O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   161
Moliya huquqi

birinchidan, banklar 
va ularning filiallari iqtisodiy normativ-larni 
belgilovchi banklarga oid qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, Markaziy 
bank ustav kapitalining eng kam miqdoridan 0,1 foizgacha jarima 
undirish yoxud ayrim operatsiyalarni o‘tkazishni olti oygacha bo‘lgan 
muddatga cheklab qo‘yish huquqiga ega; 
ikkinchidan, 
agar yo‘l qo‘yilgan tartib buzilishlar yoki bank 
o‘tkazayotgan operatsiyalar omonatchilar va kreditorlarning manfaatla-
riga aniq xavf tug‘dirgan bo‘lsa, Markaziy bank: 
a) banklardan ustav kapitali eng kam miqdorining 1 foizidan 
oshmagan summada jarima undirishga; 
b) bankdan bankni moliyaviy sog‘lomlashtirish, shu jumladan 
aktivlar tuzilmasini o‘zgartirish, bank xarajatlarini kamaytirish va 
aksiyadorlarga dividendlar to‘lashni to‘xtatish tadbirlarini ko‘rishni bank 
yoki uning filiali rahbarlarini almashtirishni, bankni qayta tashkil etishni, 
filialni tugatishni talab qilishga; 


238
d) bank uchun iqtisodiy normativlarni olti oylik muddatgacha 
o‘zgartirishga; 
ye) bankning ayrim bank operatsiyalarini amalga oshirishni bir 
yilgacha bo‘lgan muddatga, shuningdek filiallar ochishni ham shuncha 
muddatga taqiqlab quyishga; 
f) bankni moliyaviy sog‘lomlashtirish yoki Markaziy bank ko‘rsatma-
larini bajarish uchun zarur bo‘lgan davrda mansabdor shaxslar va 
aksiyadorlar ega bo‘lgan barcha vakolatlarni vasiyga berib, bankka 
vasiylik qilish tartibini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilishga; 
g) bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 
litsenziyani qaytarib olishga haqlidir; 
uchinchidan, 
bank filiallari to‘lovlarni o‘z vaqtida o‘tkazmagan va 
ularning vakillik hisobvaraqalari qoniqarsiz ahvolda bo‘lgan hollarda 
Markaziy bank filiali ushbu harakat natijasida olgan daromadini qat’iy 
tartibda undirib oladi, shuningdek shuncha miqdorda jarima soladi. 
Markaziy bankning nazorat olib borish funksiyasi bilan bog‘liq 
bo‘lgan qarorlari ustidan tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Xo‘jalik sudiga shikoyat qilishlari mumkin.
Qonunchilikka binoan banklar o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarni 
bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan kredit 
olish bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin. 
Markaziy bank tijorat banklariga kredit berish jarayonida ular bilan 
fuqarolik-huquqiy munosabatlariga, ya’ni tomonlarning yuridik tengligiga 
asoslangan munosabatlarga kirishadilar. 
Qarz oluvchilar – yuridik shaxslar, shuningdek tijorat banklari va 
boshqa kredit muassasalari o‘zlariga yuklangan majburiyatlarni 
bajarmasalar (masalan, kreditlarni o‘z vaqtida qaytarmaslik), belgilangan 
tartibda to‘lovga qobiliyatsiz (bankrot) deb e’lon qilinadi.
Tijorat banklarining yoki boshqa kredit muassasasining, boshqa 
yuridik shaxslar singari, to‘lovga qobiliyatsiz (bankrot) deb topish 
O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan 
«Bankrotlik to‘g‘risida»gi qonuni asosida amalga oshiriladi. Qonunning 
107-moddasiga binoan bankni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza 
xo‘jalik sudi tomonidan ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini 
beruvchi litsenziya qaytarib olingandan keyingina qabul qilinadi. 
Markaziy bank tomonidan litsenziyani qaytarib olish faqatgina tijorat 
banklarining o‘z majburiyatlarini to‘liq va o‘z vaqtida bajara olmasligi 


239
fakti aniqlangan hollarda amalga oshiriladi. Markaziy bank tomonidan 
litsenziyaning qaytarib olinishi, xo‘jalik sudining albatta tijorat bankini 
yoki boshqa kredit muassasasini bankrot deb e’lon qilish to‘g‘risida qaror 
chiqarishini anglatmaydi. Xo‘jalik sudlari bankni to‘lovga qobiliyatsiz 
(bankrot) deb topish haqidagi arizani rad etish to‘g‘risida yoki tegishli 
qayta tashkil etish tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni qabul 
qilishlari ham mumkin. 
Qarzdor bankning ixtiyoriy ravishda o‘zini bankrot deb e’lon 
qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qarzdor bank kreditorlarning talablarini qondirishga qodir bo‘lmagan 
taqdirda yuzaga keladigan munosabatlar hamda banklarning bankrotligi 
to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishning xususiyatlari qonunlarda 
belgilangan tarzda tartibga solinadi. 
«Bankrotlik to‘g‘risida»gi qonunga binoan xo‘jalik sudi tomonidan 
qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishi tugatishga 
doir ish yuritishning boshlanishiga olib keladi.
Qarzdor bankrot deb e’lon qilingan paytdan boshlab qarzdorning o‘z 
mol-mulkini tasarrufidan chiqarishi, o‘zga shaxsga berish va pul 
majburiyatlarini to‘lashi taqiqlanadi, hisob-kitob hisobvarag‘i bo‘yicha 
operatsiyalar, dividendlar va majburiy to‘lovlar to‘lash to‘xtatib qo‘yiladi. 
Qarzdorning barcha qarz majburiyatlari muddati o‘tib ketgan deb 
hisoblanadi, unga yangi talablarni taqdim etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Qarzdor qarzlarining barcha turlari bo‘yicha penyalar va foizlar 
hisoblash bekor qilinadi. Qarzdorning mol-mulkiga undiruvni qaratishga 
nisbatan barcha cheklashlar olib tashlanadi. Agar qabul qilingan qarorlar 
qonuniy kuchga kirmagan bo‘lsa, xo‘jalik sudida ko‘rilayotgan qarzdor 
ishtirokidagi barcha mulkiy nizolar tugatiladi. Shu paytdan boshlab 
mulkiy va moliyaviy tusdagi barcha talablar qarzdorga faqat tugatishga 
doir ish yuritish doirasida qo‘yilishi mumkin. 
Ishonchli shaxs, kreditorlar yig‘ilishi (qo‘mitasi), qarzdor va boshqa 
manfaatdor taraflar tugatishga doir ish yuritishning ishtirokchilaridir. 
Xo‘jalik sudi bankrotlik to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda 
tugatish komissiyasi ayni shu sud tomonidan tuziladi.
Tugatish komissiyasining xatti-harakatlari ustidan xo‘jalik sudiga 
shikoyat qilish mumkin. 
Yuridik shaxsni, shu jumladan banklar va boshqa kredit 
muassasalarini bankrot deb e’lon qilish tartibi «Bankrotlik to‘g‘risida»gi 
qonunda batafsil ko‘rsatib o‘tilgan. Yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan 
tegishli ravishda chiqarilgandan so‘ng tugatilgan hisoblanadi.


240

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin