O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   161
Moliya huquqi

Soliq huquqiy munosabatlari. 
Soliq huquqi moliya huquqi 
predmetini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlarning muayyan qismini 
birlashtiradi va shu sababli soliqqa doir huquqiy munosabatlar moliyaviy- 
huquqiy munosabatlar uchun xos bo‘lgan barcha umumiy belgilarga 
egadir. Ular, har qanday moliyaviy-huquqiy munosabatlar kabi, 


195
hokimiyat-mulkiy xususiyatga ega bo‘lib, ushbu munosabatlarning 
majburiy subyekti – davlat organi, obyekti esa – pul munosabatlari 
hisoblanadi. 
Soliq huquqiy munosabatlarining ajralib turadigan o‘ziga xos 
xususiyati shundaki, ular davlat moliyaviy faoliyati elementlarining butun 
majmui bilan bog‘lanmagan. Soliq huquqi me’yorlari o‘z predmeti bilan 
ko‘rsatilgan davlat pul jamg‘armalarini tashkil etish bo‘yicha (va bunda 
ular faqat soliq to‘lovlarini belgilash va undirib olish, soliq munosabatlari 
barcha subyektlari tomonidan qonunchilik talablariga rioya etilishini 
nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan qismi bo‘yicha) ijtimoiy 
munosabatlarga ega. Soliqlarning aniq turlari bo‘yicha tushumlar hajmini 
belgilash va ularni davlat budjet tizimi darajalari bo‘yicha taqsimlash 
bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar esa, budjet huquqi me’yorlari bilan 
tartibga solinadi. 
Shunday qilib
, soliq huquqiy munosabatlari 
– bu soliq huquqi 
me’yorlari bilan tartibga solinadigan, soliqlar va yig‘imlarni belgilash va 
undirib olish hamda soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish 
jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy moliyaviy munosabatlardir.
Huquq me’yorlarini qo‘llash uchun ijtimoiy hodisaning yuridik 
xususiyatini qayd etishning o‘zigina alohida muhim ahamiyatga ega 
bo‘lib qolmasdan, balki huquq va majburiyatlarning egalari kimlar, 
mazkur subyektiv huquqning aniq obyekti qanday ekanligini belgilash, 
konkret shaxslarda huquq va majburiyatlarning yuzaga kelish joyi va 
vaqtini belgilash ham muhim hisoblanadi. Shu tariqa bir-birini 
vakolatlovchi aniq huquqlar va majburiyatlarda ifodalanadigan, vakolatli 
shaxsning majburiy shaxs bilan yakka belgilangan aloqasi sifatidagi aniq 
huquqiy munosabatlar tushunchasi tarkib topdi. 
Soliq munosabatlarini huquqiy tartibga solish, avvalambor, ushbu 
munosabatlar qatnashchilarining aniq huquq va majburiyatlarini nazarda 
tutib, ularning hajm va xususiyati hamda ularga ega bo‘lish imkoniyati 
yuridik faktlarga bog‘liqdir va shu sababli soliq huquqiy munosabatlari 
aniq huquqiy munosabatlarga misol bo‘la oladi. Bu sifatda soliq huquqiy 
munosabatlari moliyaviy munosabatlarga emas, balki aynan aniq 
munosabatlarga (soliqlarni belgilash va undirib olish), umuman xulq-
atvorga emas, balki muayyan shaxslar (soliq to‘lovchilar, davlat soliq 
organlari) xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsatishning alohida imkoniyatlariga 
to‘liq muvofiq keluvchi soliq huquqi me’yorlarini amalga oshirishning 
maxsus shakli hisoblanadi. 


196
Qayd etilgan holatlarni hisobga olib, shuni aytish mumkinki, soliq 
huquqiy munosabatlarining asosiy mazmun-mohiyati ushbu munosabatlar 
qatnashchilarining huquq va majburiyatlaridan iboratdir. Mazkur huquqiy 
munosabatlarda huquq va majburiyatlar egalari, ya’ni soliq huquqining 
subyektlari soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari 
hisoblanadi. Soliq to‘lovchilarning huquq va majburiyatlarining 
umumlashtirilgan ro‘yxati amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq 
kodeksida berilgan. Soliq organlarining huquq va majburiyatlariga kelsak
ular maxsus normativ hujjat, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining «Davlat 
soliq xizmati to‘g‘risida»gi qonuni bilan tartibga solingan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin