112
tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent
shahar budjetlariga umumdavlat soliqlaridan ajratmalarni tartibga solish
rejasi tuzilib, unda quyidagilar belgilanadi:
1) tartibga soluvchi umumdavlat soliqlaridan
respublika budjeti,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
budjetlariga ajratmalar normativlari va summalari;
2) respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyat-
lar va Toshkent shahar budjetlariga biriktirib qo‘yilgan umumdavlat
soliqlari ro‘yxati va hajmi;
3) respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti,
viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga biriktirib qo‘yilgan
mahalliy
soliqlar va yig‘imlar ro‘yxati va hajmi.
O‘z tarkibida boshqa quyi mintaqa budjetiga ega bo‘lgan har bir
mintaqa budjeti uchun tartibga solish rejasi tuziladi. U har yili keyingi
moliya yili uchun budjetlar loyihalari tuzilayotgan
vaqtda ishlab chiqiladi
va moliya yili tugashi bilan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar
va Toshkent shahar budjetlariga tartibga soluvchi umumdavlat soliqlari
ro‘yxati va ulardan ajratmalar ro‘yxatini belgilash to‘g‘risidagi takliflar
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.
Qabul qilingan davlat budjetiga asosan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan Respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga tartibga soluvchi
umumdavlat soliqlari ro‘yxati va ulardan ajratmalar ro‘yxati belgilanadi.
Tartibga soluvchi umumdavlat soliqlaridan respublika (Qoraqalpo-
g‘iston) va viloyatga qarashli tumanlar va shaharlar budjetlariga
ajratmalar normativlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar
va Toshkent shahar budjetlariga soliqlarning o‘zidan
ajratmalar norma-
tivlaridan oshirilmagan miqdorda belgilanadi.
Tartibga soluvchi umumdavlat soliqlaridan shahar tarkibiga kiruvchi
tumanlar budjetlariga ajratmalar normativlari viloyatga qarashli shahar
budjetiga soliqlarning o‘zidan ajratmalar normativlaridan oshirilmagan
miqdorda belgilanadi.
Tartibga soluvchi umumdavlat soliqlaridan
tumanga qarashli shahar-
lar budjetlariga soliqlardan ajratmalar normativlari viloyatga qarashli
tuman budjetiga soliqlarning o‘zidan ajratmalar normativlaridan oshiril-
magan miqdorda belgilanadi.