128
Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
joylardagi ijroiya organlari va Moliya vazirligi vakolatiga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat budjetining ijro
etilishini tashkil qiladi, Moliya vazirligi va davlat boshqaruvi boshqa
organlarining davlat budjetini ijro etish bo‘yicha ishlarini muvofiqlash-
tiradi
va nazorat qiladi, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larini
shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi. Qoraqalpo-
g‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va joylardagi ijroiya organlari
mablag‘larning tegishli budjetlarga to‘liq va o‘z
vaqtida kelib tushishi
hamda ularning belgilangan maqsadlarda xarajat qilinishi ustidan
nazoratni amalga oshiradi.
Respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahal-
liy budjetlarni bevosita ijro etish moliya organlari tizimi (O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya
vazirligi, tegishli hokimiyatlar moliya boshqarmalari va bo‘limlari)
tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya
organlari davlat budjeti va uning tuzilmasiga kiruvchi budjetlarning
qonunchilikda belgilangan parametrlar doirasida ijro etilishi uchun mas’ul
hisoblanadi. Davlat budjeti daromadlari
va xarajatlarini boshqarish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat budjeti ijrosini
ta’minlaydi, respublika budjetini ijro etadi, Qoraqalpog‘iston Respub-
likasi budjeti va mahalliy budjetlarning ijro etilishiga rahbarlik qiladi. Bu
organ davlat budjetida nazarda tutilgan barcha daromadlarning kelib
tushishini ta’minlash hamda budjetdan ajratilgan mablag‘larning qat’iy
belgilangan maqsadlarda oqilona va tejamkorlik bilan ishlatilishi
yuzasidan chora-tadbirlarni tashkil etadi va amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjetining
vazirliklar, idoralar, budjet tashkilotlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar
tomonidan ijro etilishi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va
boshqa banklarning budjet kassa ijrosi
qoidalariga rioya etishi, kapital
qo‘yilmalar va budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga
oshiriladigan boshqa tadbirlarning banklar tomonidan moliyalanishini
nazorat qiladi. Yo‘naltirilgan
sertifikatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish,
berish, ijro etish va hisobini yuritish tartibi hamda turli darajadagi
budjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi buxgalteriya hisobini yuritish tartibini
belgilaydi va h.k.
129
Budjetni ijro etish bo‘yicha funksiyalarini
amalga oshirish uchun
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika vazirliklari va
idoralari, boshqa tashkilotlar,
korxonalar, muassasalardan davlat budjeti
ijrosini nazorat etish uchun tegishli materiallarni olishga haqli.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda mablag‘larni noqonuniy xarajat
qilish faktlari aniqlangan hamda ilgari berilgan mablag‘larning ijrosi
to‘g‘risidagi hisobotlar va belgilangan boshqa hisobotlar taqdim etilma-
gan taqdirda, tegishli vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar rahbarlariga bu haqda xabar berib, ularni budjet hisobidan
moliyalashtirishni cheklash, zarur bo‘lgan
hollarda esa, to‘xtatib qo‘yish
huquqiga ega.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa ma’muriy-hududiy tuzilma-
lar moliya organlari ham davlat budjeti tegishli darajalardagi
budjetlarining ijrosi bo‘yicha xuddi shunday funksiyalarni bajaradi.
Davlat budjetining ijro etilishida soliq va bojxona xizmati organlari
katta rol o‘ynaydi. Soliq organlari soliqlar, majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri
hisoblab yozilishi, ularning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga, Moliya vazirligi
huzuridagi
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘liq va o‘z vaqtida kelib
tushishini nazorat qiladi. Bojxona organlari zimmasiga bojxona
to‘lovlarining to‘g‘ri hisoblab yozilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini
nazorat etish vazifasi yuklatilgan. Nazorat funksiyalarini amalga oshirish
uchun soliq va bojxona xizmati organlariga tegishli vakolatlar berilgan.
Davlat budjetini ijro etishda budjetning kassa ijrosi, ya’ni
Dostları ilə paylaş: