Sug‘urtaning o‘ziga xos xususiyatlari.
O‘zbekiston Respublikasida
sug‘urta quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
215
1) sug‘urta munosabatlarning ehtimollik xarakteriga ega ekanligi.
Sug‘urta munosabatlari doimiylik xususiyatga ega emas. Sug‘urta vaqtida
sug‘urta xodisasi yuz berishining muddatini, sug‘urta hodisasidan
keltirilgan zararning hajmini oldindan ko‘ra bilish, shuningdek
manfaatlari himoya qilinadigan shaxslarni oldindan aniqlash mumkin
emas;
2) mablag‘larning qaytarib berilishi.
Sug‘urta to‘lovlari sug‘urta
jamg‘armalariga jamlanganidan so‘ng (ya’ni, sug‘urta tashkiloti
ko‘rsatgan xizmat uchun ketgan sarf-xarajatlar chegirib tashlangandan
so‘ng), sug‘urtalanuvchilarning o‘zlariga qaytariladi. Mazkur shakldagi
sug‘urtada sug‘urtalanuvchiga beriladigan sug‘urta to‘lovining hajmi
nafaqat zararning ko‘p yoki kamligiga, balki sug‘urta shartnomasining
shartlariga (masalan, muddatlariga) bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun qisqa
muddatli shartnoma sababli sug‘urtalanuvchiga mablag‘lar to‘lanma-
ganligi sug‘urta munosabatlarining ehtimollik xarakterini tasdiqlaydi,
lekin sug‘urtaning bunday xususiyati mavjud emasligini anglatmaydi.
Sug‘urta vaqtida ma’lum bir sug‘urtalanuvchiga emas, balki ularning
hammasiga mablag‘larni to‘lash nazarda tutiladi;
3) qayta taqsimlash munosabatlarning qat’iy belgilanganlik xarak-
teri
. Sug‘urta qilishda qayta taqsimlash munosabatlari – sug‘urta xodisasi
yuz berganida to‘lanadigan zarar summasining mazkur munosabatlar
barcha ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlashga bog‘liq. Sug‘urta
subyektlarining – yuridik va jismoniy shaxslarning pul jamg‘armalari
shaxslarning mulkiy va shaxsiy manfaatlarini himoya qiluvchi maxsus-
lashtirilgan korxonalarida (sug‘urta kompaniyalarida) to‘planadi. Sug‘urta
qilishda qayta taqsimlash munosabatlari – sug‘urta jamg‘armasini tashkil
etishda o‘z to‘lovlari bilan ishtirok etuvchi sug‘urtalanuvchilarning
umumiy soni, qoida tariqasida, sug‘urta xodisasi yuz berishi bilan zararni
qoplash huquqini oluvchi sug‘urtalanuvchilar sonining oshishiga
asoslanadi. Bu jamg‘armalarning faqat sug‘urtalanuvchilarga yetkazilgan
zararlarni qoplash uchun ishlatilishi sababli, sug‘urta to‘lovlarining hajmi
unda ishtirok etuvchi shaxslar soniga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni kanchalik
sug‘urtalanuvchilar doirasi kengaysa, zararni qoplashda ularga tegadigan
ulush hajmi kamayadi;
4) tashkil etiladigan jamg‘armadan samarali foydalanish.
Sug‘urta
mablag‘larini sarf qilish sug‘urta shartnomasi shartlariga asoslangan
qat’iy hollarda amalga oshiriladi. Sug‘urta shartnomasini tuzish va uning
shartlari fuqarolik huquqi me’yorlari bilan, shuningdek sug‘urta
to‘g‘risidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi.
216
Sug‘urtada moliyaning taqsimlash funksiyasi quyidagilarda namoyon
bo‘ladi:
Sug‘urtaning ogohlantirish funksiyasi.
O‘zbekiston Respublikasining
«Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 6-moddasiga binoan
sug‘urtalovchi sug‘urta hodisalari yuzaga kelishini bartaraf etish va oldini
olishga oid chora-tadbirlarni maxsus vakolatli davlat organi tomonidan
belgilangan tartibda va shartlarda moliyalashtirishga haqli.
Ogohlantirish yo‘sinidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadida
ajratiladigan majburiy sug‘urta badallarining miqdori O‘zbekiston
Respublikasi qonunlari bilan belgilab qo‘yiladi.
Sug‘urtalovchilar sug‘urtani amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq
bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas.
Quyidagilar bundan mustasno:
– maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartib va shartlardagi
investitsiya faoliyati;
– sug‘urta sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish bilan
bog‘liq faoliyat;
– sug‘urta agenti sifatidagi sug‘urta vositachiligi.
Sug‘urtaning qayta tiklash (himoya qilish) funksiyasi.
Sug‘urta
xodisasining yuz berishi va shartnomada ko‘rsatilgan ma’lum bir pul
summasining to‘lanishi bilan yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan
zarar qisman yoki to‘liq qoplanishi (qayta tiklanishi) yuz beradi.
Sug‘urtaning tejamkorlik funksiyasi.
Bu funksiya sug‘urtadan nafaqat
shaxsiy va mulkiy zararlarni, balki sug‘urta to‘lovi sifatida o‘tkazilgan
pul mablag‘larini ham himoya qilinishini ta’minlovchi vosita sifatida
namoyon bo‘ladi.
Sug‘urtaning nazorat funksiyasi.
Nazorat funksiyasi moliya huquqi-
ning asosiy funksiyasi sifatida, sug‘urtaga ham xosdir. Sug‘urtaning
nazorat funksiyasi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
– sug‘urta to‘lovlarining sug‘urta jamg‘armalarida qat’iy belgilangan
maqsadlar uchun to‘planishida;
– ulardan faqat qat’iy belgilangan subyektlar doirasi va qat’iy
belgilangan holatlarda foydalanilishida.
Ushbu funksiya taqsimlash funksiyasi bilan bir vaqtda namoyon
bo‘ladi.
Moliyaviy tizimning mustaqil zvenosi sifatida sug‘urta – iqtisodiy
munosabatlar yig‘indisidan iborat bo‘lib, sug‘urtalanuvchilardan (yuridik
va jismoniy shaxslardan) ixtiyoriy va majburiy asosda to‘lovlar undirish
orqali maxsus sug‘urta jamg‘armalari tashkil etiladi.
217
Shu o‘rinda sug‘urtaning jamiyatda tutgan o‘rni va ahamiyati
nimadan iborat degan savol tug‘ilishi tabiiy. Sug‘urta xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning doimiy funksiyalanishini va tadbirkorlarning normal
ishlashini ta’minlashda katta rol o‘ynaydi. Shuningdek, sug‘urta
fuqarolarning va oila «budjeti»ning shaxsiy daromadlariga sug‘urta
hodisasi yuz berishi bilan yetkazilgan zararni bartaraf etishda
ko‘maklashadi.
Sug‘urta qilishda yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh
turgan pul mablag‘lari pul muomilasidan chiqariladi. Demak, sug‘urta pul
muomilasini tartibga solishda hamda O‘zbekiston valutasi «SO‘M»ning
mustahkamlanishida ham ma’lum bir ahamiyatga ega.
Sug‘urta mamlakatda davlat krediti munosabatlari va davlat ichki
qarzining qoplanishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etishda ham
katta rol o‘ynaydi.
Sug‘urtaning asosiy roli shundan iboratki, u orqali, nazarda tutil-
magan xarajatlarni qoplash maqsadida, sug‘urta jamg‘armalari tashkil
etiladi.
O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta faoliyati bilan davlat tashkilot-
laridan tashqari, nodavlat tashkilotlari hamda kompaniyalar shug‘ulla-
nishi mumkin.
Mustaqillik sharofati bilan, davlat va sug‘urta tashkilotlari o‘rtasidagi
o‘zaro aloqalarning mazmuni tubdan o‘zgardi. Sug‘urta sohasidagi davlat
boshqaruvi usuli – davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish usuli
bilan almashtirildi.
Sug‘urta tashkilotlari faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi
– sug‘urta munosabatlari barcha ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy
manfaatlarini muhofaza etilishini ta’minlashga qaratilgandir.
Maxsus vakolatli davlat organi va uning xodimlari sug‘urta bozori
professional ishtirokchilarining ustav fondida va boshqaruv organlarida
ishtirok etishga, shuningdek sug‘urta vositachisi sifatida ish yuritishga
haqli emaslar.
Sug‘urtalovchilar qonunlarda nazarda tutilgan tashkiliy-huquqiy
shakllarda tuziladi. Sug‘urtalovchilarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati maxsus
vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziyalar asosida amalga
oshiriladi.
218
Litsenziya sug‘urtalovchiga hayotni sug‘urta qilish sohasida yoxud
umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun
beriladi. Hayotni sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga
oshirayotgan sug‘urtalovchi umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta
faoliyatini amalga oshirishga haqli emas, umumiy sug‘urta sohasining
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan ayrim turlari
(klasslari) bundan mustasnodir. Umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta
faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi hayotni sug‘urta qilish
sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
Litsenziyada sug‘urtalovchi amalga oshirishni nazarda tutayotgan
sug‘urta turlari (klasslari) ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni-
ning 27-moddasiga binoan chet el sug‘urta tashkilotlari qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda yuridik shaxslar – sug‘urta bozori professional
ishtirokchilarining muassislari (ishtirokchilari) bo‘lishlari mumkin.
Chet el sug‘urta tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi hududida
qayta sug‘urta qilishni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududidan
tashqariga chiqib ketayotgan transport vositalari va boshqa o‘ziyurar
mashinalar hamda mexanizmlar egalarining fuqarolik javobgarligini
sug‘urtalashni amalga oshirishga haqlidirlar. Bunda ana shunday sug‘urta
shartnomalarini tuzish sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari –
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari orqali amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |