126
ni budjet mablag‘larini oluvchilarga yetkazish bosqichi ayni mana shu
vazifani hal etish uchun qaratilgan.
Budjet jarayonining ko‘rib chiqilayotgan bosqichi muhim elementi
budjet ko‘rsatkichlari va budjetni ijro etish uchun zarur bo‘lgan boshqa
ma’lumotlarni yetkazish muddatlari hisoblanadi. Bunda ular budjet
ko‘rsatkichlarini yetkazish jarayoni rejalashtirilayotgan
moliya yili
boshlanguniga qadar tugallanishi, yangi moliya yilining birinchi kunidan
boshlab budjetni amalda ijro etishga kirishish uchun budjetni tuzish,
ko‘rib chiqish va tasdiqlash muddatlari bilan albatta bog‘langan bo‘lishi
kerak.
Davlat budjetini budjet mablag‘larini oluvchilarga yetkazish tartibi va
muddatlari «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonun (30-modda) va
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalari
(IV-bob)da belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinib, uning parametrlari O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlanganidan keyin
Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar hokimiyatlari
va Toshkent shahar hokimiyati, viloyatlar va Toshkent shahar moliya
boshqarmalariga quyidagilarni ma’lumot uchun yetkazadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar budjetlari va
Toshkent shahar budjeti daromadlari va xarajatlari hajmlari;
respublika budjetidan keyingi moliya yili uchun ularga beriladigan
budjet dotatsiyalari (subvensiyalari) hajmlari, Qoraqalpog‘iston Respub-
likasi budjeti, viloyatlar budjetlari va Toshkent shahar budjeti
zahira
jamg‘armasi miqdori;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar budjetlari va
Toshkent shahar budjeti aylanma kassa miqdorlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar budjetlari va
Toshkent shahar budjetiga tartibga soluvchi umumdavlat soliqlaridan
ajratmalar normativlari.
Bunday axborot, ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining hududiy Moliya bosh boshqarmasi tomonidan uch kunlik
muddat ichida yetkaziladi. Ularga asosan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahar vakillik organlari davlat budjeti qabul
qilinganidan keyin ikki haftalik muddat ichida tegishli budjetlarni qabul
qilishadi.
127
Davlat budjeti daromadlarining tasdiqlangan yillik va choraklik
hajmlari budjet tasnifi bo‘limlari, paragraflari bo‘yicha tegishli
hududlarga bo‘lingan holda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq
qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga
yetkazib beriladi.
Daromadlar kontingenti (hajmi) O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllar bo‘yicha
bir haftalik muddat
ichida yetkaziladi.
Respublika budjeti hisobidan moliyalanadigan budjet mablag‘larini
oluvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
belgilangan shakllar bo‘yicha budjet tasnifiga muvofiq xarajatlar bo‘lim-
lari, boblari, paragraflari, guruhlari, turlari va obyektlari bo‘yicha ular
uchun belgilangan xarajatlar hajmlari o‘n kunlik muddat ichida ma’lum
qilinadi.
Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar bo‘yicha
ular uchun nazarda tutilgan daromadlar va xarajatlar hajmlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni, respublika budjetidan moliyalanadigan budjet mablag‘la-
rini oluvchilar kabi, bir xil muddatda oladilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar budjetlari va
Toshkent shahar budjeti qabul qilinganidan keyin tegishli moliya
organlari bir haftalik muddat ichida joylardagi davlat soliq
xizmati
organlariga – ko‘rsatilgan budjetlar tasdiqlangan daromadlar hajmlarini,
ushbu budjetlardan moliyalanadigan tashkilotlarga esa – ular uchun
belgilangan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmlarini ma’lumot
uchun yetkazadilar. Respublika (Qoraqalpog‘iston) va viloyatlarga
qarashli tumanlar va shaharlar budjetlari, shuningdek, shahar (tumanga
qarashli shaharlar) tarkibiga kiruvi tumanlar budjetlari qabul qilinganidan
keyin budjetlar ko‘rsatkichlari tegishli soliq
organlariga va tegishli
budjetlardan budjetdan ajratilgan mablag‘larni oluvchilarga xuddi
shunday tartib va muddatlarda yetkazib beriladi.
Dostları ilə paylaş: