O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Bank operatsiyalari quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   161
Moliya huquqi

Bank operatsiyalari quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: 
a) banklar va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlar uzoq muddatga 
mo‘ljallangan bo‘ladi; 
b) bank va mijozlarning teng emasligi; 
d) bank xizmatlari barcha mijozlarga bir xilda ko‘rsatiladi; 
ye) bank operatsiyalarining ishonchli xarakteri, ya’ni bank mijozga 
ishonmagan hollarda kredit berishdan bosh tortishi mumkin; 
f) turli davlatlarda bank operatsiyalarining bir xilda huquqiy tartibga 
solinishi.


231
Banklar bank operatsiyalarini Markaziy bank tomonidan berilgan 
litsenziyalar asosida amalga oshiradi. Jumladan, «Banklar va bank 
faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga binoan bank, shu jumladan chet el banki
O‘zbekiston Respublikasida o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi. 
Litsenziyada bank bajaradigan operatsiyalar ro‘yxati ko‘rsatiladi. 
Litsenziyasiz amalga oshiriladigan bank faoliyati g‘ayriqonuniy deb 
hisoblanadi va bunday faoliyat natijasida olingan daromad davlat 
budjetiga olib quyilishi lozim. 
Litsenziya – belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan 
berilgan va uning egasiga unda belgilangan faoliyatni amalga oshirish 
huquqini beradigan, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan hujjat. 
Demak, 
bank litsenziyasi 
– O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki tomonidan, qonunda belgilangan tartibda, banklarga bank 
operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beradigan hujjat. 
Amaldagi qonunchilikka binoan banklar faqat bank litsenziyasida 
ko‘rsatilgan bank operatsiyalarini amalga oshirishlari mumkin. 
Tijorat banklariga ikki xildagi bank litsenziyasi berilishi mumkin: 
a) bank operatsiyalarini milliy valutada amalga oshirish huquqini 
beruvchi litsenziya; 
b) bank operatsiyalarini xorij valutasida amalga oshirish huquqini 
beruvchi litsenziya.
Bank krediti iqtisodiy kategoriya sifatida ssuda kapitali harakatining 
bir ko‘rinishi bo‘lib hisoblanadi. Bank kreditida shunday iqtisodiy (pul) 
munosabatlar yuzaga keladiki, unda banklar tomonidan yig‘ilgan 
davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh turgan pul 
mablag‘lari qaytarish sharti bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, 
shuningdek fuqarolarga beriladi. Bank krediti yordamida yuridik va 
jismoniy shaxslar o‘zlarining pul mablag‘lariga bo‘lgan turli ehtiyojlarini 
qondiradilar. 
Bank krediti jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar huquq 
me’yorlari bilan tartibga solinadi va shu sababli ular huquqiy shaklga ega 
bo‘ladi.
Bank krediti jarayonida yuzaga keluvchi ijtimoiy munosabatlarning 
murakkabligi, xilma-xilligi – ularning turli sohalar me’yorlari bilan 
tartibga solinishi alohida ahamiyatga ega. Bank krediti jarayonida yuzaga 
keladigan munosabatlarning aksariyati ma’muriy, moliya va fuqarolik 
huquqlari bilan tartibga solinadi. Jumladan, bank kreditiga oid 


232
munosabatlarni tartibga solishda: 
birinchidan,
fuqarolik huquqiga xos 
yuridik tenglik usuli; 
ikkinchidan,
ma’muriy huquq va moliya huquqida 
qo‘llaniladigan «hokimiyat va bo‘ysunuv» usullaridan foydalaniladi. 
Bank krediti birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi bilan tartibga solinadi. Jumladan, Konstitutsiyaning 124-
moddasida O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki boshqarishi mustahkamlangan. 
Bank krediti O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari bilan ham tartibga solinadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank kreditining rivojlanishida 
O‘zbekiston Respublikasining «Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunning 
qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega. 
Bundan tashqari, bank kreditini tartibga solishda O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining buyruqlari, qo‘llanmalari, ko‘rsatmalari 
va boshqa normativ aktlari katta ahamiyatga egadir. 
Bank kreditini tartibga solishda ishbilarmonlik va bank odatlari ham 
ma’lum bir ahamiyatga ega. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin