O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   161
Moliya huquqi

Mahalliy budjet – 
davlat budjetining tegishli viloyat, tuman, shahar 
pul mablag‘lari jamg‘armasini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, unda 
daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya 


87
yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi 
yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga binoan davlat 
mulki respublika mulki va ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulkidan 
(munitsipal mulkdan) iborat. Tegishli budjetning mablag‘lari va boshqa 
davlat mol-mulki, agar ular davlat korxonasi va muassasasiga 
birkitilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining davlat xazinasini, 
viloyat xazinasini tashkil qiladi. Respublika mulki respublika budjetiga 
tushadigan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlardan, 
shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan asoslarga muvofiq boshqa 
tushumlar hisobidan tashkil etiladi. 
Munitsipal mulk – davlat hokimiyati mahalliy organlarining mol - 
mulki, mahalliy budjet mablag‘lari, shuningdek uy-joy jamg‘armasi va 
kommunal xo‘jalik korxonalari va boshqa mulkiy komplekslar, xalq 
ta’limi, madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalari, shuningdek boshqa 
mol-mulkdan iborat. Munitsipal mulk mahalliy budjetga tushadigan 
soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlardan, shuningdek qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga muvofiq boshqa tushumlar 
hisobidan tashkil etiladi. 
Budjetning qanday bo‘g‘inda tashkil topishidan qat’i nazar uni 
quyidagi uch ma’noda ko‘rsatib o‘tish mumkin:
a) iqtisodiy ma’noda; b) 
moddiy ma’noda; d) huquqiy ma’noda.
Davlat oldida turgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy sohalardagi vazifa-
larini bajarish uchun ma’lum bir moliyaviy mablag‘larning mavjud 
bo‘lishi talab qilinadi. Davlat ehtiyojlari pul (iqtisodiy) shaklida 
qondiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin