O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


O‘zbekiston Respublikasida pul tizimi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   161
Moliya huquqi

O‘zbekiston Respublikasida pul tizimi 
– bu respublikada pul 
muomilasini tashkil etish shakl va usullarini huquqiy tartibga solish 
demakdir.
Demak, pul tizimi konstitutsiyaviy maqomga ega. Pul to‘g‘risidagi 
konstitutsiyaviy me’yorlar, bir vaqtning o‘zida konstitutsiyaviy (davlat) 
huquqning ham, moliya huquqining ham me’yori hisoblanadi.


249
O‘zbekiston Respublikasida pul kompleks ravishda, ya’ni turli huquq 
sohalari bilan tartibga solinadi. Jumladan, moliya 
huquqi me’yorlari 
O‘zbekiston Respublikasi pul tizimining holatini belgilab beradi. Bundan 
tashqari, moliya huquqi me’yorlari yordamida pulning normal funksiya-
lanishi, ya’ni pul birliklarining to‘lov qobiliyati, naqd pul birliklari 
muomilasi tartibi, hisob-kitoblarni tashkil etish asoslari va boshqalar 
ta’minlanadi. 
Fuqarolik huquqi me’yorlari 
pulga (pul birliklariga) 
bo‘lgan mulkchilikni, fuqarolik-huquqiy xarakteridagi bitimlardagi hisob-
kitoblarni tartibga soladi.
Ma’muriy huquq me’yor-lari 
pul tizimi 
sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni tartibga 
soladi. 
Jinoyat huquqi me’yorlari 
esa, pul tizimiga qarshi qaratilgan 
jinoyatlar uchun javobgarlikni tartibga soladi. 
Shunday qilib, davlatning pul tizimiga huquqning deyarli barcha 
sohalari ta’sir ko‘rsatadi. 
Pul tizimiga bag‘ishlangan maxsus moliyaviy-huquqiy me’yorlar 
«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunda 
mustahkamlangan. Bundan tashqari, pul tizimiga taalluqli bo‘lgan ba’zi 
bir me’yorlar O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati 
to‘g‘risida»gi qonunda, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodek-
sida va boshqa bir qancha qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan. 
Pul tizimi funksiyalanishini ta’minlovchi moliyaviy-texnik masalalar, 
ya’ni pul birliklarini yasash, ularni o‘tkazish, saqlash va inkassatsiya 
tartibi, pul birliklarining zahira jamg‘armalarini tashkil etish, to‘lov 
qobiliyati xususiyatlari va tartibini o‘rnatish, shikastlangan pul belgilarini 
almashtirish va muomiladan chiqarish va boshqalar qonun asosida 
chiqariladigan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy 
aktlari bilan tartibga solinadi. 
O‘zbekiston Respublikasi pul tizimi bir necha elementlardan tashkil 
topgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin