O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   161
Moliya huquqi

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
1. Davlat budjeti qanday vujudga keladi va rivojlanadi? 
2. Budjetning ijro etilganligi haqidagi hisobot tushunchasi deganda 
nimani tushunasiz? 
3. Budjet taqchilligining kelib chiqish sabablari va ularning yuridik 
oqibatlariga nimalar kiradi? 
4. Budjetdan tashqari jamg‘armalarni shakllantirishning huquqiy 
tartibini ayting. 


154
5-MAVZU: DAVLAT DAROMADLARI VA XARAJATLARINI 
HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNING UMUMIY TAVSIFI 
1. «Davlat daromadlari» tushunchasi va turlari. 
2. Davlat krediti (davlat ichki qarzi)ni huquqiy boshqarish. 
3. Davlat xarajatlari prinsiplari va o‘ziga xos xususiyatlari. 
1. «Davlat daromadlari» tushunchasi va turlari 
«
Davlat daromadlari» tushunchasi va tizimi, ularni huquqiy 
tartibga solish vazifalari. 
O‘zbekiston Respublikasi suveren davlat 
sifatida muhim iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni hal etish, huquqiy 
tartibotni mustahkamlash, mudofaa qudrati va milliy xavfsizlikni 
ta’minlash uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarga muhtoj. Shu 
munosabat bilan u o‘z daromadlariga, ya’ni o‘z tasarrufida mamlakat 
moliya tizimi barcha bo‘g‘inlarining ishtirokida shakllantiriladigan davlat 
daromadlariga ega bo‘lishi lozim. 
Davlat daromadlarini shakllantirish ijtimoiy ishlab chiqarishning 
barcha sohalarida yaratiladigan jamiyat milliy daromadini hamda 
jismoniy shaxslar shaxsiy daromadining davlat tomonidan majburiy va 
ixtiyoriy to‘lovlar usullari bilan yo‘naltiriladigan qismini taqsimlash va 
qayta taqsimlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Demak, 
davlat daromadlari 
davlat mulki va tasarrufiga kelib 
tushadigan hamda uning tomonidan o‘z ichki va tashqi funksiyalarini 
amalga oshirish maqsadida moliyaviy bazani tashkil etish uchun 
foydalaniladigan pul mablag‘larining turli shakllaridir. Moliya huquqiga 
oid adabiyotlarda davlat daromadlariga berilgan turli ta’riflar mavjud 
bo‘lib, ularda bu daromadlarning asosiy xususiyatlari va mazmuni u yoki 
bu darajada ko‘rsatilgan hamda ular yuqorida keltirilgan ta’rifda o‘z 
ifodasini topgan. 
Davlat daromadlari yagona tizimdan iborat bo‘lib, uning elementlari 
pul mablag‘lari ayrim turlarining muayyan majmuini tashkil etadi. Davlat 
daromadlarining yagona tizimi shu bilan izohlanadiki, amaldagi 
qonunchilik davlat tomonidan o‘zining barcha daromadlarini 
shakllantirish uchun foydalaniladigan pul mablag‘larining aynan bir xil 
turlarini belgilaydi.
Davlat daromadlarining yagona tizimi ular mohiyatining eng muhim 
xususiyatlarini aks ettiradigan belgilarga qarab har xil turlar bo‘yicha 


155
tasniflanadi. Shakllanish va foydalanish tartibiga qarab barcha davlat 
daromadlari 
markazlashtirilgan 
va 
markazlashtirilmagan daromadlarga 
bo‘linadi. Bunday tasnif asosiy tasnif hisoblanadi, chunki u davlat 
daromadlari tizimi to‘g‘risida to‘liq tasavvur beradi hamda davlat 
moliyaviy faoliyatida markazlashtirish va nomarkazlashtirish tamoyilini 
amalga oshirish mexanizmlaridan birini ko‘rsatishga imkon beradi. 
Markazlashtirilgan daromadlar 
deganda, pul mablag‘larining yagona 
umumdavlat jamg‘armasiga, ya’ni mamlakatning davlat budjetiga kelib 
tushadigan moliyaviy resurslar tushuniladi. Milliy daromad bir qismini 
bevosita davlat budjetiga to‘plash – markazlashtirish zarurati bir qancha 
obyektiv sabablari mavjud. Xususan, bu butun jamiyatning muayyan 
ehtiyojlari mavjudligi bilan bog‘liqdir. Davlat pul mablag‘larining yagona 
jamg‘armasiga ega bo‘lib, mablag‘larni iqtisodiyotning turli tarmoqlari va 
sohalari o‘rtasida qayta taqsimlashni amalga oshirishi, barcha ma’muriy-
hududiy tuzilmalarning rivojlanishini ta’minlashi, ijtimoiy siyosatni 
muvaffaqiyatli amalga oshirishi mumkin bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin