O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Budjet tizimi daromadlari va xarajatlari tarkibi hamda ularni



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   161
Moliya huquqi

Budjet tizimi daromadlari va xarajatlari tarkibi hamda ularni 
budjetlar o‘rtasida taqsimlash. 
Amaldagi budjet qonunchiligiga 
muvofiq barcha daromadlar va xarajatlar davlat budjet tizimi darajalari 
o‘rtasida taqsimlanadi. 
Budjet daromadlari va xarajatlarini taqsimlash 
deganda,
har bir darajadagi budjetga kiritilishi lozim bo‘lgan daromadlar 
va xarajatlar turlari va hajmini belgilash tushuniladi. 
Budjet tizimi daromadlari u yoki bu budjetning daromad qismiga 
amaldagi qonunchilikda belgilangan tartib va miqdorlarda kelib 
tushadigan majburiy to‘lovlardir. Ushbu to‘lovlarning turlari, ularni 
shakllantirish va budjet tizimining tegishli darajalariga kiritish tartibi 


106
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalari 
bilan belgilanadi.
Bizning mamlakatimiz budjet tizimi daromadlari O‘zbekiston 
Respublikasi «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunda nazarda tutilgan
manbalar hisobidan shakllantiriladi. Ularning tarkibida 
soliq va nosoliq 
to‘lovlari 
hamda beg‘araz, 
tekin ajratmalarni 
ko‘rsatish mumkin.
Soliq daromadlariga 
mamlakatimizning soliq va bojxona qonun-
chiligida nazarda tutilgan umumdavlat soliqlari, mahalliy soliq va 
yig‘imlar hamda bojxona bojlari kiradi.
Soliqdan tashqari to‘lovlar 
davlat moliyaviy va boshqa aktivlarini 
joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan tushgan daromadlar
qonunchilikka muvofiq ravishda meros qilib berish, sovg‘a qilish huquqi 
bo‘yicha davlat ixtiyoriga o‘tgan pul mablag‘lari, yuridik shaxslar-
rezidentlar va chet davlatlarga berilgan budjet ssudalarini to‘lash bo‘yicha 
to‘lovlar hamda davlat bojidan iborat. Budjetlarning bu toifadagi 
daromadlariga fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlik 
choralari qo‘llanishi natijasida olingan mablag‘lar, jumladan jarimalar, 
musodara etish, tovon to‘lash va majburiy ravishda undirib olingan 
boshqa summalar ham kiradi.
Budjet daromadlariga jismoniy va yuridik shaxslar, xalqaro 
tashkilotlar va chet davlatlar hukumatlari tomonidan 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin