O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Davlat krediti sohasidagi huquqiy munosabatlarning o‘ziga xos



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   161
Moliya huquqi

Davlat krediti sohasidagi huquqiy munosabatlarning o‘ziga xos 
xususiyatlari. 
Davlat krediti bo‘yicha yuzaga keladigan huquqiy 
munosabat-lar har qanday moliyaviy-huquqiy munosabatlarga xos 
bo‘lgan barcha belgilarga egadir. Bu, xususan, ularning obyektiga, davlat 


166
yoki u tomonidan vakolat berilgan organning ushbu munosabatlar 
majburiy subyekti sifatida mavjud bo‘lishiga, davlat krediti sohasidagi 
huquqiy munosabatlarning davlat-hokimiyat xususiyatiga tegishlidir. Shu 
bilan birga, ular muayyan xususiyatlarga ham ega.
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar, ma’lumki, mulkiy xususiyatga ega, 
chunki ular pul mablag‘lari sababli yuzaga keladi. Biroq davlat krediti 
bo‘yicha ushbu munosabatlar obyekti har qanday pul mablag‘lari emas, 
balki yuridik va jismoniy shaxslarning faqat 
vaqtincha 
bo‘sh turgan 
mablag‘lari bo‘lishi mumkin.
Jismoniy shaxslarda bo‘sh turgan pul mablag‘lari hosil bo‘lishi shartli 
bo‘lib, bunga sabab, masalan, mehnat faoliyatidan daromadlarni olish 
teng bo‘lmaganligi, ko‘rilgan zararni qoplash, meros pullari hamda 
qimmatbaho narsalarni sotib olish uchun olib qo‘yilgan summalar bo‘lishi 
mumkin. Yuridik shaxslarda vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘lari hosil 
bo‘lishiga boshqa sabablar ham bo‘lishi mumkin, xususan, bu – ishlab 
chiqarish faoliyatining vaqtinchalik xususiyati. Yirik investitsion 
loyihalarni olib borishning teng bo‘lmagan xususiyati va h.k. 
Davlat ichki qarzlarining shakllantirilishi, ishlashi va so‘ndirilishi 
bo‘yicha huquqiy munosabatlar davlat-hokimiyat xususiyatiga ega bo‘lib, 
ular kreditning boshqa shakllaridan foydalanish jarayonida tarkib 
topadigan munosabatlardan farq qiladi. Mazkur munosabatlarda davlat 
qarzdor sifatida qatnashib, bir tomonlama tartibda qarz shartlarini: 
ularning turlari, muddati, daromad miqdori va ularni to‘lash tartibi, ularni 
tugatish va o‘zgartirish asoslarini belgilashga haqli. 
Yuridik va jismoniy shaxslar davlat krediti bo‘yicha munosabatlarga 
ixtiyoriy ravishda kirishib, qarzga mablag‘lar beradi va majburiyatli 
tomon bo‘ladi, ya’ni ular barcha qarz majburiyatlarini bajarishi shart. 
Davlat krediti sohasidagi huquqiy munosabatlar bank kreditini tashkil 
etish jarayonida tarkib topadigan, shuningdek, fuqarolik huquqi 
me’yorlari bilan tartibga solinadigan qarz shartnomasi asosida yuzaga 
keladigan munosabatlardan farq qiladi. Bank krediti bo‘yicha hamda qarz 
shartnomasi bo‘yicha yuzaga keladigan munosabatlarda tomonlar teng 
huquqlidir va shu sababli tomonlardan birortasi ham kredit munosabatlari 
bo‘yicha ikkinchi tomonga o‘z shartlarini qo‘yishga haqli emas.
Davlat krediti sohasida nafaqat davlat qarz majburiyatlari bo‘yicha 
(qarzdor bilan davlat va kreditorlar o‘rtasida) munosabatlar, balki davlat 
qarzi ishlashiga vositachilik qiluvchi huquqiy munosabatlar ham yuzaga 
keladi. Ular jumlasiga quyidagi huquqiy munosabatlar kiradi: 


167
– Hukumat bilan Markaziy bank o‘rtasida kelgusi moliya yilida 
kreditlashning ichki va tashqi manbalaridan qarz olish rejalari to‘g‘risida 
maslahatlashish vaqtida vujudga keladigan huquqiy munosabatlar va 
bunday qarz doirasida to‘lanadigan summalarni berish rejalari, 
shuningdek kredit berishning taklif etilayotgan muddatlari va shartlari 
ham kiritiladi (Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunning 45-moddasi); 
– O‘zbekiston Respublikasi davlat qarz majburiyatlarini chiqarish 
shartlari, davlat zayomlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish va ularni 
muomalaga chiqarish tartibini belgilash, shuningdek, Moliya vazirligining 
O‘zbekiston Respublikasi va uning davlat organlari tomonidan olinadigan 
barcha qarzlari to‘g‘risida Markaziy bankka xabar berishi bo‘yicha 
majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yuzasidan 
Moliya vazirligi bilan Markaziy bank o‘rtasida yuzaga keladigan huquqiy 
munosabatlar. Markaziy bank davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish 
hajmi va davlat qarzini so‘ndirish grafigi masalalari bo‘yicha, ularning 
bank tizimi likvidliligi va monetar siyosat ustuvorligiga ta’sirini hisobga 
olgan holda, Moliya vazirligiga maslahat beradi; 
– davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bozorida dilerlik (vositachilik) 
funksiyalarini bajarish uchun shartnomalar tuzish, shuningdek, davlat 
zayomlari obligatsiyalarini joylashtirish va muomalaga chiqarish bilan 
bog‘liq bo‘lgan tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish vaqtida Markaziy bank 
bilan tashkilotlar o‘rtasida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar va h.k. 
Bozor munosabatlarini rivojlantirish davlat krediti bo‘yicha huquqiy 
munosabatlarning subyektiv tarkibi va mazmuniga jiddiy o‘zgartirishlar 
kirityapti. Ushbu huquqiy munosabatlar xususiyatiga mazkur 
munosabatlarning tijorat banklari, investitsiya jamg‘armalari, fond birjasi 
kabi yangi subyektlarining paydo bo‘lishi katta ta’sir ko‘rsatmoqda.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin