O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   161
Moliya huquqi

Ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatiga ko‘ra davlat daromadlari:
davlat xo‘jaligidan, ya’ni davlat korxonalarining ishlab chiqarish 
faoliyatidan hamda davlat mulki va davlat tabiiy boyliklaridan 
foydalanish (masalan: o‘rmonlardan va boshqa tabiiy resurslardan, davlat 
mulkini xususiylashtirishdan) natijasida tashkil topadigan daromadlar
nodavlat shaklidagi korxona va tashkilotlardan kelib tushadigan 
daromadlar (masalan, soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar); 
O‘zbekiston Respublikasi hududida harakat qiluvchi xorij korxo-
nalari va tashkilotlaridan, qo‘shma korxonalardan kelib tushadigan 
daromadlar; 
fuqarolarning daromadidan kelib tushadigan daromadlar.
Davlat daromadlarining ijtimoiy - iqtisodiy xusisiyatiga ko‘ra 
tasniflanishi davlat daromadlarining manbalarini, ularning turli mulk 
shakllari bilan aloqasini, davlat daromadlarini tashkil etishda mulkchi-
likning maqsadga muvofiqligini to‘liq ochib beradi. 
Davlat daromadlari hududiylik xususiyatiga ko‘ra: 
respublika daromadlari; 
mahalliy daromadlarga bo‘linadi. 
Davlat daromadlari yuridik xususiyati va shakliga ko‘ra: 
soliq to‘lovlari; 


159
soliqsiz to‘lovlar va tushumlarga bo‘linadi. 
Soliqlarga majburiylik va individual qaytarib bermaslik xususiyatlari 
xosdir, soliqsiz to‘lovlar majburiy va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Majburiy 
soliqsiz to‘lovlar davlat tomonidan ma’lum bir yuridik ahamiyatli 
xizmatlarini ko‘rsatish, ma’lum bir faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini 
berish orqali undiriladi. Soliqsiz to‘lovlarda ikki tomon ham huquq va 
majburiyatlarga ega bo‘ladi. 
Davlat daromadlari to‘planish usuliga qo‘ra:
majburiy to‘lovlar; 
ixtiyoriy to‘lovlarga bo‘linadi. 
Davlat va mahaliy organlarning ixtiyoriga kelib tushadigan 
daromadlarning katta qismini majburiy to‘lovlar tashkil qiladi, ya’ni 
bunga soliqlar, bojxona va boshqa to‘lovlar, turli xildagi jarimalar va 
moliyaviy sanksiyalar kiradi. Ixtiyoriy to‘lovlar esa lotereya o‘yinlari 
o‘tkazishdan, yuridik va jismoniy shaxslarning xayr-exsonlaridan, davlat 
qimmatli qog‘ozlarini sotib olishdan (aksiya, obligatsiya) tashkil topadi. 
Mulkka bo‘lgan munosabatni hisobga olgan holda: 
qaytarib berilmaydigan daromadlarga
vaqtincha foydalaniladigan va qaytarib beriladigan daromadlarga 
bo‘lish mumkin. 
Masalan, soliqlar, bojlar, yig‘imlar, davlat mulkini xususiylash-
tirishdan kelib tushadigan to‘lovlar va boshqa majburiy to‘lovlar, qaytarib 
bermaslik sharti bilan davlat daromadlariga to‘planadi hamda davlat va 
ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulki hisoblanadi. Vaqtincha foyda-
laniladigan daromadlar esa davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning 
daromadiga kiritilmagan bo‘lib, ular obligatsiyalar, zayomlarni tarqa-
tishdan, Markaziy bank va boshqa banklar tomonidan budjetdan tashqari 
jamg‘armalarning mablag‘larini to‘ldirish uchun beradigan kreditlaridan 
hosil bo‘ladigan daromadlar va boshq. Bunday yo‘l bilan olingan 
daromadlar qaytarib berishga asoslanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin