O‘zbek SO‘Mini joriy qilish zarurati. Sobiq Ittifoq parchalanib
ketganidan so‘ng MDH mamlakatlari o‘rtasida yagona pul birligini saqlab
qolishga aslo hojat qolmadi. Ayni paytda davlatlar mustaqil moliyaviy
siyosat yurita boshladi.
Bunday sharoitda:
birinchidan, respublikalarda moliya sohasida yuz berishi mumkin
bo‘lgan o‘zgarishlarni oldindan bilish mushkul bo‘lib qoldi;
ikkinchidan, naqd pulsiz mablag‘ harakati bilan bog‘liq to‘lovlar
ancha cheklandi;
uchinchidan, mintaqalararo foiz me’yorlari o‘rtasidagi farq kuchaydi;
turtinchidan, pul qadrsizlana boshladi;
beshinchidan, Rossiya Markaziy banki tomonidan MDH mamla-
katlarini naqd pul va kreditlar berishning muntazamligiga rioya qilinma-
gani, mablag‘ yetishmasligi va iqtisodiy faoliyatda beqarorlikka olib
keldi;
oltinchidan, turli respublikalarda pulning har xil darajada qadrsizla-
nishi, mintaqada iste’mol mollarini kamaytirib yubordi;
yettinchidan, Hukumatlar o‘rtasida ishonch va hamjihatlik yo‘qligi,
shuningdek, unchalik muhim bo‘lmagan masalalar bo‘yicha xatti-
harakatlar ahvolni battar og‘irlashtirdi.
Yuzaga kelgan sharoit mustaqil davlatlarning, shu jumladan O‘zbe-
kistonning o‘z milliy pulini, ya’ni SO‘Mini joriy etishni taqozo qildi. Shu
tariqa o‘zbek SO‘Mi dunyoga keldi. SO‘Mni joriy etishda O‘zbekiston
o‘zi tanlagan yo‘ldan bordi.
Har qanday davlatning pul tizimi huquqiy tartibga solishning obyekti
hisoblanadi. Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-
moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi o‘z moliya va pul kredit
tizimiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi hududida pul siyosatini amalga oshirishda
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining roli juda ham kattadir. Pul
tizimi hamda pul muomilasini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomonidan olib boriladi.