O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   161
Moliya huquqi

2. Sug‘urtani huquqiy boshqarish 
Sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish. 
Sug‘urta 
munosabatlari moliya huquqi me’yorlari bilan ham, fuqarolik huquqi 
me’yorlari bilan ham tartibga solinadi. Fuqarolik huquqi sug‘urta 
sohasidagi shartnoma munosabatlarini tartibga soladi, moliya huquqi esa 
– davlat-hokimiyat ko‘rsatmalariga asoslangan ijtimoiy munosabatlarni 
tartibga soladi.
Moliya huquqi me’yorlari sug‘urta tizimini va uni tashkil etishni
sug‘urta turlarini, majburiy sug‘urta tartibini, sug‘urta faoliyati bilan 
shug‘ullanish uchun ruxsatnoma (litsenziya) berishni belgilab beradi. 
Moliya huquqi me’yorlari bilan tartibga solinadigan sug‘urta 
munosabatlarini 
unda ishtirok etuvchi subyektlarga qarab bir necha turga 
tasniflash mumkin: 


219
1) davlat (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati) va maxsus vakolatli 
davlat organi o‘rtasidagi munosabatlar; 
2) maxsus vakolatli davlat organi va sug‘urtalovchilar o‘rtasidagi 
munosabatlar. Ushbu munosabatlar ruxsatnomalar berishda, sug‘urta 
zahira-larini tashkil etish va sug‘urta tashkilotlari hisob-kitobining shakli 
va ko‘rsatkichlari qoidalarini o‘rnatishda, shuningdek xato-kamchiliklarni 
bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarda namoyon bo‘ladi; 
3) monopoliyaga qarshi kurash organlari va sug‘urtalovchi 
tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar. Bu munosabatlar sug‘urta bozorida 
monopolistik faoliyatni va g‘irrom raqobatni barham toptirishda namoyon 
bo‘ladi; 
4) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va sug‘urta nazorati 
organlari o‘rtasidagi munosabatlar. Bu munosabatlar mamlakatda sug‘urta 
faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish jarayonida yuzaga keladi; 
5) majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha bo‘ladigan munosabatlar. 
Barcha moliyaviy-huquqiy munosabatlarning majburiy subyekti bo‘lgan 
davlat – ma’lum bir fuqarolar doirasining shaxsiy va mulkiy manfaatlarini 
sug‘urtalovchi sifatida harakat qiladi. 
Bozor munosabatlari sharoitida davlat va korxonalar teng huquqli 
xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida namoyon bo‘ladilar. Ularning har biri 
faqat o‘z qarzlari uchun javob beradilar.
Sug‘urta jamg‘armalari markazlashgan va markazlashmagan 
tartibda tashkil etiladi.
Sug‘urta mablag‘larini markazlashgan usul 
vositasida tashkil etish – markazlashgan budjetdan yoki budjetdan 
tashqari jamg‘armalardan mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish orqali 
amalga oshiriladi. Budjetda har yili tabiiy ofatlar va favqulodda holatlarni 
ogohlantirish va bartaraf etish maqsadida tashkil etiladigan sug‘urta 
jamg‘armalariga ketadigan xarajatlar nazarda tutiladi. Yuqorida 
ko‘rsatilgan mablag‘lar, shuningdek budjetdan tashqari mablag‘lar 
hisobidan moliyaviy zahiralar tashkil etilib, sanoat korxonalari, qurilish 
va transportda favqulodda holatlarning natijalarini bartaraf etish bo‘yicha 
o‘tkaziladigan tadbirlar moliyalashtiriladi. 
Markazlashmagan tartibda sug‘urta jamg‘armalari – xo‘jalik yuri-
tuvchi subyektlarning o‘zlari tomonidan tashkil etiladi. O‘zini o‘zi 
sug‘urtalash jamg‘armalari zararlarni qoplash va nazarda tutilmagan 
xarajatlarni bartaraf etish maqsadida tashkil etiladi. Bunday jamg‘ar-
malarning tashkil etilishi korxonalar tomonidan ixtiyoriy tartibda amalga 
oshiriladi. Qonunchilikka binoan barcha mulk shaklidagi kredit va 


220
sug‘urta korxonalari majburiy zahira (sug‘urta) jamg‘armalarini tashkil 
etishlari lozim. Ushbu jamg‘armalar xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
tomonidan markazlashmagan holda foydalaniladi. Bu munosabatlarda, 
ijtimoiy sug‘urta singari, sug‘urta qonunining me’yorlari tatbiq etilmaydi.
Sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan maxsus 
vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Sug‘urta xizmatlari bozorini 
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2002-yil 27-yanvardagi 
413-sonli qaroriga muvofiq ravishda bunday organ O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi hisoblanadi. 
Sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha bevosita 
funksiyalarni Moliya vazirligi huzuridagi sug‘urta nazorati bo‘yicha 
Davlat inspeksiyasi amalga oshiradi. U sug‘urta munosabatlari barcha 
qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoyalashni 
ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududidagi sug‘urta 
tashkilotlari faoliyatini nazorat qilishga qaratilgan davlat organi bo‘lib, 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sug‘urta nazorati 
bo‘yicha Davlat inspeksiyasi to‘g‘risida nizom asosida faoliyat yuritadi.
Mazkur Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan 
iborat: 
– ijro etish uchun majburiy bo‘lgan to‘lov qobiliyati normativlarini 
belgilash va ularni aniqlash tartibi, ayrim xatarlar bo‘yicha sug‘urta 
qiluvchilarning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan cheklangan majburiyatlari 
va jami majburiyatlar miqdorini hisoblash usuli, sug‘urta qiluvchilarning 
to‘lov qobiliyati bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish tartibi va 
muddatlarini belgilash;
– sug‘urta bozori professional qatnashchilari tomonidan sug‘urta 
faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi, to‘lov qobiliyati 
bo‘yicha belgilangan normativlar va ular moliyaviy barqarorligining 
boshqa talablari bajarilishini nazorat qilish; 
– sug‘urta qiluvchilar tomonidan sug‘urta zahira mablag‘larini 
shakllantirish va joylashtirish bo‘yicha hisob yuritish hamda hisobot 
tuzish tartibini belgilash; 
– ijroiya organi rahbari va sug‘urta qiluvchi bosh buxgalteriga ijro 
etish uchun majburiy bo‘lgan malakaviy talablarni belgilash
– sug‘urta qiluvchilar tomonidan sug‘urta zahiralarini tashkil etish va 
joylashtirish tartibi va shartlarini belgilash; 


221
– sug‘urta qiluvchilar tomonidan sug‘urta hodisalarining oldini olish 
va ogohlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish tartibi va 
shartlarini belgilash; 
– sug‘urta bozori professional qatnashchilari faoliyatini tekshirish va 
aniqlangan tartibbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ijro etilishi majburiy 
bo‘lgan ko‘rsatmalarni kiritish; 
– qonunchilikda belgilangan tartibda sug‘urta qiluvchilar va sug‘urta 
brokerlari litsenziyalari yoki sug‘urta ayrim turlari (sinflari) hamda 
ularning amal qilishini to‘liq to‘xtatib qo‘yish; 
– har bir moliya yili tugashi bilan olti oy davomida sug‘urta 
faoliyatini tartibga solish va nazorat etish bo‘yicha faoliyat to‘g‘risida 
yillik hisobotlar hamda moliya yili davomida sug‘urta bozori ish faoliyati 
to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni bosib chiqarish; 
– qonunchilikka muvofiq ravishda boshqa vakolatlarni amalga 
oshirish. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sug‘urta 
nazorati bo‘yicha Davlat inspeksiyasi quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
– sug‘urta qiluvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchiligiga rioya etilishi va ular 
hisobotlarining to‘g‘riligini tekshirish, shuningdek, ular uchun belgilan-
gan to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichlari va boshqa moliyaviy barqarorlik 
talablari bajarilishini ta’minlash; 
– sug‘urta qiluvchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini 
litsenziyalash; 
– o‘z vakolatlari doirasida sug‘urta qiluvchilar ishini uslubiy jihatdan 
ta’minlash; 
– sug‘urta qoidalari (shartlari) bo‘yicha takliflar tayyorlash va 
sug‘urta majburiy turlari bo‘yicha sug‘urta tariflarini belgilash; 
– Davlat inspeksiyasida tasdiqlangan vaktdan boshlab sug‘urta 
munosabatlarining barcha qatnashchilari ijro etishi majburiy bo‘lgan 
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni amalga oshirish bo‘yicha 
normativ hujjatlar va metodik materiallarni ishlab chiqish; 
– sug‘urta faoliyati masalalariga oid qonunchilik hujjatlari loyiha-
larini ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun vazirlik rahbariyatiga 
taqdim etish; 
– sug‘urta qiluvchilarni tugatish va qayta tashkil etish vaqtida 
sug‘urta qildiruvchilarning manfaatlarini himoya qilish; 


222
– respublikada sug‘urta faoliyatining ahvoli va uning rivojlanish 
yo‘nalishlarini tahlil etish; 
– sug‘urta faoliyati bo‘yicha mutaxassislarni kasbiy tayyorlash va 
qayta tayyorlash yuzasidan tegishli tadbirlarni amalga oshirish, sug‘urta 
faoliyati masalalari bo‘yicha seminarlar va konferensiyalar tashkil etish. 
Davlat inspeksiyasi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va 
funksiyalarni bajarishi uchun quyidagi huquqlarga ega: 
– sug‘urta qiluvchilardan sug‘urta faoliyati to‘g‘risida belgilangan 
hisobot va ularning moliyaviy ahvoli to‘g‘rsidagi ma’lumotlarni olish, 
shuningdek, korxona, muassasa, tashkilotlar, banklar (kichik va o‘rta 
korxonalar, mikrofirmalardan tashqari), fuqarolardan o‘z zimmasiga 
yuklatilgan funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot, 
ma’lumotlarni olish; 
– sug‘urta qiluvchilar tomonidan sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilikka 
rioya etilishini nazorat qilish maqsadida ular faoliyatini tekshirish, buning 
uchun zarur bo‘lgan hollarda komissiyalar va ishchi guruhlari tashkil etish 
va boshq. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin