tartibga soluvchi daromadlari yuqori darajadagi
budjet tizimidan quyi budjetga (respublika budjetidan – viloyat
budjetlariga, viloyat budjetidan – tuman budjetlariga va h.k.) o‘tkazila-
digan mablag‘lardan iborat. Tartibga soluvchi daromadlarga umumdavlat
soliqlari va boshqa to‘lovlar kirib, ular bo‘yicha keyingi moliya yili uchun
mahalliy budjetlarga ajratmalar (foizlarda) normativlari belgilanadi. Bu
normativlar O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimining tartibga soluvchi
daromadlarni beruvchi budjetlar to‘g‘risidagi huquqiy hujjat yoki bizning
davlatimiz budjet tizimining boshqa darajadagi budjetdan unga berilgan
tartibga soluvchi daromadlarni taqsimlaydigan darajadagi budjet
to‘g‘risidagi qaror bilan belgilanadi.
Shunday qilib, tartibga soluvchi daromadlarni har bir quyi budjetga
o‘tkazish uchun yuridik asos bo‘lib yuqori darajadagi budjetni tasdiqlash
to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Masalan, tartibga
soluvchi daromadlardan ajratmalar viloyatlar budjetlariga O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining keyingi moliya yili uchun belgilangan
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining asosiy makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar va parametrlar prognozi to‘g‘risidagi qarori asosida,
tumanlar budjetlariga esa, viloyatlarning Xalq deputatlari Kengashlari
qaroriga asosan o‘tkaziladi.
Amaldagi budjet qonunchiligiga muvofiq yuridik shaxslarga
solinadigan daromad yoki foyda solig‘i, jismoniy shaxslarga solinadigan
daromad solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i tartibga soluvchi
soliqlar sifatida belgilanishi mumkin.
Budjet tizimi xarajatlari kelgusi moliya yilida davlatning o‘z
vazifalari va funksiyalarini bajarishi uchun unga zarur bo‘lgan budjet
mablag‘laridir. Shu munosabat bilan xarajatlar maqsadli yo‘nalishi va
hajmlari davlatning muayyan rivojlanish bosqichida uning oldida turgan
vazifalarga qarab o‘zgarishi mumkin.
«Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonun bo‘yicha budjet xarajatlarining
tarkibiy qismlari ularning
iqtisodiy mazmuniga ko‘ra