Davlat jamg‘armasi
tuzildi.
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi budjetdan tashqari maqsadli davlat
jamg‘armasi hisoblanadi, mahalliy va respublika darajalarida tashkil
etiladi va uning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanishning
maqsadli yo‘naltirilganligi saqlab qolingan holda davlat budjeti tarkibida
jamlanadi hamda jamg‘armaning mustaqil balansida aks ettiriladi.
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi mablag‘lari O‘zbekiston Respub-
likasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qora-
qalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish bosh boshqarmalarining budjetdan tashqari maqsadli
maxsus hisob raqamlarida jamlanadi. Bunda korxonalar, muassasalar va
tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda ish beruvchilar deb yuritiladi)
ajratmalari hisobiga tashkil topadigan Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi
mablag‘larining yetmish foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari ixtiyorida
qoladi, keyinchalik tumanlar va shaharlar o‘rtasida taqsimlanadi, o‘ttiz
foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi, tegishli hududiy mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish boshqarmalarining to‘lov topshiriqnomalari bilan pul o‘tkazish
yo‘li bilan respublika darajasida markazlashtiriladi.
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasining asosiy vazifalari quyidagicha:
– ishsizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan davlat kafolatlarini
amalga oshirish;
– mehnat bo‘limlari ta’minotini moliyalashtirish;
– tijorat banklarida kredit liniyalari ochish yo‘li bilan ish o‘rinlarini
saqlab qolish va yangi ish o‘rinlari tashkil etish uchun kreditlar berish;
– fuqarolarni ishga joylashtirish, mehnat, aholini ish bilan ta’minlash
va ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bo‘yicha normativ hujjatlarni
ishlab chiqish, sosiologik kuzatuvlar o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni
mablag‘ bilan ta’minlash.
147
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi mablag‘larini tashkil etish va undan
foydalanish to‘g‘risidagi nizomga binoan mazkur jamg‘arma quyida-
gilardan tashkil topadi:
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mehnatga haq to‘lash
jamg‘armalaridan ushbu xarajatlarning mahsulot tannarxi nisbatiga qarab
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan
majburiy ajratiladigan mablag‘lar;
respublika budjeti va mahalliy budjetlardan tegishli budjetlarni
shakllantirish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
hamda joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan
miqdorlarda ajratiladigan mablag‘lardan dotatsiyalar;
qonunchilikda nazarda tutilgan talablarni buzganlik uchun
mahalliy mehnat organlari tomonidan qo‘llanadigan moliyaviy sanksiya-
lar va hisoblab yozilgan penyalar summasi;
shartnoma asosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Ish
bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi mablag‘laridan
qo‘shimcha va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish uchun foydalanishdan
tushgan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el jismoniy va
yuridik shaxslardan tushgan ixtiyoriy badallar.
Quyidagilar «Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi»ga ajratmalar
to‘lashdan ozod etiladilar:
nogironlar jamoat tashkilotlariga qarashli o‘quv-ishlab chiqarish va
ishlab chiqarish korxonalari;
protez-ortopediya buyumlari ishlab chiqarishga, nogironlarga
protez qo‘yish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan korxo-
nalar;
tarbiya va ta’lim muassasalari huzuridagi o‘quv-ishlab chiqarish
ustaxonalari va o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari;
budjet ta’minotidagi teatr-tomosha tashkilotlari.
Jamg‘arma mablag‘larini xarajat qilish yo‘nalishlari respublika,
hududiy va boshqa aholini band qilish maxsus dasturlarida belgilanadi.
Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun
foydalanilishi mumkin:
mehnat organlarida ishsizlik maqomi olgan va ish qidiruvchi
sifatida ro‘yxatda turgan shaxslarni kasbga tayyorlash, ularning mala-
kasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini mablag‘ bilan ta’minlash;
148
ishsizlik bo‘yicha nafaqalar, mehnat organlarining taklifiga binoan
ishlash uchun boshqa joyga ixtiyoriy ravishda ko‘chib o‘tish uchun
kompensasiyalar to‘lash va qonun hujjatlariga muvofiq ishsizlarga
moddiy yordam berish;
nogironlar va fuqarolarning ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan
boshqa toifalari mehnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ish
o‘rinlari (ishlab chiqarishlar) tashkil etish tadbirlarini mablag‘ bilan
qisman ta’minlash;
mehnat organlari ta’minoti, barcha darajalardagi mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish organlarini (tuman va shahar ijtimoiy ta’minot
bo‘limlaridan tashqari) joylashtirish uchun binolar qurish va ularni
rekonstruksiya qilish, ularni moddiy-texnikaviy ta’minlash, kompyuterlar,
nusxa ko‘chirish va boshqa zarur texnika bilan jihozlash;
ish bilan band bo‘lmagan aholiga yordam ko‘rsatish, shu jumladan
ishga joylashtirishga ko‘maklashish va maslahat xizmatlari ko‘rsatish
bilan bog‘liq xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash;
ishchi kuchi eksport qilish masalalari bo‘yicha xalqaro loyiha va
shartnomalarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasining chet
ellarga ishga yuborilgan fuqarolarini ishga joylashtirishni tashkil etish,
ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarni mablag‘
bilan ta’minlash va boshq.
Qonunchilikda nazarda tutilgan ayrim hollarda ish bilan ta’minlashga
ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi mablag‘lari boshqa maqsadlar
uchun ham foydalanilishi mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida
haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish to‘g‘risida nizomda ushbu
jamg‘arma mablag‘lari hisobidan haq to‘lanadigan jamoat ishlarini
qisman moliyalashtirish uchun ayrim mintaqalar hududida shaxslarni
ishga joylashtirish noqulay bo‘lgan vaziyatlarda korxonalarga dotatsiyalar
ajratilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Bandlikka yordam ko‘rsatish
davlat jamg‘armasidan tuman (shahar) mehnat birjalariga mablag‘lar
ajratish shahar (tuman) bandlik dasturlariga muvofiq ravishda amalga
oshiriladi.
Ish beruvchilarning «Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi»ga majburiy
ajratmalari to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan nazorat O‘zbekiston
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, uning
joylardagi organlari va soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanilishini
nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy
149
muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan, zarur hollarda,
auditorlar va auditorlik firmalarini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan
tashqari Pensiya jamg‘armasi ijtimoiy ta’minot tizimida davlat kafo-
latlarini amalga oshirishga yo‘naltiriladigan maqsadli moliyaviy
resurslarni jamlaydi. Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari mablag‘-
larni shakllantirish va sarflashning maqsadli yo‘naltirilganligi saqlab
qolingan holda O‘zbekiston Respublikasining yig‘ma budjeti tarkibiga
kiritiladi va jamg‘arma balansida aks ettiriladi.
Pensiya jamg‘armasi huquqiy maqomining asoslari O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Budjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasini boshqarishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2004-
yil 21-oktabr qarori bilan belgilangan. Ushbu normativ akt orqali Pensiya
jamg‘armasining asosiy vazifalari, uni shakllantirish manbalari, O‘zbe-
kiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi
to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.
Majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlardan tushgan mab-
lag‘larni jamlash yo‘li bilan ijtimoiy ta’minot tizimida davlat kafolatlarini
amalga oshirish, shuningdek mablag‘larning pensiyalar, nafaqalar va
kompensasiyalarni to‘lashga maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazo-
ratni kuchaytirish Pensiya jamg‘armasi faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
Ushbu jamg‘armaning asosiy vazifalari quyidagicha: fuqarolarning
ijtimoiy ta’minotga va ijtimoiy sug‘urtaga bo‘lgan davlat tomonidan
kafolatlangan huquqlarini amalga oshirish; respublikada pensiya
ta’minotini yanada takomillashtirish; majburiy ajratmalar, badallar va
boshqa to‘lovlarni jamg‘armaning budjetdan tashqari maxsus hisob
raqamida markazlashtirilgan tartibda jamlash; pensiyalar, nafaqalar va
kompensasiyalarni to‘lashga xarajatlarni moliyalashtirish; jamg‘arma
mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazoratni
ta’minlash; jamg‘arma mablag‘larini ko‘paytirishni tashkil etish; davlat
ijtimoiy sug‘urtasi sohasida xalqaro aloqalarni amalga oshirish, chet el
tajribasini o‘rganish va undan foydalanish.
Pensiya jamg‘arma daromadlari quyidagi manbalar hisobiga shakl-
lantiriladi:
a) majburiy ajratmalar va badallar:
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik shaxslarning
mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov tushumlarining
belgilangan miqdori;
150
alohida yuridik shaxslarning ijtimoiy sug‘urta badallari;
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ul-
lanuvchi jismoniy shaxslarning ijtimoiy sug‘urta badallari;
fuqarolarning ish haqidan sug‘urta badallari;
qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i chiqarib tashlangan holda
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning tovarlar sotish (ishlar,
xizmatlar ko‘rsatish) hajmidan ajratmalari, shuningdek kommunal
xo‘jalik tizimi korxonalari uchun faoliyat xususiyatiga ko‘ra issiqlik
energiyasi, suv va tabiiy gazning xarid qiymati hajmlari chiqarib
tashlangan holda. Bunda uzoq muddatli aktivlar va o‘zi foydalanadigan
boshqa mol-mulkni sotish majburiy mablag‘ ajratish obyektiga
kiritilmaydi.
b) boshqa to‘lovlar:
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbe-
kiston Respublikasi qonunining 15-moddasiga muvofiq tayinlangan
mehnatda mayib bo‘lganlik yoki kasb kasalligi oqibatida nogiron
bo‘lganlarga pensiya to‘lash xarajatlarini qoplash uchun regressiv talablar
(da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolardan undiriladigan
mablag‘lar;
ushbu qonun 14-moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlan-
gan pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligining Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi
mablag‘lari;
qonunning 12-moddasiga muvofiq tayinlangan imtiyozli pen-
siyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan korxonalar,
muassasalar va tashkilotlar mablag‘lari;
dehqon xo‘jaliklari a’zolarining ixtiyoriy ravishda to‘lanadigan
sug‘urta badallari;
hisoblangan jarimalar summalarining bir qismi, qonun hujjatlariga
muvofiq soliq organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga undiriladigan
summalardan tashqari, majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlar
o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penyalar;
korxona tugatilganda, qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat
xo‘jaligi), fermer va dehqon xo‘jaligi qayta tashkil etilganda yoki
tugatilganda, mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib
bo‘lgan, kasb kasalligiga uchragan yoki sog‘lig‘iga boshqacha shikast
yetkazilgan xodimga zararni qoplash uchun to‘lanadigan summalar;
151
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan
ixtiyoriy badallar mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar va kreditlar.
Majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlarni o‘tkazish
jamg‘armaning banklarda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
daromadlarining belgilangan tasniflariga muvofiq tushumlarning har bir
turi bo‘yicha ochilgan tegishli tranzit hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
Yagona ijtimoiy to‘lov yuridik shaxslar tomonidan tegishli tuman
(shahar) soliq organlari uchun xizmat ko‘rsatuvchi banklarda ochilgan
tranzit hisob raqamlariga hisoblangan summaning to‘liq miqdorida
o‘tkaziladi. Tushgan mablag‘lar har kuni xizmat ko‘rsatuvchi banklar
tomonidan belgilangan normativlar bo‘yicha taqsimlanadi va tegishli
ravishda Jamg‘arma, Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi,
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi hisob
raqamlariga yoziladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan boshqa
majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlar ularga xizmat ko‘rsa-
tadigan tijorat banklari orqali tuman (shahar) soliq organlariga xizmat
ko‘rsatadigan banklarda ochilgan jamg‘armaning tranzit hisob
raqamlariga belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Tuman (shahar) soliq organlari uchun ochilgan tranzit hisob
raqamlariga tushgan mablag‘lar har kuni, ish kuni oxirida tijorat banklari
tomonidan Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahar bosh boshqarmalarida ochilgan jamg‘armaning tranzit
hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahar bosh boshqarmalaridagi jamg‘armaning tranzit hisob
raqamlariga tushgan mablag‘lar shu kunning o‘zida ushbu banklar
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankida ochilgan yagona yig‘ma hisob raqamiga avtomatik
rejimda o‘tkaziladi.
Jamg‘arma mablag‘lari:
a) ishlamaydigan fuqarolarga: ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan
tayinlanadigan pensiyalar; bolalikdan nogironlarga, davlat pensiya
ta’minoti olish huquqiga ega bo‘lmagan keksa va mehnatga layoqatsiz
152
fuqarolarga nafaqalar; qonun hujjatlariga muvofiq jamg‘arma
mablag‘laridan moliyalashtiriladigan boshqa kompensasiya to‘lovlari
to‘lash uchun;
b) ishlaydigan fuqarolarga: ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan
tayinlanadigan pensiyalar; vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari;
homiladorlik va tug‘ish nafaqalari; bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalar;
dafn marosimi nafaqalari; 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaning ota-
onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda bir qo‘shimcha dam olish
kuni uchun to‘lovlar; qonun hujjatlariga muvofiq jamg‘arma
mablag‘laridan moliyalashtiriladigan boshqa kompensasiya to‘lovlari
uchun sarflanadi.
Ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga pensiyalar, nafaqalar va
kompensasiya to‘lovlarini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respub-
likasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning
joylardagi organlari tomonidan alohida hisob raqamlari ochiladi.
Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar, badallar va boshqa
to‘lovlarning hisoblanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javobgarlik
yuridik shaxslarga yuklanadi, ular:
Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda
majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi
va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlashga;
ish joyi bo‘yicha to‘lanadigan Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari
sarfi uchun javob berishga;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat soliq xizmati
organlari xodimlarini Pensiya jamg‘armasiga to‘lovlar va majburiy
ajratmalar hisoblanishi va to‘lanishining to‘g‘riligini tekshirish uchun
qo‘yishga, ularning talabiga ko‘ra ushbu to‘lovlar va majburiy
ajratmalarning hisoblanishi va to‘lanishi bilan bog‘liq zarur hujjatlar va
ma’lumotlarni taqdim etishga majburdirlar.
Pensiyalar, nafaqalar va kompensasiyalarni to‘laydigan korxonalar,
tashkilotlar va muassasalar Pensiya jamg‘armasi mablag‘larining o‘z
vaqtida va maqsadli to‘lanishi uchun javob beradilar.
Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallarni mustaqil to‘laydigan yuridik va
jismoniy shaxslar Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar, badallar va
boshqa to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun
javob beradilar.
153
Pensiyalar, nafaqalar va kompensasiyalarni to‘lashda Pensiya
jamg‘armasi mablag‘larining to‘g‘ri hisoblanishi, to‘lanishi va foydala-
nilishini nazorat qilish yuridik shaxslarning rahbarlari va bosh
buxgalterlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan
majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlarning to‘g‘ri hisob-kitob
qilinishi, to‘liqligi va o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish davlat soliq
xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va uning hududiy
organlari quyidagilarni amalga oshiradi:
jamg‘armaga majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlarni
to‘lovchilar bo‘yicha hisobga olib borish;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan «Pensiya jamg‘armasi»ga
majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlarning to‘g‘ri hisobla-
nishini, shuningdek «Pensiya jamg‘armasi» bilan o‘zaro hisob-
kitoblarning holatini tekshirish;
majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlarni hisoblash
tartibini va to‘lash muddatlarini buzganlik uchun yuridik va jismoniy
shaxlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy va ma’muriy
javobgarlik choralarini qo‘llash;
badallarni har bir shaxs bo‘yicha hisobga olish hamda mehnat
daftarchalari yuritish uchun har chorakda tegishli ijtimoiy ta’minot
bo‘limlariga yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi shaxslar hamda dehqon xo‘jaliklari a’zolari tomonidan
to‘langan badallar miqdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish.
Dostları ilə paylaş: |