O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


 Banklar faoliyatining huquqiy asoslari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   161
Moliya huquqi

4. Banklar faoliyatining huquqiy asoslari 
Kredit va moliya operatsiyalarining asosiy qismini qamrab oladigan 
kredit tizimining hal qiluvchi bo‘g‘ini bank tizimidir. 
Bank tizimi 
bir bosqichli 
va 
ikki bosqichli 
bank tizimiga bo‘linadi. 
Bir bosqichli bank tizimi.
Bu tizim doirasida barcha kredit 
muassasalari, jumladan, markaziy bank ham, yagona bosqichda turadi. 
Shuningdek, mijozlarga kredit-hisob xizmati ko‘rsatishda bir xil vazifani 
bajaradi. Tuzilishning bunday tamoyili asosan iqtisodiy tuzilmalari sust 
rivojlangan mamlakatlarga, shuningdek boshqaruvning totalitar, 
ma’muriy-buyruqbozlik tartiblari hukm surayotgan davlatlarga xos. 
Ikki bosqichli bank tizimi.
Mazkur tizim banklar o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarni ikki yo‘nalishda, ya’ni: bo‘yiga (vertikal) va eniga 
(gorizontal) yo‘nalishda tuzilishiga asoslanadi. Bo‘yiga (vertikal)–
rahbarlik qiluvchi, boshqaruvchi markaz hisoblangan Markaziy bank 
bilan quyi bo‘g‘inlar – tijorat va ixtisoslashgan banklar o‘rtasidagi 
bo‘ysunish munosabatlari, eniga (gorizontal) – turli quyi bo‘g‘inlar 
o‘rtasidagi teng huquqli sheriklik munosabatlari tushuniladi. 
Konstitutsiyamizning 124-moddasiga binoan O‘zbekiston Respubli-
kasining bank tizimini Respublika Markaziy banki boshqaradi. 
 Bank tizimining tarkibiy qismlari. 
O‘zbekiston Respublikasining 
bank tizimiga quyidagilar kiradi: 
a) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va unga tobe bo‘lgan 
muassasalar; 
b) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki; 
d) Respublika aksiyali-tijorat sonoat-qurilish banki
ye) Respublika aksiyali-tijorat agrosanoat banki; 
f) Pay, aksiya asosida, shuningdek chet el kapitali ishtirokida tuzilgan 
tijorat banklari, ularning filiallari; 
g) Kooperativ va xususiy banklar. 
Tijorat, kooperativ va xususiy banklar O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki va boshqa banklar bilan o‘zaro munosabatlarini shart-
noma asosida quradilar. 
Har bir bankning vazifalari banklar tomonidan ishlab chiqiladigan va 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ro‘yxatidan o‘tkaziladigan o‘z 
ustavlari bilan begilanadi. 
Tijoart banklarining faoliyati Respublika Markaziy banki tomonidan 
ular uchun iqtisodiy normativlar belgilab berilishi va ularning faoliyati 


241
ustidan nazorat qilinishi yo‘li bilan boshqariladi. O‘zbekiston Respub-
likasi banklariga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati 
bilan boshqa respublikalarda va chet ellarda kredit muassasalari, bank 
filiallari ochish huquqi beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el banklarining filiallari, 
shuningdek chet el kapitali ishtirokidagi banklar ochishga ruxsat berish 
huquqiga egadir. 
Banklar o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtirish maqsadida uyushmalar, 
assotsiatsiyalar va boshqa xil tashkilotlar tuzishlari mumkin. 
O‘zbekiston respublikasining Markaziy banki bank tizimida yetakchi 
o‘rinni egallaydi va respublikaning davlat, emission va zahira banki 
hisoblanadi hamda «Markaziy bank to‘g‘risida»gi qonun asosida faoliyat 
yuritadi. 
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki yuridik shaxs hisob-
lanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdiqlagan o‘z nizomiga 
egadir. 
Davlat boshqaruv idoralari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
ish faoliyatiga aralashishga haqli emasdir. Markaziy bank davlatning bosh 
banki hisoblanadi, davlatning bank tizimida yetakchi o‘rin egallaydi 
hamda universal va ixtisoslashgan banklar faoliyatini yo‘naltiruvchi 
«banklar banki» vazifasini bajaradi. U iqtisodiy jihatdan mustaqil, o‘z 
xarajatlarini daromadlari hisobidan qoplaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi «Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunning 
3-moddasida Markaziy bankning bosh maqsadi va asosiy vazifalari 
berilgan bo‘lib, unga ko‘ra Markaziy bankning bosh maqsadi valutaning 
barqarorligini ta’minlashdan iborat. Uning asosiy vazifasi quyidagilardan 
iborat: 
-
pul muomalasini tartibga solish; 
-
milliy valutaning barqarorligini ta’minlash; 
-
yagona pul-kredit siyosatini yuritish; 
-
hisob-kitob va kassa xizmatini ko‘rsatishni tashkil etish; 
-
omonatchilar va banklarning manfaatlarini himoya qilish qilish; 
-
tijorat banklari va boshqa kredit muassasalarining faoliyatini 
nazorat qilish; 
-
tashqi iqtisodiy faoliyat operatsiyalarini amalga oshirish. 
O‘zbekiston Respublikasi «Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunning 
8-moddasida. Markaziy bankning tashkiliy tuzilishi berilgan bo‘lib unga 
asosan O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishiga 


242
muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti, Toshkent shahri va 
viloyatlarning markazlarida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan 
Markaziy bankning hududiy boshqarmalari tashkil etilgan. Ular Markaziy 
bank boshqaruviga hisobdor bo‘lib, uning qarorlari asosida tuziladi va 
tugatiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z zimmasiga yuklatilgan 
vazifalarni amalga oshirish uchun tegishli xizmatlar va muassasalar 
ochish huquqiga ega. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi oldida hisobdor bo‘lib, boshqaruv va ijro etuvchi davlat 
hokimiyati idoralari oldida mustaqildir. 
Markaziy bankning oliy organi uning Boshqaruvidir. Boshqaruv 
Markaziy bank siyosati va faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab 
beradi, bankni boshqaradi (15-m.). 
Boshqaruv tarkibi 11 kishidan iborat bo‘ladi (16-m.). Boshqaruv 
tarkibiga Markaziy bank raisi, uning o‘rinbosarlari, shuningdek bankning 
asosiy bo‘limlari rahbarlari kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga rahbarlikni rais, uning 
muovinlari va a’zolaridan iborat boshqaruv amalga oshiradi. Boshqaruv 
raisini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tayinlab, so‘ngra uni 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdiqlaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyati O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining tegishli qo‘mitasi yoki uning topshirig‘i 
bilan auditor tashkilotlari tomonidan tekshirilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘zining ish faoliyatida 
tijorat banklarining ishlashi va banklar o‘rtasida halol raqobat prinsiplari 
joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratilishiga yordam beradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklarining 
kundalik faoliyatiga aralashmaydi. 
Tijorat banklarining moliyaviy jihatdan mustahkamligini ta’minlash, 
ularning kredit oluvchilari va omonatchilarining manfaatlarini himoya 
qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat 
banklari uchun quyidagi iqtisodiy normativlarni belgilaydi: 
-
yangidan tashkil etilayotgan tijorat banklari va xususiy banklar 
uchun ustav fondining eng kam miqdori bank ish boshlagunga qadar 
muassislar tomonidan to‘langan bo‘lishi kerak; 
-
bankning o‘z mablag‘lari miqdori bilan uning aktivlari summasi 
o‘rtasidagi yo‘l qo‘yiladigan eng katta nisbat; 


243
-
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga joylashtirilgan 
majburiy rezervlarning miqdori; 
-
bir qarz oluvchiga tavakkal qilib beriladigan qarzning eng katta 
miqdori; 
-
balans barqarorligining ko‘rsatkichi; 
-
fuqarolar omonatlari sug‘urtasining umumiy bank fondiga va o‘z 
rezerv fondiga foydadan ajratmalar normativlari. 
Tijorat banki iqtisodiy normativlarni buzgan taqdirda O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki ana shu holga barham berish muddatlari va 
shartlarini belgilaydi. 
Normativlar muntazam ravishda buzilgan, O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining bank operatsiyalarini normativlarga muvofiqlash-
tirish muddatlari va shartlariga doir ko‘rsatmalari bajarilmagan, yil zarar 
ko‘rib yakunlangan, bank kreditorlari manfaatlariga xavf soladigan ahvol 
yuzaga kelgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat 
banki muassislari (qatnashchilari) oldiga yoki tegishli idora oldiga 
quyidagi masalalarni qo‘yishi mumkin: 
-
bankni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini 
ko‘rish; 
-
bankni qayta tashkil etish; 
-
bankni tugatish kabilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin