O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Soliq ishini yuritish va uning huquqiy ahamiyati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   161
Moliya huquqi

4. Soliq ishini yuritish va uning huquqiy ahamiyati 
Soliq huquqbuzarligi hamda soliq qonunchiligini buzuvchilarga 
nisbatan qo‘llaniladigan sanksiyalar. 
Soliq haqidagi qonun hujjat-larida 
belgilangan muddatlar kalendar sana yoki yillar, yil choraklari, oylar, o‘n 
kunliklar va kunlar bilan hisoblanadigan davr o‘tishi bilan belgilanadi. 


201
Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash yuridik shaxslar tomonidan naqd 
pulsiz tartibda tegishli summani budjet tasnifining tegishli bo‘limi va 
paragrafiga o‘tkazish yo‘li bilan, jismoniy shaxslar tomonidan esa naqd 
pul va pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Soliq to‘lovchilar bilan soliq organlari o‘rtasidagi nizolar yuqori soliq 
organlari va sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. 
Soliq to‘lovchilar bilan soliq organlari o‘rtasidagi nizolar, soliq 
imtiyozlaridan g‘ayriqonuniy foydalanish, soliqlarni o‘z vaqtida 
to‘lamaslik va daromadni yashirish, soliq hisoblash va to‘lash uchun zarur 
bo‘lgan hujjatlarni bermaslik yoki o‘z vaqtida bermaslik kabi soliq 
qoidabuzarliklarining eng ko‘p tarqalgan turlarini o‘z ichiga oluvchi 
soliq 
to‘lashdan bo‘yin tovlash 
va foyda (daromad)ni yoki soliq to‘lanadigan 
boshqa obyektlarni qasddan yashirish, kamaytirib ko‘rsatish, shuningdek, 
davlat belgilagan soliqlar, yig‘imlar, bojlar yoki boshqa to‘lovlarni katta 
miqdorda (eng kam ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha bo‘lgan 
miqdorda) to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashdan iborat 
soliqlarni yoki 
boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashlarga 
oid bo‘lishi mumkin. 
Soliq kodeksining 17-bobi «Soliqqa oid huquqbuzarliklarning turlari 
hamda ularni sodir etganlik uchun javobgarliklar», 113–121-moddalariga 
binoan soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun soliq 
to‘lovchilarga nisbatan ushbu kodeksda nazarda tutilgan moliyaviy jazo 
choralari qo‘llaniladi, jismoniy shaxslar hamda yuridik shaxslarning 
mansabdor shaxslari esa, shuningdek ma’muriy, fuqarolik-huquqiy va 
jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar. 
Soliq to‘lovchini javobgarlikka tortish uni soliqlar va yig‘imlarni 
to‘lash majburiyatidan ozod qilmaydi. 
Soliq kodeksining 113-moddasida moliyaviy jazo choralari berilgan 
bo‘lib, ushbu moddaga asosan, soliq haqidagi qonun hujjatlarini 
buzganlik uchun soliq to‘lovchiga nisbatan quyidagi miqdorda moliyaviy 
jazo choralari qo‘llaniladi: 
1) Davlat soliq xizmati organida hisobga turishdan bo‘yin tovlash: 
– agar faoliyat ko‘pi bilan o‘ttiz kun amalga oshirilgan bo‘lsa, – eng 
kam ish haqining ellik baravari miqdorida, biroq bunday faoliyat 
natijasida olingan sof tushumning o‘n foizidan kam bo‘lmagan miqdorda;
– agar faoliyat o‘ttiz kundan ortiq amalga oshirilgan bo‘lsa, – eng 
kam ish haqining yuz baravari miqdorida, biroq bunday faoliyat natijasida 
olingan sof tushumning ellik foizidan kam bo‘lmagan miqdorda.


202
Soliq to‘lovchining, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi 
norezidentining davlat soliq xizmati organida obyektlar bo‘yicha hisobga 
turishdan bo‘yin tovlashi quyidagi miqdorda jarima solinishiga sabab 
bo‘ladi:
– agar hisobga turish bo‘yicha belgilangan muddatdan ko‘pi bilan 
o‘ttiz kun o‘tgan bo‘lsa, – eng kam ish haqining ellik baravari miqdorida;
– agar hisobga turish bo‘yicha belgilangan muddatdan o‘ttiz kundan 
ortiq o‘tgan bo‘lsa, – eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida. 
2) Kirim qilinmagan tovar qiymati yoki yashirilgan (kamaytirib 
ko‘rsatilgan) tushum summasiga teng miqdorda jarima solishga sabab 
bo‘ladi. (Soliq kodeksining 114-moddasi). 
3) Soliq hisobotini taqdim etish tartibini buzish (Soliq kodeksining 
115-moddasi). 
Soliq to‘lovchi – jismoniy shaxsga yoki soliq to‘lovchining 
mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil 
ichida takroran sodir etilgan soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim 
etmaganlik yoki kameral nazorat natijalari bo‘yicha aniqlangan tafovutlar 
asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda 
taqdim etmaganlik – muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun bir 
foiz miqdorida, biroq belgilangan to‘lov muddatida to‘lanishi lozim 
bo‘lgan to‘lov miqdoridan tegishli hisobot davri uchun ilgari hisoblangan 
to‘lovlar chegirib tashlangan summaning o‘n foizidan ko‘p bo‘lmagan 
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
4) Buxgalteriya hisobini yuritish tartibini buzish (Soliq kodeksining 
116-moddasi). 
Buxgalteriya hisobining yo‘qligi yoki buxgalteriya hisobini 
belgilangan tartibni buzgan holda yuritganlik, hisoblanishi lozim bo‘lgan 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini aniqlab bo‘lmasligiga 
olib kelganda – yuridik shaxs – soliq to‘lovchiga nisbatan soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlarning miqdorini aniqlash imkoniyati bo‘lmagan 
davrda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan 
tushum miqdorining bir foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining ellik 
baravari miqdoridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima solishga sabab 
bo‘ladi. 
5) Faoliyat turlari bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi 
hujjatlarsiz shug‘ullanish (Soliq kodeksining 117-moddasi). 
Faoliyat turlari bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi 
hujjatlarsiz shug‘ullanish – faoliyatning ushbu turlarini litsenziyasiz yoki 


203
boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz amalga oshirish davrida olingan sof 
foyda miqdorida, biroq eng kam ish haqining ellik baravaridan kam 
bo‘lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
6) Hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish tartibini buzish (Soliq 
kodeksining 118-moddasi). 
Qo‘shilgan qiymat solig‘i solinmaydigan tovarlarni (ishlarni, 
xizmatlarni) realizatsiya qilishda, shuningdek qo‘shilgan qiymat solig‘i 
to‘lovchisi bo‘lmagan mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan 
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat 
solig‘ini hisobvaraq-fakturada aks ettirganlik – mahsulot yetkazib 
beruvchilarga hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i 
summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Bunda 
mahsulot yetkazib beruvchi hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan soliq 
summasini budjetga to‘lashi shart. 
7) 119-modda. Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan va 
to‘lovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob 
terminallaridan foydalanish tartibini buzish (Soliq kodeksining 119-
moddasi).
Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini va (yoki) to‘lovlarni 
plastik kartochkalar asosida qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob 
terminallarini ishlatish majburiy bo‘lgani holda ularni ishlatmasdan 
savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xuddi shuningdek 
sotib oluvchiga kvitansiyalar yozib berish, talonlar, cheklar yoki ularga 
tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berish majburiy bo‘lgani holda bunday 
hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar 
ko‘rsatganlik – eng kam ish haqining o‘ttiz baravaridan ellik baravari-
gacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jarima 
qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida sodir etilganda – eng kam ish 
haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima 
solishga sabab bo‘ladi.
Texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan 
foydalanganlik yoki fiskal xotirasining xizmat ko‘rsatish dasturi buzilgan 
nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik, shuningdek plastik kartoch-
kalar asosida to‘lovlarni qabul qilishni rad etganlik – eng kam ish 
haqining yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar 
jarima qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida sodir etilganda – eng kam ish 
haqining ikki yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. 


204
8) 120-modda. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash 
muddatlarini buzish (Soliq kodeksining 119-moddasi). 
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatlarini buzish – 
to‘lovning belgilangan muddatidan keyingi kundan e’tiboran muddati 
o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun, to‘lov kuni ham shunga kiradi, 
0,05 foiz miqdorida penya hisoblashga sabab bo‘ladi. Bunda boshqa 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha ortiqcha to‘langan 
summaga teng bo‘lgan qarz summasiga penya hisoblanmaydi. Penya 
miqdori tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz 
summasidan oshib ketishi mumkin emas. Penya undirilishi soliq 
to‘lovchini soliq majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi. Yuridik 
shaxs – tadbirkorlik subyekti ixtiyoriy tugatilgan taqdirda, yuridik 
shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish 
to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan 
e’tiboran barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha 
penyalar hisoblash to‘xtatiladi. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida 
belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili 
to‘xtatilgan va faoliyat qayta boshlangan taqdirda, penya belgilangan 
tartibda qo‘shib hisoblanadi hamda hisoblashlar to‘xtatib turilgan butun 
davr uchun undiriladi. 
9) 121-modda. Yer uchastkalaridan ularga bo‘lgan huquqni tasdiq-
lovchi hujjatlarsiz foydalanish (Soliq kodeksining 121-moddasi).
Yer uchastkalaridan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi 
hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanish yer solig‘ining 
summasiga ekvivalent miqdorda: 
– yuridik shaxslarga – ikki baravari miqdorida; 
– jismoniy shaxslarga – bir yarim baravari miqdorida jarima solishga 
sabab bo‘ladi. 
Agar soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun moliyaviy 
jazoga tortilgan shaxs jazoni ijro etish tugagan kundan e’tiboran bir yil 
mobaynida soliq bo‘yicha takroran qoidabuzarlik sodir etmagan bo‘lsa, u 
jazoga tortilmagan hisoblanadi. 
Yuqorida qayd etilgan soliq huquqbuzarliklarning sodir etilmasligi 
uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xususan prokuratura, ichki ishlar, 
Davlat soliq qo‘mitasi organlari va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari 
tomonidan iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish, soliqlar 
va to‘lovlarning davlat budjetiga to‘liq tushishini ta’minlash, iqtisodiyot 


205
sohasidagi jinoyatlar va soliqqa oid qonun buzilishining oldini olish chora-
tadbirlari amalga oshirilmoqda. 
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
«Iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishni kuchaytirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2001-yil 6-iyul qarori bilan O‘zbekiston 
Respublikasi Prokuraturasi huzurida soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish 
departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari tashkil etilgan. 
Ushbu departamentni tashkil etishga sabab, Davlat soliq qo‘mitasi 
huzuridagi tezkor bosh boshqarma faoliyatida batartiblik va izchillik 
yo‘qligi, sa’y-harakatlarning mayda buzilish va jinoyatlarga qarshi kurashga 
tarqoq holda yo‘naltirilishi, korrupsiya, iqtisodiy va soliqqa oid 
jinoyatlarni keltirib chiqaruvchi muhim sabablarni topish va cheklash 
mahorati yetishmasligi va boshqa shu kabilar hisoblanadi. 
Departament quyidagi bir necha sohalar bo‘yicha faoliyat yuritadi: 
tezkor-qidiruv faoliyati sohasida; 
soliq haqidagi qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish sohasida; 
surishtiruv olib borish sohasida;
tashkiliy nazoratni ta’minlash sohasida; 
kadrlar bilan ta’minlash sohasida; 
axborot-tahliliy ishlar, muvofiqlashtirish va huquqiy ta’minlash 
sohasi kabilar. 
Shuningdek, departament ichki ishlar organlari bilan birgalikda tezkor 
axborotni ayirboshlash, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagan va soliqqa oid 
jinoyatlar sodir etgan shaxslarni qidirish va ushlash tadbirlarini amalga 
oshiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin