O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   161
Moliya huquqi

Soliqlar tasnifi.
Yuridik mohiyatiga ko‘ra, soliqlar o‘zlarining bir-
biriga o‘xshash va o‘zaro farq qiladigan umumiy (muhim) belgilariga 
qarab bir qancha mezonlar bo‘yicha tasniflanishi mumkin. Iqtisodiy va 
yuridik adabiyotlarda soliqlarni tasniflash bo‘yicha eng ko‘p tarqalgan 
mezonlar ularni undirib olish usuli, qo‘llaniladigan stavkalar xususiyati, 
soliqlarni belgilash, bekor qilish va joriy etish bo‘yicha davlat organlari 
vakolatlarining hajmi, subyektlar (soliq to‘lovchilar) turlari belgilar 
bo‘yicha guruhlarga ajratish hisoblanadi. 
Soliqlarni undirib olish usuli mezoni bo‘yicha ular 
to‘g‘ri va egri 
soliqlarga 
ajratiladi. 
To‘g‘ri soliqlar 
soliq to‘lovchining daromadi yoki mulkidan bevosita 
undirib olinadigan soliqlar bo‘lib, bu soliq solishning boshlang‘ich 
shakllaridan hisoblanadi. To‘g‘ri soliqlardan dastlab yer solig‘i, uy solig‘i 
kabi soliqlar paydo bo‘lib, keyinroq qimmatli qog‘ozlar chiqdi. Hozirgi 
vaqtda bizning mamlakatimizda to‘g‘ri soliqlarga yuridik shaxslardan 
olinadigan daromad (foyda) solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan 


189
daromad solig‘i va yuridik shaxslarga ham, jismoniy shaxslarga ham 
solinadigan yer solig‘i va mol-mulk solig‘i kiradi.
O‘z navbatida, to‘g‘ri soliqlar 
shaxsiy soliqlar 
va 
aniq (real) 
soliqlarga 
bo‘linadi. Bu soliqlar o‘rtasidagi asosiy farq shundaki, birinchi 
holda amalda olingan daromad yoki mulk, ikkinchi holda esa muayyan 
iqtisodiy, ba’zan esa, tabiiy sharoitlarga qarab taxminiy o‘rtacha daromad 
soliqqa tortiladi. 
Jahon amaliyotida 
shaxsiy soliqlarga 
daromad solig‘i, korporat-
siyalar foydasiga solinadigan soliq, pul kapitallaridan tushgan daro-
madlardan olinadigan soliq, meros va hadyalardan olinadigan soliq misol 
bo‘la oladi. Bizning respublikamizda to‘g‘ri soliq obyekti, masalan, 
yuridik va jismoniy shaxslarning daromadlari (ularga berilgan imtiyozlar 
hisobga olingan holda), amaldagi daromad hisoblanadi. 
Aniq (real) soliqlarga 
mol-mulk solig‘i va yer solig‘i kiradi. Bunda 
aniq (real) soliq belgilari yer uchastkalariga soliq solishda yaqqol 
namoyon bo‘ladi. Yer solig‘i stavkalari soliq solish obyektidan olinadigan 
taxminiy o‘rtacha daromad hisoblanib, tuproqning sinfi va tabiiy shart-
sharoitlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Egri soliqlar 
tovarlar, ishlar va xizmatlarga narx yoki tarifga 
qo‘shimcha shaklda belgilanadigan soliqlardir. Ular to‘g‘ri soliqlardan 
shunisi bilan farqlanadiki, soliq to‘lovchining daromadi yoki mulki bilan 
bevosita bog‘lanmagan. Egri soliq solinishi kerak bo‘lgan tovarlar ishlab 
chiqaruvchi, ish bajaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxona va 
tashkilotlar soliq summasini sotiladigan tovarlar, ko‘rsatiladigan ishlar, 
xizmatlar qiymatiga kiritadi, ya’ni o‘z mohiyati bilan ular soliq 
yig‘uvchilar bo‘ladi. So‘nggi soliq to‘lovchi yoki soliq egasi bo‘lib 
tovarlarni yoki xizmatlarni u yoki bu turdagi egri soliqni o‘z ichiga olgan, 
oshirilgan narxlar yoki tariflar bo‘yicha oluvchi iste’molchi qatnashadi.
Ko‘pgina davlatlarning hozirgi zamon soliq tizimlarida egri 
soliqlarning 
aksizlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i, bojxona boji 
kabi turlari 
qo‘llanadi. Egri soliqlarning aynan shunday turlari O‘zbekiston soliq 
tizimi uchun ham xosdir. 2002-yil 1-yanvardan boshlab respublikada egri 
soliqning jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel 
yoqilg‘isi va gazni ishlatish uchun olinadigan soliq turi amal qilmoqda, bu 
soliq jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i, transport 
vositalari egalaridan olinadigan soliq o‘rniga kiritilgan. 
Soliq stavkasi va soliq solish obyekti o‘rtasidagi o‘zaro aloqaga 
qarab mutanosib va o‘zgaruvchan soliqlar ajratiladi. Mutanosib soliqlarda 


190
soliq stavkasi daromad miqdoridan qat’i nazar o‘zgarmasdan qoladi. 
Mutanosib soliqlar, masalan, yuridik shaxslar daromadi (foydasi)ga soliq 
solishda qo‘llanadi. 20 foiz miqdorida belgilangan soliq stavkasi daromad 
(foyda) ortishiga bog‘liq holda o‘zgarmaydi. O‘zgaruvchan soliqlarda 
daromad ortishi bilan soliq stavkasi ham o‘sib boradi: daromad qancha 
ko‘p bo‘lsa, undan ushlab qolish foizi ham shuncha ko‘p bo‘ladi. 
O‘zgaruvchan soliqlarni qo‘llash uchun murakkab progressiyadan 
foydalaniladi, unga asosan soliq to‘lovchining daromadi qismlarga 
bo‘linadi va ularning har biri uchun soliqning o‘z stavkasi belgilanadi. 
O‘zgaruvchan soliqqa jismoniy shaxslarning eng kam ish haqidan 5 – 10 
barobar ortiq bo‘lgan daromadiga solinadigan soliq misol bo‘la oladi. 
Xususan, eng kam ish haqining beshdan o‘n barobarigacha bo‘lgan 
miqdordagi daromadga solinadigan summasi minimal ish haqining besh 
barobaridan ortiq bo‘lgan summadan 20 foizni tashkil etadi. 
Davlat organlarining soliqlarni belgilash, amalga kiritish va bekor 
qilish bo‘yicha vakolatlari hamda soliqlar kelib tushadigan davlat budjet 
tizimi darajasiga qarab 
umumdavlat va mahalliy soliqlar 
ajratiladi. 
Soliq to‘lovchilar bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar va 
jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar ajratiladi. Birinchi guruhga 
yuridik shaxslar daromadi yoki foydasiga solinadigan soliqlar va 
ekologiya solig‘i kiradi, ikkinchi guruhga esa, jismoniy shaxslar daromadi 
yoki foydasidan olinadigan soliqlar kiradi. Ko‘pgina umumdavlat va 
mahalliy soliqlar jismoniy shaxslar tomonidan ham, yuridik shaxslar 
tomonidan ham to‘lanadi. Jumladan aksiz solig‘i, yer osti boyliklaridan 
foydalanganlik uchun olinadigan soliq, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i va 
boshqa turlarini. 
Ba’zan maxsus adabiyotlarda soliqlarning boshqa tasniflari ham 
ajaratiladi. Xususan, soliq o‘tkaziladigan budjet darajasiga qarab ular 
biriktirilgan va tartibga soluvchi soliqlarga bo‘linadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin