;
– ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha
axborot xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan taqdim etilmagan taqdirda
auditorlik tekshiruvi o‘tkazishdan
bosh tortish;
– auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda ishtirok etishga auditorlar va
boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
– auditorlik tekshiruvi bilan qamrab olingan davrda xo‘jalik
yurituvchi subyektga professional xizmatlar ko‘rsatish, bundan
buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, tiklash, yuritish va moliyaviy
hisobot tuzish mustasno;
–
auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga a’zo bo‘lib kirish.
Bundan tashqari, auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Auditorlik tashkilotining asosiy faoliyat turlari quyidagicha:
– auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganida ushbu Qonun hamda
boshqa qonun hujjatlarining talablariga
rioya etishi;
84
– auditorlik tekshiruvi o‘tkazishga doir shartnoma tuzishdan oldin
buyurtmachining talabiga binoan auditorlik faoliyatini o‘tkazish huquqini
beruvchi tegishli litsenziyani, auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini
taqdim etishi;
– xo‘jalik yurituvchi subyektning so‘roviga binoan auditorlik
tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha qonun hujjatlarining talablari to‘g‘ri-
sidagi, auditorning e’tirozlari asoslanilgan qonun hujjatlarining normalari
to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishi;
– auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotning
maxfiyligiga
rioya etishi;
– auditorlik hisobotida moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining
qonuniyligi buzilishi faktlarini hamda ularni bartaraf etish yuzasidan
takliflarni aks ettirishi;
– o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvlari natijalariga doir auditorlik
xulosalari va auditorlik hisobotlarining nusxalari auditorlik tashkilotida
mavjud bo‘lishini hamda ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
saqlanishini ta’minlashi;
– auditorlarning bir yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan
o‘tishlarini ta’minlashi;
– auditorlik tashkilotlarini majburiy reyting
baholash uchun
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi so‘roviga ko‘ra axborot
taqdim etishi;
– xo‘jalik yurituvchi subyektga uning mansabdor shaxslari va boshqa
xodimlari zarar yetkazganligini aniq tasdiqlab turgan faktlarni aniqla-
gan taqdirda bu haqda xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariyatiga
(mulkdoriga) ma’lum qilishi hamda auditorlik hisobotiga tegishli qaydni
kiritishi shart. Zarur hollarda auditorlik
tekshiruvining natijalarini
ma’lum qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qatnash-
chilarning (aksiyadorlarning) umumiy yig‘ilishi chaqirilishini talab
qilishi kabilar.
Shuningdek, auditorlik tashkiloti zimmasiga qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
Auditorlik tekshiruvi majburiy va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Maj-
buriy tekshiruv qonunchilikda ko‘rsatilgan hollarda o‘tkazilishi mumkin.
Sug‘urta kompaniyalarida, tijorat banklarida, aholini suv va yorug‘lik
bilan ta’minlovchi korxonalarda majburiy audit tekshiruvlari o‘tkazilishi
mumkin. Qolgan holatlarda audit tekshiruvlari faqat ixtiyoriy ravishda
olib boriladi.
85
Yuqorida qayd etilgan qonunning 8-moddasida
auditorning
javobgarligi
berilgan bo‘lib, ushbu moddaga asosan, auditor va auditorlik
firmasi auditorlik tekshiruvlarni o‘tkazish chog‘ida ushbu qonunning va
O‘zbekiston Respublikasi boshqa qonun hujjatlarining qoidalarini
buzganlik uchun:
O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq mulkiy va
ma’muriy javobgarlikka;
Litsenziya bergan idoraning qaroriga muvofiq auditorlik faoliyati bilan
shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini
to‘xtatishgacha yoki bunday litsenziyadan mahrum etishgacha bo‘lgan
intizomiy javobgarlikka tortiladilar.
Dostları ilə paylaş: