O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   161
Moliya huquqi

Sug‘urta sohalari va turlari. 
O‘zbekiston Respublikasining 
«Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni bilan quyidagi sug‘urta sohalari 
belgilangan: 

hayotni sug‘urtalash 
(jismoniy shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, 
mehnat qobiliyati va pul bilan ta’minlanishiga bog‘liq manfaatlarini 
sug‘urta qilish. Bunda shartnoma bo‘yicha sug‘urtalashning eng kam 
muddati bir yilni tashkil etadi va sug‘urta shartnomasida kelishib olingan 
bir marta to‘lanadigan yoki o‘sib boruvchi foizlarni o‘z ichiga olgan, 
davriy ravishda to‘lanadigan sug‘urta summalaridan iborat); 

umumiy sug‘urta 
(shaxsiy sug‘urta, mulkni sug‘urtalash, javob-
garlikni sug‘urtalash va sug‘urtaning hayotni sug‘urtalashga kirmaydigan 
tarmoqlarga kiruvchi boshqa turlari). 
Sug‘urta xatarlari yoki ularning guruhlari umumiy xususiyatlariga 
muvofiq ravishda hamda ular bilan bog‘liq majburiyatlarga bog‘liq holda 
sug‘urta tarmoqlari sug‘urta turlari (sinflari)ga bo‘linib, ular O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Sug‘urta faoliyati klassifikatori bo‘yicha hayotni sug‘urtalash 
sohasiga 4 ta, umumiy sug‘urta sohasiga esa sug‘urtaning 17 ta sinfi 
kiritilgan bo‘lib, ulardan har biri bo‘yicha sug‘urtaning aniq bir turi 
hamda ularni olib borish shartlari bo‘yicha mazmuni va talablari belgilab 
berilgan. Masalan, hayotni sug‘urtalash sohasiga – sug‘urtaning hayotni 
sug‘urtalash, nikoh va tug‘ilish, sog‘liqni sug‘urtalash kiradi. Umumiy 
sug‘urta sohasiga – baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash, umumiy fuqarolik 
javobgarligi, aviatsiya va dengiz sug‘urtasi, mulkni zarardan sug‘urtalash, 
kreditlar, yer usti transport vositalari, fuqarolik javobgarligini 
sug‘urtalash va boshqalar kiradi.


209
Fuqarolik kodeksining 914-moddasiga muvofiq sug‘urta ixtiyoriy va 
majburiy bo‘lishi mumkin. 
Ixtiyoriy sug‘urta tomonlarning xohish-irodasi bo‘yicha amalga 
oshiriladi. Bunday sug‘urta shartlari sug‘urtalovchi bilan sug‘urtachi 
o‘rtasida tuziladigan shartnoma bo‘yicha belgilanadi. Bunday 
shartnomani tuzish, ijro etish va bekor qilish tartibi fuqarolik huquqi 
me’yorlari bilan tartibga solinadi. Shu bilan birga, ayrim masalalar, 
xususan, sug‘urtaning ixtiyoriy turlari bo‘yicha yuridik shaxslar uchun 
yillik xarajatlar normativning tegishli qismiga oid masalalar moliya 
huquqi me’yorlari bilan tartibga solinadi.
Sug‘urta shartnomasi 
yozma ravishdagi bitim bo‘lib, unga ko‘ra 
sug‘urta tashkiloti ko‘zda tutilgan sug‘urta hodisasi (voqyeasi) yuz 
berganida sug‘urtalanuvchiga yoki sug‘urta pulini olishga haqli bo‘lgan 
boshqa shaxsga yetkazilgan zararni qoplash yoxud sug‘urta pulini to‘lash 
majburiyatini, sug‘urtalanuvchi esa belgilangan muddatda sug‘urta 
to‘lovlarini (sug‘urta mukofotini) to‘lash majburiyatini oladi. 
Sug‘urta shartnomasida – sug‘urtalanuvchi va uning huquqiy vorisi, 
sug‘urtalovchi, sug‘urta puli va sug‘urta badalining miqdorlari, 
shartnomaning amal qilish muddati, sug‘urta hodisasining tavsifi va 
boshqa shartlar qayd etiladi.
Sug‘urta shartnomasida yoki qonunda nazarda tutilgan voqyeaning 
yuz berganligi sug‘urta xodisasi hisoblanadi. Bunday xodisa yuz 
berganida sug‘urtalovchining sug‘urtalanuvchiga, sug‘urta qilingan 
shaxsga yoki boshqa uchinchi shaxslarga sug‘urta haqi to‘lash 
majburiyati yuzaga keladi. 
Sug‘urta shartnomasini tuzish uchun sug‘urtalanuvchi sug‘urtalov-
chiga belgilangan shaklda yozma ariza taqdim etadi yoki sug‘urta 
shartnomasi tuzish niyatida ekanligi haqida mumkin bo‘lgan boshqa 
usulda ma’lum qiladi.
Sug‘urta shartnomasi, agar qonunlarda boshqacha holat nazarda 
tutilmagan bo‘lsa, tomonlar shartnomada belgilangan paytdan e’tiboran 
kuchga kiradi. 
Sug‘urta shartnomasi tuzilganligi sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchiga 
beradigan sug‘urta qoidalari ilova qilingan sug‘urta shahodatnomasi 
(polisi, sertifikati) bilan tasdiqlanishi mumkin. 
Sug‘urtalanuvchi vafot etgan, qonun bilan belgilangan tartibda 
salohiyatsiz yoki salohiyati cheklangan deb topilgan, sug‘urta shartno-
masi amal qilayotgan davrda sug‘urtalanuvchi yuridik shaxs huquqlarini 


210
yo‘qotgan hollarda sug‘urtalanuvchining huquq va burchlari uning 
merosxo‘rlari, vasiylari yoki huquqiy vorislariga o‘tadi. Sug‘urta qilingan 
mol-mulk sotilganda, almashtirilganda, sovg‘a qilinganda, ijaraga 
berilganda sug‘urtalanuvchining huquq va burchlari ana shu mol-mulkni 
olgan shaxsga utadi. 
Sug‘urta shartnomasining harakati quyidagi hollarda to‘xtatiladi: 
amal qilish muddati tugaganda; 
sug‘urtalovchi shartnoma bo‘yicha sug‘urtalanuvchini oldidagi 
majburiyatlarini bajarib bo‘lganida; 
sug‘urtalanuvchi sug‘urta badallarini shartnomada belgilangan 
muddatlarda to‘lamaganlikda; 
yuridik shaxs hisoblangan sug‘urtalanuvchi tugatilganda yoki 
jismoniy shaxs hisoblangan sug‘urtalanuvchi vafot etganda;
sug‘urtalovchi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda tugatilganda; 
sud sug‘urta shartnomasini haqikiy emas deb topish haqida qaror 
qabul qilganda; 
O‘zbekiston Respublikasida qonunlarida nazarda tutilgan boshqa 
hollarda. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin