O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   161
Moliya huquqi

sug‘urta 
deganda, yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta 
mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan 
voqyea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug‘urta 
shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li 
bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi. 
Sug‘urta faoliyati 
deganda esa sug‘urta bozori professional 
ishtirokchilarining sug‘urtani amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati 
tushuniladi. 
Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari 
sug‘urta faoliyati-
ning subyektlari 
hisoblanadi. 
Sug‘urtalovchilar, sug‘urta vositachilari hamda boshqa yuridik va 
jismoniy shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta bozorining 
professional ishtirokchilari hisoblanadilar. 
Sug‘urta brokeri, qayta sug‘urta brokeri va sug‘urta agenti sug‘urta 
vositachilari hisoblanadi. 
Sug‘urtalovchi 
– sug‘urta shartnomasiga binoan sug‘urta tovoni 
(sug‘urta puli) to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi yuridik 
shaxs. 
Sug‘urta brokeri 
– sug‘urta qildiruvchining nomidan va topshirig‘iga 
binoan sug‘urta shartnomasi tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish 
bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs. 


208
Qayta sug‘urta brokeri 
– o‘z nomidan va qayta sug‘urta qilish 
shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi tariqasida ishtirok etuvchi 
sug‘urtalovchining topshirig‘iga binoan qayta sug‘urta qilish shartnomasi 
tuzilishini va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyat yurituvchi 
yuridik shaxs. 
Sug‘urta agenti 
– sug‘urtalovchining nomidan va topshirig‘iga 
binoan sug‘urta shartnomasining tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish 
bo‘yicha faoliyat yurituvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Xorij fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va xorij yuridik 
shaxslari O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari 
bilan teng ravishda sug‘urtalanish huquqidan foydalanadilar 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin