O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   161
Moliya huquqi

Davlatning markazlashtirilmagan daromadlariga 
davlat korxona-
larining daromadlari kirib, bu daromadlar qonunchilikda belgilangan 
tartibda korxonalar ixtiyoriga kelib tushadi va ular tomonidan mustaqil 
ravishda ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlar uchun foydalaniladi. 
Ushbu daromadlar, garchi davlat mulki yoki mahalliy mulk bo‘lsa-da, 
ular davlat korxonalariga biriktirib qo‘yilgan bo‘lib, xo‘jalik yuritish yoki 
operativ boshqarish huquqi bilan ularga tegishlidir. Soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlarni to‘lagandan keyin korxonalar olingan foyda va 
ularning ixtiyorida bo‘lgan boshqa daromadlarni mustaqil ravishda 
tasarruf etishadi.
Korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yo‘nalishlarini belgilash-
da ularning huquqlarini ancha kengaytirishga asoslangan tub iqtisodiy 
islohotlar o‘tkazilishi munosabati bilan ular ixtiyorida qoladigan 
mablag‘lar ulushi doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Markazlashtirilmagan 
daromadlarning o‘sib borishi markazlashtirilgan daromadlarning 
ahamiyatini pasaytirishi, davlat budjetining rolini kamaytirishi mumkin 
emas. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, ishlab chiqarishning o‘sishi, foyda 
va boshqa jamg‘armalar hajmining ortishi bilan davlat budjetining 
daromadlari ham albatta o‘sib boradi. 
Shunday qilib, davlat daromadlari tushunchasi davlat budjeti 
daromadlari tushunchasiga nisbatan keng bo‘lib, u budjet daromadlarini 
ham, davlat korxonalari va tashkilotlari daromadlarini ham o‘z ichiga 


156
qamrab oladi. Bundan tashqari, pul mablag‘larining ayrim qismi boshqa 
moliyaviy-huquqiy institutlar, masalan, davlat krediti vositasida ham 
davlat ixtiyoriga kelib tushadi. Moliya huquqiga oid ayrim manbalarda 
davlat daromadlari tushunchasi keng va tor ma’nolarda ko‘rib chiqiladi. 
Birinchi holda ularga budjet tizimi va budjetdan tashqari jamg‘armalar 
daromadlarini hamda davlat korxonalarining o‘z ixtiyorida qoladigan 
daromadlarini kiritishadi. Ikkinchi holda esa, faqat budjet tizimi va 
davlatning budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobiga kiritiladigan 
daromadlar kiritiladi. 
Davlat daromadlari va ular tizimini belgilashda yuzaga keladigan 
munosabatlar qonunchilik me’yorlari bilan tartibga solinib, ular 
O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi va bozor mexanizmlariga 
asoslangan, prinsipial jihatdan yangi iqtisodiy munosabatlarning joriy 
etilishi bilan tub o‘zgarishlarga uchradi. Davlat daromadlari masalalari 
bo‘yicha umumiy xususiyatga ega bo‘lgan hamda ularning aniq turlariga 
oid yangi normativ hujjatlar qabul qilindi. Umumiy ahamiyatga ega 
bo‘lgan hujjatlarga «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonun va Soliq kodeksi 
kirib, ular davlat budjeti va uning tarkibiga kiruvchi budjetlar daromadlari 
hamda budjet daromadlarining asosiy manbalari bo‘lgan soliq 
to‘lovlarining huquqiy asoslarini belgilab beradi.
Ko‘rsatilgan qonunchilik hujjatlarini rivojlantirishda davlat daro-
madlari tarkibiga kiritiladigan u yoki bu to‘lovlarning aniq tizimi, tartibi,
shakl va usullari hamda ularni to‘lash miqdori va tartibi, subyektlar 
doirasi va hokazolarni belgilaydigan qonun kuchiga ega bo‘lgan normativ 
hujjatlar to‘plami qabul qilindi. 
Davlat daromadlarini huquqiy tartibga solish bir-biri bilan o‘zaro 
uzviy bog‘liq bo‘lgan bir qancha vazifalarni hal etishga qaratilgan bo‘lib, 
bu vazifalarning amalga oshirilishi ko‘p jihatdan davlatning mamlakatni 
ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish, mudofaa qobiliyatini va milliy xavfsizlikni 
mustahkamlash bo‘yicha funksiyalarini zarur moliyaviy resurslar bilan 
ta’minlashga bog‘liqdir.
Davlatning markazlashtirilgan daromadlarini huquqiy tartibga 
solishning asosiy vazifasi barqaror va doimiy xususiyatga ega bo‘lgan 
to‘lovlarning davlat budjeti daromadlariga to‘liq va o‘z vaqtida kelib 
tushishini huquqiy jihatdan ta’minlashdan iborat. Ushbu vazifani amalga 
oshirish uchun davlat budjeti hamda uning tuzilmasiga kiruvchi budjetlar 
daromadlari butun bir tizimi va uning ayrim turlarini tashkil etish huquqiy 
tartiboti qaratilgan bo‘lishi lozim. U markazlashtirilgan daromadlarni 


157
yo‘naltirish shakl va usullarini doimiy ravishda takomillashtirib borish, 
davlat budjeti daromadlar tizimining turli bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘lash 
hamda ushbu daromadlarni shakllantirishda ishtirok etayotgan davlat 
organlari va to‘lovchilarning mas’uliyatini oshirishni o‘z ichiga oladi.
Markazlashtirilgan davlat daromadlari tizimi huquqiy tartibotini 
belgilashda moddiy ishlab chiqarish jarayoni, taqsimot munosabatlari 
xususiyati, davlat korxonalari va jismoniy shaxslar jamg‘armalarini 
tashkil etish va ulardan foydalanish tartibiga bevosita ta’sir ko‘rsatiladi.
Shu munosabat bilan davlat daromadlarini huquqiy tartibga 
solishning juda muhim vazifalaridan yana biri – markazlashtirilgan davlat 
daromadlarining shunday huquqiy tartibotini belgilashdan iboratki, bu 
tartibot xo‘jalik yuritish sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishni 
rivojlantirish, ichki rezervlardan foydalanish hamda shu asosda 
korxonalarning qo‘shimcha daromadlar olishda manfaatdorligini oshi-
rishga yordam berish. Bu davlatga ham, xo‘jalik yurituvchi subyekt-
larning o‘zlariga ham foydalidir.
Davlat daromadlarini huquqiy tartibga solishning muhim vazifa-
laridan biriga, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 
budjetga majburiy va ixtiyoriy to‘lovlarni o‘tkazishning aniq shart-
sharoitlarini belgilaydigan eng oqilona, iqtisodiy jihatdan asoslangan 
shakl va usullarini tanlash va huquqiy jihatdan mustahkamlash kiradi. Shu 
sababli amaldagi qonunchilik daromadga qarab soliq solish tamoyiliga 
albatta rioya etilishini ta’minlashi shart. Uning mohiyati shundan iboratki, 
budjetga to‘lov hajmi har bir to‘lovchi (yuridik yoki jismoniy shaxs) 
haqiqiy daromadlarining muayyan qismiga, muayyan shart-sharoitlar 
mavjud bo‘lganida esa, to‘lovlarning ixtiyoriyligi tamoyiliga to‘liq 
muvofiq kelishi lozim. 
Davlat daromadlarini yo‘naltirish jarayonida ushbu daromadlarni 
shakllantirish va ulardan foydalanish bo‘yicha turli moliyaviy-huquqiy 
munosabatlar yuzaga keladi. Bu huquqiy munosabatlarning mazmuni 
davlat daromadlarining turlari bilan belgilanib, ular, qayd etilganidek, 
markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan daromadlarga bo‘linadi. 
Umumdavlat markazlashtirilgan pul mablag‘lari jamg‘armasini 
shakllantirish davlat budjeti daromadlari – soliqlar va soliqdan tashqari 
daromadlarning yo‘naltirilishini tartibga soluvchi moliyaviy-huquqiy 
institutlar yordamida ta’minlanadi. Soliqlar davlat tomonidan milliy 
daromadni qayta taqsimlashning asosiy usuli sifatida foydalanilib, ular 
vositasida yuridik va jismoniy shaxslar daromadlarining bir qismi 


158
umumdavlat ehtiyojlarini qondirish uchun markazlashtirilgan jamg‘ar-
maga jalb etiladi.
Moliya huquqi tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabat-
larning katta guruhi markazlashtirilmagan davlat daromadlarining, ya’ni 
davlat korxonalari mablag‘larining mavjud bo‘lishi munosabati bilan 
yuzaga keladi. Ular o‘zlarining mazmuni, vujudga kelish asoslari, 
subyektlari doirasi bo‘yicha turli bo‘lib, shu boisdan huquqning turli 
tarmoqlari me’yorlari bilan tartibga solinadi. Ammo ushbu munosa-
batlarning katta qismi moliya huquqi me’yorlari bilan tartibga solinadi. 
Ularga davlat korxonalari, tarmoq davlat boshqaruv organlarining 
daromadlari turlari, ularning hosil bo‘lish manbalari, korxonalar va davlat 
boshqaruv organlarining markazlashtirilmagan daromadlarini tashkil etish 
va ulardan foydalanish bo‘yicha huquq va majburiyatlarini tartibga 
soluvchi me’yorlar kiradi.
Davlat daromadlarini tasniflashda boshqa mezonlar ham qo‘llanadi. 
Jumladan, ular ijtimoiy-iqtisodiy belgisi, hududiylik xususiyati, to‘planish 
usuli hamda, pul tushumlarining yuridik xususiyatlari va shakllari, 
mulkka bo‘lgan munosabatni hisobga olgan holda tasniflanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin