O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


) O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimining tamoyillari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   161
Moliya huquqi

1) O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimining tamoyillari. 
Maz-
kur tamoyillar «O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi to‘g‘risida»gi 
qonunning 5-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, quyidagilardan iborat: 
budjet tasnifi tizimi, hisob-budjet hujjatlari va budjet jarayoni 
tuzilishining yagonaligi
budjet tuzilishining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy 
tuzilishiga mosligi; 
turli darajadagi budjetlarning o‘zaro bog‘liqligi; 
davlat budjeti balansligi; 
davlat daromadlarini aniq manbalar bo‘yicha va xarajatlarini 
yo‘nalishlari (moddalari) bo‘yicha rejalashtirish; 
davlat budjeti xarajatlarini budjetdan ajratiladigan tasdiqlangan 
mablag‘ doirasida sarflash; 
barcha darajadagi budjetlarning mustaqilligi. 
2) Budjetlar o‘rtasidagi munosabatlarning tamoyillari:
budjet tizimi tegishli bo‘g‘inlari bo‘yicha budjet xarajatlarini 
taqsimlash va mustahkamlash; 
budjet tizimi tegishli bo‘g‘inlari bo‘yicha tartibga solinuvchi 
daromadlarni doimiy asosda chegaralash (mustahkamlash) va vaqtin-
chalik normativlar bo‘yicha taqsimlash; 
budjet munosabatlari subyektlari huquqlarining tengligi
budjet munosabatlari subyektlarining minimal budjet ta’minlan-
ganligi darajasini tenglashtirish. 
3) Budjet jarayoni tamoyillari
.: 
vakillik hokimiyati va ijro hokimiyati organlari budjet faoliya-
tining ketma-ketligi; 


99
budjetlarning xazina ijrosi; 
budjet jarayonining har yili takrorlanishi; 
kassalarning yagonaligi. 
Davlat budjeti tuzilishi va budjet tizimi tushunchasi. 
Budjet 
tuzilishining mazmuni masalasi bo‘yicha adabiyotlarda turli fikrlar 
aytilgan edi. Bunda ayrim hollarda budjet tuzilishi tushunchasi noto‘g‘ri 
ravishda toraytirilib, budjet tizimi tushunchasiga tenglashtiriladi. Aslida 
esa, ushbu tushunchalar o‘rtasida katta farq bor. 
Budjet tizimi deganda,
mamlakat hududida amal qiluvchi barcha budjetlar majmui tushuniladi, 
budjet tuzilishi esa, budjet tizimining tashkil etilishi, uni tuzish 
prinsiplari, bu tizim ayrim bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadan iborat. 
Davlatning budjet tuzilishi budjetlarning turlari, ularning har biri 
yo‘nalishi (budjet tizimi), budjetlar ayrim turlari o‘rtasida daromadlar va 
xarajatlar taqsimlanishi, ular funksiyalarining prinsiplari, vakolatli va 
ijroiya hokimiyati markaziy va mahalliy organlarining vakolatlarini 
belgilab beradigan yuridik normalarga asoslanadi. Demak, o‘z 
mazmuniga ko‘ra budjet tuzilishi tushunchasi budjet tizimi tushunchasiga 
nisbatan ancha keng ekan. Bizning Respublikamiz budjet qonunchiligida 
esa, ushbu teng bo‘lmagan tushunchalar o‘rtasida tenglik belgisi 
qo‘yilgan bo‘lib, «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonun 4-moddasidagi ta’rif 
bunga dalil bo‘la oladi. Unga muvofiq budjet tizimi turli darajalardagi 
budjetlar majmui bo‘lib, budjetlarni tuzishni tashkil etish va prinsiplari, 
ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardan iborat. O‘zbekiston Respublika-
sining hozir shakllanish bosqichida turgan budjet qonunchiligini yanada 
takomillashtirish jarayonida ko‘rsatilgan qarama-qarshilikni ko‘rib 
chiqilayotgan ikki noteng tushunchalarni aniq ajratib olish yo‘li bilan 
bartaraf etish zarur. Bu nafaqat nazariy, balki nihoyatda muhim bo‘lgan 
amaliy ahamiyatga ham egadir, chunki budjet tuzilishi tushunchasi davlat 
budjet siyosatining asosiy elementlarini ko‘p jihatdan belgilab beruvchi 
dastlabki nuqtadir. 
Jahon amaliyotida 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin