3. «Budjetdan tashqari jamg‘armalar» tushunchasi
va uning huquqiy mohiyati
Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli jamg‘armalari to‘planib,
qonunchilikda ularning har biri uchun mablag‘lar manbalari, har bir
manbadan kelib tushadigan mablag‘lar normalari va shartlari hamda
mablag‘lar ishlatilishi mumkin bo‘lgan maqsadlar belgilangan. Davlat
maqsadli jamg‘armalariga: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi
Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining maxsus hisobvarag‘i, Ish
bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi, O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya
jamg‘armasi kiradi.
Davlat maqsadli jamg‘armalarini tuzish, jamg‘armalar mablag‘larini
shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi («Budjet tizimi to‘g‘risida»gi
qonun 9, 20-moddalari).
140
O‘zbekiston Respublikasining «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi
1992-yil 3-iyul qonuni 10-moddasiga muvofiq yo‘llarni moliyalash-
tirishga doir ishlar (umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarni loyiha-
lash, qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash) yo‘llar jamg‘armala-
rining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika
yo‘l jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Umumiy
foydalaniladigan avtomobil yo‘llari qurish va ulardan foydalanishni
boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2003-yil 19-avgust
farmoniga binoan tashkil etilgan. Uning asosiy vazifalari etib quyidagilar
belgilangan:
– Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘ tushumlari hamda sarf-
xarajatlarining yillik va kvartal balanslarini shakllantirish;
– umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llaridan foydalanish va
ularni saqlash smeta xarajatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
– umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari qurish, rekonstruksiya
qilish, ta’mirlash, jihozlash hamda ulardan foydalanish borasidagi
tadbirlarni tasdiqlangan xarajatlarga muvofiq moliyalash, jamg‘arma
mablag‘laridan foydalanishning qonuniyligi va maqsadga muvofiqligi
ustidan nazoratni amalga oshirish.
Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va xarajat
qilish maxsus normativ akt bilan tartibga solinadi. Mazkur aktga binoan
Respublika yo‘l jamg‘armasining daromadlari:
korxonalar, xo‘jaliklar, tashkilotlarning majburiy ajratmalaridan;
yig‘imlardan;
«O‘zavtoyo‘l» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari va
tashkilotlari mol-mulkini sotishdan budjetga tushishi kerak bo‘lgan
mablag‘lar umumiy summasining 50 foizi hisobiga shakllantiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan
boshqa manbalar, shu jumladan ixtiyoriy badallar, xorijiy investitsiyalar
va kreditlar mablag‘lari hisobiga shakllantiriladi.
Yuridik shaxslar – asosiy faoliyati tovarlar ishlab chiqarish va sotish,
ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalar,
tashkilotlar va boshqa xo‘jalik subyektlari mablag‘ to‘lovchilar
hisoblanadi. Ko‘pgina to‘lovchilar ba’zi mustasno holatlardan tashqari,
qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i chiqarib tashlangan holda
mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotish hajmidan majburiy ajratmalarni amalga
oshiradilar.
141
Bunday mustasno holatlar kommunal xo‘jaligi tizimi korxonalari,
tayyorlov, ta’minot-sotish tashkilotlari, savdo va umumiy ovqatlanish
korxonalari, banklar (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan
tashqari), sug‘urta tashkilotlari, qurilish, ilmiy tadqiqot tashkilotlari,
avtotransport korxonalariga tegishlidir. Masalan, kommunal xo‘jaligi
tizimi korxonalari tomonidan mablag‘lardan majburiy ajratmalar – sotib
olish qiymatini chegirgan holda mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish
hajmidan; tayyorlov, ta’minot-sotish tashkilotlari, savdo va umumiy
ovqatlanish korxonalari tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘i chiqarib
tashlangan holda tovar aylanmasidan; avtotransport korxonalari
tomonidan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish hajmidan, qo‘shilgan
qiymat solig‘i chiqarib tashlangan holda, majburiy ajratmalarni amalga
oshiradilar.
Respublika yo‘l jamg‘armasi daromadlari quyidagi ikki tur
yig‘imlardan shakllanadi:
a) sotib olish, almashtirish, hadya, ustav sarmoyasiga olish yoki
dividendlar va foizlar sifatida olish yo‘li bilan xarid qilingan, shuningdek
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa bitishuvlar va avtotransport
vositalarini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida
ro‘yxatdan o‘tkazishda ushbu vositalarning egalari (foydalanuvchilari)
tomonidan hamda vaqtincha olib kiriladigan avtotransport vositalari
qiymatidan to‘lanadigan yig‘imlar hisobiga shakllantiriladi;
b) xorijiy davlatlarning avtotransport vositalarining O‘zbekiston
Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi va tranziti uchun yig‘imlar –
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir
avtotashuvchi uchun belgilangan miqdorlarda.
Jamg‘armaga majburiy ajratmalar va yig‘imlarni to‘lash tartibi va
stavkalar miqdori davlat budjeti tasdiqlanishi bilan bir vaqtda har yili
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi va O‘zbe-
kiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan mablag‘ to‘lov-
chilarga yetkaziladi.
Ajratmalar soliq solish obyektidan va tasdiqlangan stavkadan kelib
chiqib har oyda hisoblab chiqiladi.
Ajratmalarning hisob-kitobi o‘sib boruvchi yakun bilan to‘lovchi
ro‘yxatdan o‘tkazilgan joy bo‘yicha davlat soliq xizmati organlariga:
yagona soliq to‘lovi to‘lamaydigan mikrofirmalar va kichik
korxonalar tomonidan – yilning har choragida hisobot choragidan keyingi
oyning 25-kunidan kechikmay;
142
mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga tegishli bo‘lmagan
to‘lovchilar tomonidan – hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan
kechikmay taqdim etiladi.
Ajratmalar hisobot oyidan keyingi oyning 20-kunidan kechikmay
to‘lanadi. Majburiy ajratmalarning ortiqcha to‘langan summasi bo‘lg‘usi
to‘lovlar hisobiga o‘tkaziladi yoki soliq organlarining ortiqcha to‘lov
mavjudligi to‘g‘risidagi xulosasiga ko‘ra soliq to‘lovchining yozma
arizasi olingan kundan boshlab 30 kun muddatda Respublika yo‘l
jamg‘armasi tomonidan soliq to‘lovchiga qaytariladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tarkibiga kiradigan, yuridik shaxslar
bo‘lmagan tarkibiy bo‘linmalar jamg‘armaga ajratmalarni tuman
(shahar)lar soliq inspeksiyalarining tranzit hisob raqamlariga o‘tkazadilar,
ularga budjetga va budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lovlar
bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etadilar.
Amaldagi qonunchilikka binoan Respublika yo‘l jamg‘armasiga
majburiy to‘lovlardan quyidagilar ozod qilinadi:
– davlat budjetidagi tashkilotlar va muassasalar (shu jumladan
faoliyat ixtisosligi bo‘yicha ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan,
foydalanilmayotgan binolarni ijaraga berishdan olingan daromadlar
bo‘yicha, homiylik yordamidan, pulli-kontrakt asosida o‘qitish uchun
tushumdan);
– budjetdan dotatsiya oluvchi tomosha ko‘rsatish bilan bog‘liq
korxonalar, sanatoriylar, dam olish uylari va pansionatlar;
– yo‘l xo‘jaligi tashkilotlari – umumiy foydalanishdagi avtomobil
yo‘llarini saqlash, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish bo‘yicha
ishlarni bajarishdan olinadigan daromadlar bo‘yicha;
– O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respub-
likasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloqni qishloq xo‘jaligi texnikasi
bilan ta’minlashni davlat tomonidan rag‘batlantirish jamg‘armasi;
– davlat tashkilotlarini boshqarish respublika va mahalliy organlari,
nodavlat notijorat tashkilotlar tijorat va xo‘jalik faoliyati bo‘lmagan
faoliyatdan olingan daromadlar va tushumlar bo‘yicha;
– O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar
vazirligining korxonalari va tashkilotlari, ularga bo‘ysunuvchi xo‘jalik
hisobidagi xo‘jalik tashkilotlari bundan mustasno.
Quyidagi avtomobil transporti korxonalari jamg‘armaga majburiy
ajratmalar to‘lashdan ozod etiladi:
davlat budjetidagi avtokorxonalar;
143
korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar – umumiy foydalanishdagi
avtomobil yo‘llarini saqlash, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish
bo‘yicha ishlarni bajarishdan olinadigan daromadlar bo‘yicha.
Quyidagilar sotib olingan avtotransport vositalari qiymatidan yig‘im
to‘lashdan ozod qilinadi:
motoaravalarga va avtomobillarga ega bo‘lgan va ularni sotib
olgan barcha guruhlarga tegishli bo‘lgan nogironlar;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, ta’mirlash,
rekonstruksiya qilish va qurishni amalga oshiruvchi yo‘l xo‘jaligi pudrat
ta’mirlash - foydalanish korxonalari;
homiylik (beg‘araz) yordami sifatida avtomobil olgan yuridik
shaxslar – bolalar uylari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, keksalar
va kichik yoshdagi nogironlar uchun internat-uylar, shuningdek davlat
budjetidan ta’minlanadigan tibbiyot muassasalari.
Majburiy ajratmalar va yig‘imlar to‘g‘ri hisoblab chiqilishi va o‘z
vaqtida to‘lanishi uchun javobgarlik to‘lovchilar zimmasiga yuklanadi,
ular:
qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda yig‘imlar va
to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab chiqilishi va o‘z vaqtida to‘lanishini
ta’minlashga;
to‘lov hujjatlarida yig‘im va ajratma turini ko‘rsatishga;
to‘langan yig‘imlar va majburiy ajratmalar summasi hisobini
yuritishga;
jamg‘armaga yig‘imlar va majburiy to‘lovlar to‘g‘ri hisoblab
chiqilishini va to‘lanishini tekshirish uchun davlat soliq xizmati organlari
xodimlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘yishga, ularning
talabiga ko‘ra ushbu yig‘imlar va majburiy ajratmalarni hisoblab chiqish
va to‘lash bilan bog‘liq zarur hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishga
majburdirlar.
Jamg‘armaga majburiy ajratmalar va yig‘imlar to‘g‘ri hisob-kitob
qilinishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazorat qonun
hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va
Davlat bojxona qo‘mitasi hamda ularning joylardagi organlari tomonidan
amalga oshiriladi.
Davlat mulkini tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirishdan tushgan
mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi markazlashtirilgan budjetining bir
qismi hisoblanadi va ular
Dostları ilə paylaş: |