O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Markaziy bank qo‘llaydigan choralar va sanksiyalar (53-m.)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   161
Moliya huquqi

Markaziy bank qo‘llaydigan choralar va sanksiyalar (53-m.). 
Banklar va ularning filiallari iqtisodiy normativlarni belgilovchi 
banklarga oid qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, Markaziy bank ustav 
kapitalining eng kam miqdoridan 0,1 foizgacha jarima undirish yohud 
ayrim operatsiyalarni o‘tkazishni olti oygacha bo‘lgan muddatga cheklab 
qo‘yish huquqiga ega. 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
1. Sug‘urta sohasidagi davlat boshqaruv va nazorat organlari faoliyati 
nimalardan iborat? 
2. Markaziy bankning huquq va majburiyatlari qanday. 
3. Ixtiyoriy va majburiy sug‘urta va uning turlari.
4. Bank operatsiyalari va uning turlari. 


244
8-MAVZU: PUL MUOMALASINING HUQUQIY ASOSLARI.
VALUTA VA INVESTITSIYA QONUNCHILIGI ASOSLARI
1. «Pul» tushunchasi, tizimi va turlari. 
2. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni huquqiy tartibga solish. 
3. Valutani tartibga solishning huquqiy asoslari. 
4. Investitsiya faoliyatini huquqiy boshqarish. 
1. «Pul» tushunchasi, tizimi va turlari 
Davlatning xo‘jalik-tashkiliy funksiyasi – pul muomilasini huquqiy 
tartibga solish orqali amalga oshiriladi. Davlat pul yordamida mamlakat-
ning iqtisodiyotiga ta’sir ko‘
ɪɫɚɬɚɞɢ
, ya’ni pul yordamida mehnat va 
iste’mol hisobga olinadi, ular nazorat qilinadi; xo‘jalik yuritishning 
usullari amalga oshiriladi; iqtisod 
ɪɟɠɢɦɢ ɜɚ
xo‘jalik hisoboti 
mustahkamlanadi. Umuman olganda, davlat puldan iqtisodni tashkil etish 
maqsadida foydalanadi. 
Davlat pul tizimi 
– bu davlat tomonidan pul muomilasining tashkil 
etish usulining o‘rnatilishi. 
Tabiiyki, pulning o‘zi 
ɧɢɦɚ ɞɟɝɚɧ
savol tug‘iladi? Oldingi darslardan 
bizga ma’lumki, pul – bu iqtisodiy kategoriyadir. Iqtisodiy adabiyotlarda 
ko‘rsatilishicha, pul ekvivalent sifatida xizmat qiluvchi maxsus tovar turi 
hisoblanadi.
Pul iqtisodiy kategoriya sifatida turli xil vazifalarni bajaradi. Pul, 
birinchi navbatda, tovar va tovarsiz ko‘rinishdagi (soliqlar, jarimalar) 
operatsiyalarni amalga oshirishda to‘lov vositasi sifatida xizmat qiladi. 
Pulning asosiy vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: narx 
hajmini belgilash; muomila vositasi; to‘lov vositasi; jamlash va omonat 
vositasi; dunyo pullari. 
Iqtisodiy va noiqtisodiy munosabatlarni tartibga solishda pulning roli 
kattadir. Pul yordamida kredit va boshqa operatsiyalar amalga oshiriladi. 
Shu sababli pul iqtisodni, uning ayrim bir sohalarini, iqtisodiy fao-
liyatning ayrim subyektlarini, shuningdek ijtimoiy sohani rivoj-
lantirishning samarasi bo‘lib hisoblanadi. Pul yordamida davlat va 
jamiyatning ortiqcha iqtisodiy va noiqtisodiy operatsiyalarini amalga 
oshirish qisqartiriladi. Masalan, davlat boshqa import tovarlariga nisbatan 
o‘zining tovar munosabatlariga yuqori bojxona bojini o‘rnatishi mumkin 
va boshq. 


245
Pul mamlakat iqtisodining holatini, birinchi navbatda, bozorlarning 
tovarlar bilan to‘ldirilganligini, iqtisodiy va noiqtisodiy munosabatlar 
subyektlarining moliyaviy ta’minlanganlik darajasini ifoda etadi. 
Pul –
bu shunday maxsus tovarki, u boshqa hamma tovarlar uchun 
umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Hamma tovarlar singari pul ham, 
qiymatga va iste’mol qiymatiga ega. Shu ma’noda u boshqa oddiy 
tovarlardan farq qiladi.
Pul bozor iqtisodiyotining muhim omilini tashkil qiladi. Hozirgi 
iqtisodiy hayot, xususan, bozor iqtisodiyoti pul bilan tirikdir. Pul 
bo‘lmagan joyda bozor iqtisodiyoti bo‘lishi mumkin emas. Bozor iqtisodi 
tovarlar va tovarlashgan xizmatlarning ishlab chiqarishidan boshlab, to 
iste’molgacha bo‘lgan harakatdan iboratki, bu pul vositasida amalga 
oshadi. Ishlab chiqarish resurslari bozorda pulga xarid qilinib, tovarlar 
yaratiladi va pul daromadlariga ayirboshlashib, iste’molga o‘tadi. 
Tovarlar iste’molgami yoki investitsiya (ishlab chiqarish) uchun sarf 
etiladimi, baribir pul yordamida harakatga keladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomilasini uyushtirish, pullarni 
ayirboshlash, ularni saqlash, taqsimlash, bo‘sh pulni qarzga berish, ya’ni 
uni sotish, pul vositasida moliyani tashkil etish kabi iqtisodiy aloqalar 
yanada kuchayib, murakkablashib boradi. Pul shaklidagi mablag‘lar bozor 
orqali resursga aylanadi va ular ishtirokida tovarlar yaratiladi hamda 
sotilib, yana pul ko‘rinishiga keladi. 
Bizga ma’lumki, turli davlatlarda turli vaqtlarda pul vazifasini har xil 
tovarlar bajarib kelgan. Bunda ma’lum bir hududda yashovchi aholining 
geografik, milliy va boshqa xususiyatlari, shuningdek bu hududlarning 
xo‘jalik faoliyatining xususiyatlari hisobga olinar edi. Vaqt o‘tishi bilan 
deyarli barcha davlatlarda universal pul vositasi hisoblangan – oltin 
qo‘llanila boshlandi. Oltin ko‘pgina o‘ziga xos xususiyatlarga ega: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin