O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   161
Moliya huquqi

Majburiy sug‘urta. Majburiy sug‘urta 
deganda, O‘zbekiston Res-
publikasi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladigan sug‘urta tushuniladi. 
Majburiy sug‘urtada tomonlar sug‘urtaning ushbu turini tartibga 
soluvchi qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarga asosan sug‘urta 
shartnomasini tuzishlari lozim, ya’ni ushbu holda tomonlarning xohish-
irodasi hyech qanday ahamiyatga ega emas va, bundan tashqari, sug‘urta 
shartlari tomonlarning kelishuvi bo‘yicha o‘zgartirilishi mumkin emas, 
balki qonun talablariga qat’iy rioya etilishi shart. Boshqacha aytganda
qonuniy kuch asosidagi sug‘urta majburiy sug‘urta hisoblanadi.
Majburiy sug‘urta quyidagi turlarda bo‘lishi mumkin: budjet 
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan davlat majburiy sug‘urtasi va 
sug‘urtachilarning mablag‘lari hisobidan qilinadigan majburiy sug‘urta. 
Majburiy sug‘urtada yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar barcha 
huquqiy munosabatlarga xos bo‘lgan xususiyatlarga, xususan, ayni 
hokimiyat-mulkiy xususiyatga ega bo‘ladi. Shunday qilib, davlat 
majburiy sug‘urtalashning turlari, tartibi va shartlarini belgilab beradi. 
Davlat yoki u vakolat bergan organ majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha 
munosabatlar subyekti sifatida bevosita ishtirok etadi, ushbu muno-


211
sabatlarni tartibga solishda hokimiyat ko‘rsatmalar usulidan foydalanadi. 
Mazkur shart-sharoitlarni hisobga olgan holda, respublikamizning 
amaldagi qonunchiligi bilan belgilangan va moliya huquqi me’yorlari 
bilan tartibga solinadigan majburiy sug‘urtaning asosiy turlarini ko‘rib 
chiqamiz. 
Amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda 
havo, temir yo‘l, ichki 
suvlar va umumiy foydalaniladigan avtomobil transporti yo‘lovchilarini 
majburiy shaxsiy sug‘urtalash 
nazarda tutilgan.
Majburiy sug‘urta mazkur turining maqsadi havo, temir yo‘l, ichki 
suvlar va avtomobil transporti yo‘lovchilarini safar (samolyotda uchish) 
vaqtida yoki aeroport, vokzal, stansiya, pristanda bo‘lgan vaqtda baxtsiz 
hodisalardan himoyalashni ta’minlashdan iboratdir.
Majburiy sug‘urta qilinmaydigan yo‘lovchilar: 
– shahar atrofidagi temir yo‘l, ichki suvlar va avtomobil transporti 
yo‘lovchilari; 
– shahar yo‘nalishlaridagi avtomobil transporti yo‘lovchilari; 
– bir viloyat doirasidagi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 50 
km 
gacha bo‘lgan masofadagi avtomobil transporti yo‘lovchilari. 
Samolyot, poyezd, avtobus, kema va parom, sollarda umumiy 
foydalaniladigan yo‘nalishlarda (shahar ichi va shahar atrofi yo‘nalishlari 
bunga kirmaydi) yo‘lovchilarni tashuvchi transport tashkilotlarida bilet 
sotib olgan jismoniy shaxslar (yo‘lovchilar) – sug‘urtachilar, tegishli 
litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urta tashkilotlari esa – sug‘urta qiluvchilar 
hisoblanadi. 
Sug‘urta hodisalariga sug‘urta muddati davomida yuz bergan baxtsiz 
hodisa natijasida hamda baxtsiz hodisa to‘g‘risidagi dalolatnoma, 
shikastlanish, zaharlanish yoki o‘lim to‘g‘risida davolash-profilaktika 
muassasasi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi transport vositalariga chiptalar sotib olgan 
havo, temir yo‘l, ichki suvlar va umumiy foydalaniladigan avtomobil 
transporti yo‘lovchilarini majburiy shaxsiy sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta 
summasi bir yo‘lovchiga eng kam ish haqining 40 barobari miqdorida 
belgilangan bo‘lib, to‘lov miqdori – eng kam ish haqi summasidan 0,2 
foizdir. 
Erkin ayirboshlanadigan xorijiy valutaga chipta sotib olinayotgan 
vaqtda sug‘urta summasi 20000 dollarni, sug‘urta mukofoti miqdori – 2 
dollarni yoki bu summaning boshqa chet el valutasidagi ekvivalentini 
tashkil etadi.


212
Sug‘urta mukofoti bilet narxiga kiritiladi. Havo, temir yo‘l, ichki 
suvlar va umumiy foydalaniladigan avtomobil transportidan bepul 
foydalanish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilar amaldagi qonunchilikka 
muvofiq ravishda haq yoki sug‘urta to‘lovini to‘lamasdan majburiy 
sug‘urta qilinadi. 
Yo‘lovchilar biletlarni sotib olganlaridan keyin boshlang‘ich jo‘nash 
punkti hududi (aeroport, vokzal, stansiya, pristan)da bo‘lgan vaqtidan 
boshlab transport vositasi jadval bo‘yicha jo‘nab ketguniga qadar bir 
soatdan ortiq bo‘lmagan vaqt qolganida sug‘urta qilingan hisoblanadi. 
Yo‘lovchi aeroport, vokzal, pristan so‘nggi jo‘nash punkti hududidan 
chiqib ketganidan keyin sug‘urta muddati tugaydi. 
Sug‘urta qilingan yo‘lovchi transportdagi baxtsiz hodisa natijasida 
shikastlangan yoki umumiy mehnat qobiliyatini yo‘qotgan bo‘lsa, unga 
turar joyidagi sug‘urta inspeksiyasi (sug‘urta organi) tomonidan sug‘urta 
summasi to‘lanadi.
Sug‘urta to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha nizolar sug‘urta organlari 
tomonidan bir oylik muddatda ko‘rib chiqiladi. Sug‘urtachining talablari 
qondirilmagan holda, u sudga murojaat qilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida transport vositalarini ishlatish 
natijasida zarar yetkazilgan jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy 
manfaatlarini himoyalash uchun 1995-yil 1-yanvardan boshlab 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin