230
Banklar boshqa turdagi operatsiyalarni ham amalga oshirishlari
mumkin jumladan:
– mablag‘ egasi yoki mablag‘ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan
shartnomaga binoan pul mablag‘larini boshqarish;
– chet el valutasini naqd pul va naqd bo‘lmagan pul
shakllarida
yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish;
– pul mablag‘lari, veksellar, to‘lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso
qilish;
– uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda
tutuvchi
kafolatlar berish;
– uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish
huquqini olish;
– qimmatli qog‘ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish
va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli
qog‘ozlarni
boshqarish, qimmatli qog‘ozlar bilan boshqa operatsiyalarni
bajarish;
– bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko‘rsatish;
– jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni
saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po‘lat
sandiqlarni ijaraga
berish;
– moliyaviy lizing;
– xalqaro bank amaliyotiga muvofiq, litsenziyada maxsus ko‘rsa-
tilgan boshqa operatsiyalar.
Banklar ishlab chiqarish, savdo va sug‘urta faoliyati bilan shug‘ul-
lanishga haqli emaslar.
Bank operatsiyalari tijorat xarakteriga ega. Bank xizmati pullik
bo‘lib, uning miqdori bank bilan mijoz o‘rtasida tuzilgan fuqarolik-
huquqiy bitimi asosida belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: