174
Davlat xarajatlarining majburiy talablaridan biri
bu uning tegishli
moliyaviy rejalarga – budjet, smeta yoki
daromadlar va xarajatlar
balansiga kiritish bo‘lib hisoblanadi.
Davlat xarajatlarining mazmuni va tuzilishi davlat oldida turgan
vazifa va funksiyalardan, jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
aniq vazifalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Davlat xarajatlari normativ aktlarda belgilangan
maxsus xarajatlar
bo‘yicha amalga oshiriladi. Xarajatlar ikkiga bo‘linadi:
a) budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajat;
b) xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mablag‘lari bo‘yicha xarajat.
Budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar budjet tasnifi bilan belgilanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar
esa, daromadlar va xarajatlar balansi bilan belgilanadi.
Moliyalashtirish tushunchasi va tamoyillari.
O‘zbekiston
Respublikasida davlat mablag‘lari turli maqsadlarga
va turli tartibda
yo‘naltiriladi. Lekin pul mablag‘larining asosiy qismi moliyalashtirish
orqali taqsimlanadi va xarajat qilinadi.
Rus huquqshunosi N.A.Kufakovaning fikricha,
Dostları ilə paylaş: