226
Mazkur qonunning 5-moddasiga muvofiq, tomonlarning hohish-
irodasiga ko‘ra amalga oshiriladigan sug‘urta ixtiyoriy sug‘urta
hisoblanadi. Ixtiyoriy sug‘urtaning shartlari
tomonlarning kelishuviga
muvofiq belgilanadi.
Sug‘urtalanuvchi va sug‘urtalovchilarning
huquqlari hamda burchlari,
shuningdek, har bir sug‘urta turining aniq shartlari tegishli sug‘urta
shartnomalari bilan belgilab qo‘yiladi.
Majburiy sug‘urtaning ixtiyoriy sug‘urtadan farqi quyidagicha:
1) majburiy sug‘urtada barcha majburiy tartibda sug‘urtaladi, bu
yoppasiga amalga oshiriladigan sug‘urta hisoblanadi. Ixtiyoriy sug‘urta
esa tanlab olish yo‘li bilan, sug‘urtalanuvchining xohishi bilan
amalga
oshiriladigan sug‘urta, bunda sug‘urtadan sug‘urtaga o‘tish
majburiy
emas;
2) majburiy sug‘urtada sug‘urta badallari (mukofotlari) to‘lanma-
ganiga qaramay sug‘urta davom etadi. Sug‘urta badal to‘lash
bilan
bog‘liq emas. Ixtiyoriy sug‘urta esa badal to‘lash bilan uzviy bog‘langan.
Shartnoma tuzib badal to‘lanmasa, sug‘urta kuchga kirmaydi;
3) majburiy sug‘urtaning muddatsizligi
va mulk kelib tushgandan
keyin o‘z-o‘zidan sug‘urtalanishi. Muddatsizlik
transport va qishloq
xo‘jalik ekinlari uchun nisbiydir. Hosil yig‘ishtirib olingandan so‘ng
sug‘urta o‘z kuchini yo‘qotadi. Ixtiyoriy sug‘urtada esa, shartnomada
ko‘rsatilgan muddat bilan sug‘urta davri chegaralanadi. Agar sug‘urta
badali to‘lanmasa, sug‘urta muddati to‘xtab qoladi;
4) majburiy sug‘urtada sug‘urta ta’minotini me’yorlashtirish amalga
oshiriladi. Ixtiyoriy sug‘urtada sug‘urta ta’minoti mulk bahosi va
sug‘urtalanuvchining xohishiga qarab
oldindan belgilanadi;
5) majburiy sug‘urta qonun asosida tartibga solinadi. Ixtiyoriy
sug‘urta esa, sug‘urta dasturilamallari asosida tartibga solinadi. Ixtiyoriy
sug‘urta haqidagi qonun sharhlanmaydi.
Majburiy sug‘urta ba’zan ixtiyoriy sug‘urta bilan bog‘langan, ya’ni
majburiy sug‘urtalangan imoratlar ixtiyoriy tartibda ham sug‘urta qilinishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: