budjet tizimi birligi
prinsipini
amalga oshirishning muhim kafolati bo‘lib, u mustaqil prinsip hisob-
lanmaydi.
Budjet tizimi birligi hamma vaqt barcha darajalardagi budjetlarning
o‘zaro harakatiga asoslanib, tartibga soluvchi manbalardan foydalanish,
maqsadli va mintaqaviy budjet jamg‘armalarini tashkil etish va ularni
qayta taqsimlash orqali amalga oshiriladi. Shu sababli O‘zbekiston
103
Respublikasi budjet tizimining mustaqil prinsipi sifatida o‘z mohiyat-
e’tibori bilan
budjet tizimi birligi
prinsipi mazmuni elementlaridan biri
bo‘lgan turli darajalardagi budjetlarning o‘zaro aloqasini ajratish to‘g‘ri
bo‘lmasa kerak.
O‘zbekiston Respublikasi «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunida
mustahkamlangan
barcha darajalardagi budjetlar mustaqilligi
prinsipi
yetarlicha obyektiv asosga ega emas. Bu yerda gap shundaki, O‘zbekiston
budjet tizimining bo‘g‘inlari to‘liq mustaqil bo‘la olmaydi, chunki
mamlakat Konstitutsiyasida mustahkamlab berilgan budjet tuzilishi
barcha budjetlarning yagona davlat budjetida birlashuvini nazarda tutadi.
Budjet tizimi bunday darajadagi mahalliy budjetlarining o‘z
daromadlari manbalaridan foydalanish va xarajat qilish yo‘nalishlarini
belgilash huquqi ularning mustaqilligi mezoni bo‘la olmaydi. Budjetlar,
ulardan har birining xarajatlarini to‘la qoplaydigan o‘z daromad
manbalariga ega bo‘lgan taqdirdagina, mustaqil bo‘lishi mumkin.
Tartibga soluvchi daromad manbalaridan ajratmalar mahalliy budjetlar-
ning o‘z daromadlari emas. Ular yuqori budjetdan o‘z daromadlari
yetmagan holda budjetni tartibga solish tartibida beriladi va bunda
tartibga soluvchi manbalardan ajratmalarning aniq miqdori har yili
o‘zgaradi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi. Mahalliy budjetlar to‘liq mustaqil bo‘la olmasligi haqida
«Budjet tizimi to‘g‘risida»gi norma ham dalolat beradi, unga asosan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga cheklovlar
nazarda tutilgan (24-modda). Shunday qilib, Qoraqalpog‘iston Respub-
likasi budjeti va mahalliy budjetlarini qabul qilish va ijro etishda:
qonunchilikda nazarda tutilmagan manbalar hisobidan jamg‘armalar
tashkil etish; yuqori budjetlardan budjet ssudalarini olishdan tashqari,
qarzlar olish; boshqa shaxslar foydasiga budjet mablag‘lari hisobidan
moliyaviy kafolatlar va topshiriqnomalar berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Budjetlar mustaqilligi prinsipi Rossiya Federatsiyasi budjet tizimiga
xos bo‘lib, u federal budjet, federatsiya subyektlari budjetlari va mahalliy
budjetlarning alohida ajratilganligi, buning natijasida davlat yagona pul
jamg‘armasini tashkil etish va undan foydalanish asosiy moliyaviy rejasi
hisoblangan Rossiya davlat budjetining mavjud bo‘lishdan to‘xtashidan
iborat obyektiv sabablar bilan bog‘liqdir. Shu boisdan bu prinsip Rossiya
Federatsiyasi Budjet kodeksida to‘la asosli ravishda mustahkamlab berildi
(31-modda).
104
Budjet tuzilishining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy
tuzilishiga muvofiqligi prinsipiga ham ayrim tuzatishlar kiritilishi zarur
deb o‘ylaymiz. «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunda budjet tuzilishiga
ta’rif berilmagan va faqat taxmin qilish mumkinki, bu holda qonun
chiqaruvchi budjet tizimini nazarda tutgandir. Avval qayd etilganidek,
budjet tuzilishi bilan budjet tizimi tushunchalari o‘rtasida katta farqlar
mavjud bo‘lib, shu boisdan «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunda
mustahkamlab berilgan ta’rifdan foydalanish va
budjet tizimining
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi
prinsipi
haqida gapirish mumkin. Bu prinsip budjet tizimi tuzilmaviy
tarkibi to‘liqligini anglatadi va davlatda mavjud bo‘lgan ayni mana shu
budjetlarning amal qilishi asoslanganligini ko‘rsatadi.
Bizning respublikamiz budjet qonunchiligida mustahkamlangan
budjet tizimining juda muhim prinsipi davlat
budjetining balanslanganligi
prinsipi
(muvozanatlashtirilgan bo‘lishi)dir. Bu prinsip shuni anglatadiki,
budjetda nazarda tutilgan xarajatlar hajmi budjet daromadlari va uning
taqchilligini moliyalashtirish manbalaridan kelib tushadigan tushumlar
yig‘indisi hajmiga muvofiq kelishi lozim. Budjet jarayonini amalga
oshirishda davlat vakolatli organlari davlat budjeti taqchilligi miqdorini
eng kam darajaga keltirish zaruratidan kelib chiqishlari shart.
Agar budjetni ijro etish jarayonida taqchillikning chegara doirasidan
oshish yuz bersa yoki budjet daromad manbalaridan tushumlar kamayib
ketsa, jahon amaliyotida xarajatlar
sekvestri
mexanizmi qo‘llaniladi.
Sekvestrning mohiyati shundan iboratki, joriy moliya yilining qolgan
vaqti davomida budjetning barcha moddalari bo‘yicha har oyda davlat
xarajatlari muayyan foizlarga (5, 10, 15 va h.k.) mutanosib ravishda
pasaytirib boriladi. Odatda, sekvestr vakolatli organlar tomonidan
ularning vakolatlari doirasida belgilanadigan ro‘yxatning himoyalangan
moddalariga nisbatan qo‘llanmaydi.
Bir qancha mamlakatlar budjet qonunchiligida, jumladan Rossiya
Federatsiyasi Budjet kodeksida budjet tizimining boshqa prinsiplari ham
mustahkamlangan bo‘lib, ular o‘zining muayyan obyektiv asoslariga
egadir. Bu budjetlarning daromadlari va xarajatlarini to‘liq aks ettirish,
budjetlar oshkoraligi prinsiplaridir. Ular jumlasiga Budjet tizimi darajalari
o‘rtasida daromadlar va xarajatlarni taqsimlash, budjet mablag‘larining
kimga va qanday maqsadga yo‘naltirilishi va boshqa prinsiplar ham
kiradi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Budjet kodeksida nafaqat
105
budjet tizimi prinsiplari ro‘yxati mustahkamlanibgina qolmasdan, ulardan
har birining mazmuni ham berilgan.
Yuqorida ko‘rsatilgan prinsiplar bizning respublikamiz budjet
qonunchiligini yanada takomillashtirish jarayonida hisobga olinishi
mumkin bo‘lgani uchun ularning asosiy mohiyatini ko‘rib chiqamiz.
Budjetlar, davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari va
xarajatlarini to‘la aks ettirish prinsipi
shuni anglatadiki, budjetlar, davlat
budjetdan tashqari jamg‘armalarining barcha daromadlari va xarajatlari
hamda mamlakatning soliq qonunchiligi va budjet qonunchiligi bilan
belgilangan boshqa majburiy tushumlar ularda majburiy tartibda va to‘la
hajmda aks ettirilishi shart. Davlatning barcha xarajatlari budjet
mablag‘lari, budjet tizimida to‘plangan budjetdan tashqari davlat
jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi lozim.
Oshkoralik prinsipi
budjet loyihalari bo‘yicha qarorlarni ko‘rib
chiqish va qabul qilish jarayonlari hamda qabul qilingan budjetlar asosiy
ko‘rsatkichlari va ularning ijrosi ahvoli to‘g‘risidagi axborot, ma’lumotlar
jamiyat uchun majburiy tartibda oshkor etilishini nazarda tutadi.
Budjet tizimi darajalari o‘rtasida daromadlar va xarajatlarni
chegaralash prinsipi
daromadlarning tegishli turlari (to‘liq yoki qisman)
budjet tizimining u yoki bu darajalariga hamda xarajatlarni amalga
oshirish bo‘yicha vakolatlar markaziy organlar va davlat hokimiyati
mahalliy organlariga berilishini anglatadi.
Budjet mablag‘larining kimga va qanday maqsadga yo‘naltirilishi
prinsipi
shundan iboratki, budjet mablag‘lari ularni oluvchilar ixtiyoriga,
ulardan foydalanish aniq maqsadlari ko‘rsatilgan holda, ajratiladi. Budjet
mablag‘larining nazarda tutilgan shaxslarga va budjetda belgilangan
maqsadlarga yo‘naltirilishini buzishga olib keladigan har qanday harakat
budjet qonunchiligini buzish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |