O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   161
Moliya huquqi

O‘zbekiston Respublikasi 
budjet huquqi davlat budjet qurilishi va budjet tizimi, budjet tizimi 
daromadlari va xarajatlari tuzilmasi, ularning turli darajadagi budjetlar 
o‘rtasida taqsimlanishi, davlat va uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari 
vakolati, budjet jarayoni va budjet nazoratini belgilovchi moliyaviy-
huquqiy normalar majmuidan 
iborat deyish mumkin.
Budjet huquqi O‘zbekiston Respublikasi moliya huquqining asosiy 
bo‘limi bo‘lib, bu davlat budjetining mamlakat moliya tizimining 
markaziy bo‘g‘ini sifatidagi o‘rni bilan belgilanadi.
Budjet huquqi normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy 
munosabatlar 
budjet huquqiy munosabatlaridir
. Ular moliyaviy-huquqiy 
munosabatlarning bir turi sifatida o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 


93
Shuningdek, budjet huquqiy munosabatlari boshqa moliyaviy-huquqiy 
munosabatlardan farq qiladigan ayrim xususiyatlarga ham ega.
Budjet huquqiy munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlari asosan 
budjet huquqi predmeti bilan belgilanadi. Budjet huquqiy munosabat-lari 
davlat moliyaviy faoliyatining alohida sohasida, xususan, davlat budjeti 
mablag‘larini tashkil etish va taqsimlash sohasida yuzaga keladi, 
o‘zgaradi va bekor bo‘ladi. Budjet huquqiy munosabatlarining ushbu 
xususiyati, o‘z navbatida, mazkur munosabatlarning boshqa maxsus 
xususiyatlarida, masalan, subyekt tarkibi va ularning vaqt bo‘yicha 
harakatida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Budjet huquqi subyektlari doirasi cheklangandir, chunki ular sifatida 
faqat davlat pul mablag‘larining markazlashtirilgan jamg‘armasini tashkil 
etish, taqsimlash va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan 
munosabatlarda yuridik majburiyat va huquqlar berilgan moliya 
huquqining subyektlari qatnashishi mumkin. Shu sababli budjet huquqiy 
munosabatlarining har qanday subyekti uchun quyidagi belgilardan biri 
xosdir: ulardan har biri yoki davlat budjetini shakllantirishda, budjet 
jarayoni u yoki bu bosqichida tomon sifatida ishtirok etadi yoki budjet 
tizimi bo‘g‘inlari o‘rtasida daromadlar va xarajatlarni taqsimlashda 
qatnashadi yoxud budjetdan mablag‘ ajratilishi shaklida undan tegishli 
mablag‘larni olish bo‘yicha budjet bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Budjet huquqiy munosabatlarining ayrim subyektlari nafaqat bir 
belgi, balki ikki yoki barcha ko‘rsatilgan belgilarga ega bo‘lishi mumkin. 
Misol: Moliya vazirligi budjet huquqiy munosabatlari subyekti sifatida 
mamlakat davlat budjeti loyihasini shakllantirishda hamda uning 
daromadari va xarajatlarini boshqarishda ishtirok etadi («Budjet tizimi 
to‘g‘risida»gi qonunning, 27, 28, 30, 36-moddalari), ya’ni u birdaniga 
ikki belgiga ega.
Nodavlat notijorat korxonalari va tashkilotlari hamda fuqarolar 
(garchi davlat budjeti daromadlari asosan ularning pul mablag‘lari bir 
qismi hisobiga shakllantirilsada) budjet huquqiy munosabatlarining 
subyektlari bo‘la olmaydilar. Bu shu narsa bilan bog‘liqki, ko‘rsatilgan 
korxonalar va tashkilotlar hamda fuqarolar budjet munosabatlari sohasida 
tegishli vakolatlarga ega emas. Shu sababli ular daromadlar va 
xarajatlarni budjet tizimi bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlashda, budjet 
jarayoni bosqichlarida ishtirok eta olmaydi, budjetdan bevosita 
mablag‘lar olish huquqiga ega emas, ya’ni ularda budjet huquqiy 
munosabatlari subyektlari uchun xos bo‘lgan belgilar yo‘q. Ularning 


94
budjet bilan o‘zaro munosabatlari soliqlar va soliqsiz to‘lovlar shaklida 
amalga oshirilib, moliya huquqining boshqa institutlari (soliq huquqi, 
davlat krediti va boshq.) bilan tartibga solinadi.
Budjet huquqi subyektlari jumlasiga:
1) davlat va uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari;
2) davlat hokimiyati va barcha darajadagi boshqaruv organlari;
3) davlat va mahalliy korxonalar, tashkilotlar va muassasalar 
kiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin